Yuldashov Gulmirza Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasida sil kasalligining epidemiologik xususiyatlari va uning nogironlik asoratlarini bartaraf qilish tadbirlarini takomillashtirish», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2318.
Ilmiy rahbar: Xamraev Atadjan Karimovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Babadjanov Abdimurod Sattarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Ibroxim Xomidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida sil kasalligining epidemiologik xususiyatlari va uning nogironlik asoratlarini bartaraf qilish tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining markaziy, shimoliy va shimoliy-g‘arbiy hududlarida o‘tgan asrning 50 yillaridan buyon sil kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyatning murakkab bo‘lib qolishi nafaqat Orol dengizi qurishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, balki mintaqadagi yashovchi aholi yaqin o‘tmishdagi ajdodlarining turmush tarzi (ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi) omillari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
mintaqa aholisida sil kasalligi rivojlanishiga moyillik yuqoriligi shu hududda yashovchi aholi populyasiyalarining yaqin o‘tmishdagi ajdodlari tarqoq yashaganligi, sil infeksiyasi manbai bilan muloqot boshqa mintaqalarda yashovchi aholiga nisbatan kechroq yuz berganligi, silni samarali davolash tizimi joriy qilinguncha bo‘lgan davrda tabiiy tanlanish jarayonidan to‘liq o‘tmaganligi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
sil oqibatidagi nogironlik ekspertizasi holatini baholash mezoni sifatida nogironlikning har 10000 nafar aholi soniga hisoblanadigan an’anaviy intensiv ko‘rsatkichi o‘rniga sil bilan kasallanish va nogiron deb topilgan shaxslar soniga nisbatni (aloqadorlik ko‘rsatkichini) qo‘llash vaziyatni ob’ektiv baholashga imkon berishi isbotlangan;
hududdagi sil oqibatidagi nogironlik holatlarini oldini olish uchun doriga bardoshli sil qo‘zg‘atuvchilari shtammlari keltirib chiqargan bemorlarni shifoxonada maxsus antibakterial davolash kursini yakunlanishini kutmasdan jarayonning dastlabki bosqichidanoq nafas olish buzilishlarini barvaqt aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2023 yil 29 dekabrdagi 11-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasining markaziy, shimoliy va shimoliy-g‘arbiy hududlarida o‘tgan asrning 50 yillaridan buyon sil kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyatning murakkab bo‘lib qolishi nafaqat Orol dengizi qurishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, balki mintaqadagi yashovchi aholining turmush tarzi (ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi) omillari bilan bog‘liqligi isbotlangan. Sil oqibatida nogironlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, S.Sultanov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ftiziatriya va pulmonologiya markazi (17.01.2023-y.) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan 9-sonli TIEK faoliyatiga tadbiq qilingan (17.01.2023-y.) (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 30.01.2023-yil 8n-r/59-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy, shimoliy-g‘arbiy hududlarida sil kasalligiga qarshi kurash chora-tadbirlarini ushbu hududlardagi aholi o‘rtasida sil bilan kasallanish xavfi yuqoriligini inobatga olgan holda ishlab chiqish mintaqadagi sil kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirishga, uning oqibatidagi nogironlik va barvaqt o‘limning oldini olish hisobiga sil kasalligiga chalingan bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatining oshishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: silga chalingan bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifati oshishi hisobiga sil oqibatidagi nogironlik va barvaqt o‘lim holatlari oldi olinadi hamda uning natijasida esa iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Bir nafar nogironlik holatining oldini olish hisobiga faqatgina nogironlik nafaqasi hisobidan yiliga 8 mln. 400 ming so‘m iqtisod qilinadi (o‘rtacha nafaqa 700000 ming so‘m x 12 oy = 8400000 so‘m). Shuningdek, sil oqibatidagi barvaqt o‘limning oldini olish hisobiga ham iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor mintaqa aholisida sil kasalligi rivojlanishiga moyillik yuqoriligi shu hududda yashovchi aholi populyasiyalarining yaqin o‘tmishdagi ajdodlari tarqoq yashaganligi, sil infeksiyasi manbai bilan muloqot boshqa mintaqalarda yashovchi aholiga nisbatan kechroq yuz berganligi, silni samarali davolash tizimi joriy qilinguncha bo‘lgan davrda tabiiy tanlanish jarayonidan to‘liq o‘tmaganligi bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan. Sil oqibatida nogironlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, S.Sultanov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ftiziatriya va pulmonologiya markazi (17.01.2023-y.) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan 9-sonli TIEK faoliyatiga tadbiq qilingan (17.01.2023-y.) (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 30.01.2023-yil 8n-r/59-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Mintaqada sil kasalligini barvaqt aniqlash va uni samarali davolash, uning oqibatidagi nogironlikning oldini olishga qaratilgan tashkiliy tadbirlarni hududdagi aholi o‘rtasida sil bilan kasallanish xavfini inobatga olgan holda amalga oshirish sil kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirishga, silning jamoat salomatligiga yukini kamaytirishga, kasallanish, nogironlik va barvaqt o‘limning oldini olishga, silga chalingan bemorlar sonining kamayishi hisobiga shu toifadagi shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatining oshishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bir nafar bemorni o‘z vaqtida aniqlash hisobiga yiliga kamida 13 nafar shaxslarga sil kasalligi yuqishining oldini oladi. Silga chalingan bir nafar bemorni davolash uchun davlat byudjeti xarajatlaridan 2 mln 500 ming so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi. 13 nafar shaxsning silga chalinishi oldi olinishi xisobiga 32 mln so‘m iqtisod qilinadi. Shuningdek, sil oqibatidagi barvaqt o‘limning oldini olish hisobiga ham iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor sil oqibatidagi nogironlik ekspertizasi holatini baholash mezoni sifatida nogironlikning har 10000 nafar aholi soniga hisoblanadigan an’anaviy intensiv ko‘rsatkichi o‘rniga sil bilan kasallanish va nogiron deb topilgan shaxslar soniga nisbatni (aloqadorlik ko‘rsatkichini) qo‘llash vaziyatni ob’ektiv baholashga imkon berishi isbotlangan. Sil oqibatidagi nogironlik ekspertizasi holatini baholashning yangi usuli ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining 2023-yil 15-maydagi 30-01-09-09/239-sonli xati asosida ilmiy ishdan olingan natijalar (uslubiy tavsiyanoma) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari, Ixtisoslashgan Ftiziatriya va Pulmonologiya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari raislariga tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari faoliyatida sil kasalligiga chalingan bemorlarni ekspertiza qilish hamda ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar holatini baholash jarayonida qo‘llash tavsiya etilgan. Sil oqibatida nogironlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, S.Sultanov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazi (17.01.2023-y.) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan 9-sonli TIEK faoliyatiga tadbiq qilingan (17.01.2023-y.) (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 30.01.2023-yil 8n-r/59-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotda olingan ilmiy natijalarni qo‘llash orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi to‘rtta hududlaridagi kasallanish va nogironlik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi statistik ahamiyatga ega tafovutlar, mintaqaning janubiy va shimoliy-g‘arbiy tumanlarida sil oqibatidagi nogironlik ekspertizasida jiddiy muammolar mavjudligi aniqlangan. Mintaqadagi tumanlar sil oqibatidagi nogironlik holati bo‘yicha jadval tuzilib, ular yashil, sariq va qizil hududlarga ajratilgan. Bu esa, sil oqibatidagi nogironlik ekspertizasini baholashni osonlashtiradi, ta’sirchan tashkiliy choralar va qarorlar qabul qilish vositasida nogironlikka olib keluvchi omillarni bartaraf qilish imkoniyatini yaratadi. Aniqlangan sub’ektiv omillarni bartaraf qilish sil oqibatida nogiron deb topilgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya qilingan mezonlar orqali sil oqibatidagi nogironlik holatini ob’ektiv baholash orqali sub’ektiv omillar bartaraf qilinadi hamda mintaqadagi nogironlik ko‘rsatkichlari kamayishiga, uning natijasida esa bir nafar nogironlik holatining oldini olish hisobiga faqatgina nogironlik nafaqasi hisobidan yiliga 8 mln. 400 ming so‘m iqtisod qilinadi (o‘rtacha nafaqa 700000 ming so‘m x 12 oy = 8400000 so‘m) iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor hududdagi sil oqibatidagi nogironlik holatlarini oldini olish uchun doriga bardoshli sil qo‘zg‘atuvchilari shtammlari keltirib chiqargan bemorlarni shifoxonada maxsus antibakterial davolash kursini yakunlanishini kutmasdan jarayonning dastlabki bosqichidanoq nafas olish buzilishlarini barvaqt aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish zarurati isbotlab berilgan. Mintaqada sil oqibatida nogironlikka olib boruvchi asosiy omillar aniqlangan va ularni reabilitatsiya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining 2023-yil 15-maydagi 30-01-09-09/239-sonli xati asosida ilmiy ishda olingan natijalar (uslubiy tavsiyanoma) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari, Ixtisoslashgan Ftiziatriya va Pulmonologiya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari raislariga tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari faoliyatida sil kasalligiga chalingan bemorlarni ekspertiza qilish hamda ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar holatini baholash jarayonida qo‘llash tavsiya etilgan. Sil oqibatida nogironlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar holatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, S.Sultanov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ftiziatriya va pulmonologiya markazi (17.01.2023-y.) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan 9-sonli TIEK faoliyatiga tadbiq qilingan (17.01.2023-y.) (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 30.01.2023-yil 8n-r/59-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mintaqadagi sil oqibatidagi nogironlikka olib keluvchi asosiy omillar silning dori vositalariga ko‘p chidamli va keng chidamli shakllarida, asosan, respirator buzulishlar ekanligi aniqlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sil oqibatidagi nogironlikni kamaytirish uchun silning doriga chidamli shtammlari tarqalishining oldini olishga, silga chalingan va undan davolanayotgan bemorlarda respirator buzulishlarni bartaraf qilishga qaratilgan reabilitatsiya chora-tadbirlarini barvaqt boshlash samarali aralashuv ekanligi asoslab berilgan. Bu tadbirlarni amalga oshirish orqali sil oqibatidagi nogironlik ko‘rsatkichlarining kamayishiga, bemorlar va nogironlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifati yaxshilanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya qilingan reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish sil oqibatidagi nogironlik holatlari sonining kamayishiga, shuning hisobiga davlat byudjetidan nogironlik nafaqasini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar iqtisod qilinishiga olib keladi, uning natijasida esa o‘rtacha bitta sil oqibatidagi nogironlik holatining oldini olish hisobiga bir yilga 8,4 mln. so‘m mablag‘ iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.