Saydaliev Saidaziz Saidmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qrim-Kongo gemorragik isitmasining klinik jihatlari va O‘zbekistonda o‘tkaziladigan davo usullarining samaradorligini baholash», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib638.
Ilmiy rahbar: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Muboraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Farxad Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qrim-Kongo gemorragik isitmasining xavf omillarini, o‘limni bashoratlovchi prediktorlarni aniqlash va turli xil davolash usullarini qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qrim-Kongo gemorragik isitmasining og‘ir shakli va yuqori o‘lim ko‘rsatkichi intoksikatsiya va gemorragik sindromlar fonida bemor ongining erta buzilishi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor Qrim-Kongo gemorragik isitmasida o‘limni bashoratlovchi erta klinik-laborator prediktorlar (gemorragik belgilar, gepatotsitlarning sitolizi, qon ivish tizimini buzilishi ekanligi) aniqlangan;
ilk bor Qrim-Kongo gemorragik isitmasi virusi bilan zararlangan hayvonlarda virusga qarshi davo va rekonvalessent plazmaning ta’siri  tajribada isbotlangan;
ilk bor Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallangan bemorlarda turli xil davolash usullarining o‘lim xavfini kamaytirishga ta’siri yo‘qligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi Ekspert kengashning 2024 yil 18 martdagi 1n-z/38-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: Qrim-Kongo gemorragik isitmasi klinik belgilarining namoyon bo‘lishida gemorragik sindrom rivojlanishi uzviy bog‘liqligi, og‘ir kechuvchi shaklining ustunligi va yuqori o‘lim ko‘rsatkichi aniqlangan, hamda kasallik dinamikasida ongning keskin yomonlashishi bilan namoyon bo‘luvchi ong buzilishining kasallik og‘irligi va bemorlar o‘limi bilan bog‘liqligi asoslangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: Qrim-Kongo gemorragik isitmasining klinik ko‘rinishi gemorragik sindromning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, kasallikning og‘ir shakli (50%) va o‘rtacha og‘ir shakli (33,7%) aniqlandi. Kasallikning gemorragik sindrom bilan kechishi 80,2% va gemorragik sindromsiz kechishi 19,7% holatlarda kuzatildi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanganlarda o‘lim darajasi 23,5% ni tashkil etdi. Kasallik gemorragik va gemorragik sindromsiz namoyon bo‘lishi bilan kechishini tashxis qo‘yishda inobatga olish Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallangan bemorlarni erta aniqlash, kasallik asoratlari va o‘limning oldini olishga imkon beradi. O‘lim bilan yakunlangan bemorlarning 26,3% da kasalxonaga qabul qilish paytida ong buzilganligi aniqlangan, qolgan 73,7% bemorlarda ong dinamikada tobora yomonlashgan va kasallikning 3-kuni soporoz ong kuzatilgan. Ong buzilishi kasallikning og‘ir kechishi va bemorlarning o‘lim darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qrim-Kongo gemorragik isitmasining klinik jihatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot natijalari, bemorlar shifoxonaga qabul qilinganda ongni Glazgo shkalasi yordamida aniqlash bo‘yicha tavsiyalar Buxoro va Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalariga joriy qilingan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikni erta tashxislash, davolash taktikasini takomillashtirish kasallik asoratlarini kamaytirish va tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon yaratadi. Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallangan bemorlar shifoxonaga yotqizilganda ongni Glazgo shkalasi yordamida aniqlash kasallikning o‘gir kechishi va o‘limni oldini olish imkonini beradi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qrim-Kongo gemorragik isitmasining og‘ir shakli bilan kasallangan 1 nafar bemorni davolash uchun 5000000 so‘m sarflanadi, lekin kasallikni erta tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish 3502000 so‘mni tejash imkonini beradi. Ammo ongni Glazgo shkalasi yordamida aniqlashga mutlaqo sarf-xarajatlar kerak emas. Ushbu Glazgo shkalasining qo‘llanilishi kasallikning o‘gir shakllari rivojlanishini erta aniqlash va o‘lim oldini olish imkonini beradi; xulosa: Qrim-Kongo gemorragik isitmasining klinik ko‘rinishi gemorragik sindromning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Kasallik kechish dinamikasida ongning keskin yomonlashishi bilan namoyon bo‘luvchi ong buzilishi kasallik og‘irligi va bemorlar o‘limi bilan bog‘liq. «O‘limga olib keladigan omillar asosida Qrim-Kongo gemorragik isitmasining kechish og‘irligini bashorat qilish» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 8n-r/1131-son xulosasi);
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: kasallik klinik ko‘rinishlari boshlanishining 2-3-kunida gemorragik belgilarning rivojlanishi, gemoglobin, trombotsitlar darajasining pasayishi, ALT, AST, umumiy bilirubin, kreatinin miqdorining oshishi, shuningdek, Suxarev bo‘yicha qon ivish vaqtining uzayishi, ekximoz, enantema, petexiyalar, gemokon’yunktivit, milklar qonashi va in’eksiya joylaridan qon ketishining mavjudligi hamda «jgut» simptomi paydo bo‘lishi o‘limni bashoratlovchi belgilar ekanligi va tarqalgan tomir ishi qon ivishi sindromi, jigar etishmovchiligi, poliorgan etishmovchiligida markaziy asab tizimi ishidagi buzilish belgilarining ustunligi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: kasallik klinik ko‘rinishlari boshlanishining 2-3-kunida gemorragik ko‘rinishlarning rivojlanishi, qonda gemoglobin darajasining kuniga 1,14 martaga, trombotsitlar miqdorining 1,24 martaga kamayishi, ALT darajasining 1,68 martaga oshishi, AST 150 birlik/l gacha va undan yuqori, umumiy bilirubin har kuni 121% ga, kreatinin kuniga 1,35 marta, shuningdek, Suxarev bo‘yicha qon ivish vaqtining kuniga 1,23 marta uzayishi Qrim-Kongo gemorragik isitmasining o‘limni bashoratlovchi belgilari bo‘ldi va o‘lim darajasining ishonchli  oshishiga olib keldi. Ekximozlar (p<0,01), enantemalar (p<0,05), petexiyalar (p<0,01), gemokon’yunktivit (p<0,05), milklardan qon ketish (p<0,05) va in’eksiya joylaridan qon ketishning (p<0,01) mavjudligi o‘lim yuzaga kelish xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim bashorat ko‘rsatkichlardir. Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallangan bemorlarda «jgut» simptomining paydo bo‘lishi o‘lim xavfini 78% gacha oshirdi va kasallikning 4-kunida hayotni saqlab qolishni 48% gacha pasayishiga olib keldi. Tarqalgan tomir ichi qon ivishi sindromi, jigar etishmovchiligi, poliorgan etishmovchiligida markaziy asab tizimi ishidagi buzilish belgilari ustunlik qildi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: gemoglobin, trombotsitlar darajasi, AL`T, AST, umumiy bilirubin, kreatinin miqdori, shuningdek, Suxarev bo‘yicha qon ivish vaqtini aniqlash, ekximoz, enantema, petexiyalar, gemokon’yunktivit, milklar qonashi va in’eksiya joylaridan qon ketishi hamda «jgut» simptomi kabi o‘limni bashoratlovchi belgilarni aniqlash bo‘yicha tavsiyalar Buxoro va Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalariga joriy qilingan; ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallik klinik ko‘rinishlari boshlanishining 2-3-kunida gemorragik ko‘rinishlarning rivojlanishi, gemoglobin, trombotsitlar darajasining pasayishi, ALT, AST, umumiy bilirubin, kreatinin miqdorining oshishi, shuningdek, Suxarev bo‘yicha qon ivish vaqtining uzayishi, ekximoz, enantema, petexiyalar, gemokon’yunktivit, milklar qonashi va in’eksiya joylaridan qon ketishi hamda «jgut» simptomi kabilarni aniqlash o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish imkonini beradi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallik o‘gir shakllarini davolashda kompleks tekshiruv va davo bilan birga immun zardobini 1 nafar bemorda qo‘llash 3502000 so‘mni tejash imkonini beradi; xulosa: Qrim-Kongo gemorragik isitmasi klinik belgilari boshlanishining 2-3-kunida gemorragik belgilarning rivojlanishi, gemoglobin, trombotsitlar darajasining pasayishi, ALT, AST, umumiy bilirubin, kreatinin miqdorining oshishi, shuningdek, Suxarev bo‘yicha qon ivish vaqtining uzayishi, ekximoz, enantema, petexiyalar, gemokon’yunktivit, milklar qonashi va in’eksiya joylaridan qon ketishi hamda «jgut» simptomi kabilar o‘limni bashoratlovchi belgilar hisoblanadi. «O‘limga olib keladigan omillar asosida Qrim-Kongo gemorragik isitmasining kechish og‘irligini bashorat qilish» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 8n-r/1131-son xulosasi);
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: yangi tug‘ilgan oq sichqonlarda ribavirin va muqaddam kasallanib tuzalgan bemorlar qon zardobining davo samarasi tajriba usulida tasdiqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: Qrim-Kongo gemorragik isitmasi virusi bilan zararlangan yangi tug‘ilgan sichqonlarni ribavirin va muqaddam kasallanib tuzalgan bemorlarni qon zardobi tibbiy vositalari bilan davolash samaradorligi in vivo tajriba usulida isbotlangan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: klinik oldi tadqiqotlar Qrim-Kongo gemorragik isitmasi virusi bilan zararlangan yangi tug‘ilgan oq sichqonlar ribavirin bilan davolanganda samaradorlik 97,2% va muqaddam kasallanib tuzalgan bemorlar qon zardobi bilan davolanganda esa 68,5% ni tashkil etdi. Klinik oldi tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar ribavirin va muqaddam kasallanib tuzalgan bemorlar qon zardobini Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llashga asos bo‘lib xizmat qildi va olingan natijalar Buxoro va Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalariga joriy qilingan; ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: virusga qarshi dorilarni aniqlash bo‘yicha klinik oldi izlanishlarni olib borish Qrim-Kongo gemorragik isitmasi patogenezini chuqurroq tushunish uchun zarur, bu esa o‘z navbatida etarlicha yuqori davolash va profilaktik salohiyatga ega bo‘lgan yangi virusga qarshi dori vositalarni yaratishga yordam beradi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi tug‘ilgan oq sichqonlarda ribavirin va muqaddam kasallanib tuzalgan bemorlar qon zardobining davo samarasi tajriba usulida tasdiqlangan. Klinik oldi izlanishlar natijalari Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga asos bo‘lgan. Kasallik o‘gir shakllarini davolashda kompleks tekshiruv va davo bilan birga muqaddam kasallanib tuzalgan bemorlar qon zardobini 1 nafar bemorda qo‘llash 3502000 so‘mni tejash imkonini beradi; xulosa: Qrim-Kongo gemorragik isitmasi virusi bilan zararlangan yangi tug‘ilgan sichqonlarni ribavirin va muqaddam kasallanib tuzalgan bemorlarni qon zardobi bilan davolash samaradorligi isbotlandi va Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga asos bo‘ldi. «O‘limga olib keladigan omillar asosida Qrim-Kongo gemorragik isitmasining kechish og‘irligini bashorat qilish» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 8n-r/1131-son xulosasi).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligidan o‘lim yuzaga kelish xavfida turli xil davolash usullarining samaradorligi yo‘qligi aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: turli xil davolash usullarining Qrim-Kongo gemorragik isitmasi oqibatlariga ta’sir etmasligi aniqlangan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallangan bemorlarda ribavirin va muqaddam kasallanib tuzalgan bemorlar qon zardobining qo‘llanilishi bo‘yicha tavsiyalar Buxoro va Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalariga joriy qilingan; ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qrim-Kongo gemorragik isitmasining etiotropik davosi hali ham bahslidir. Ribavirin va muqaddam kasallanib tuzalgan bemorlar qon zardobini ushbu kasallikni davolashda qo‘llash maqsadga muvofiqdir va ularning samaradorligi kasallikning og‘irligiga hamda boshqa omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qrim-Kongo gemorragik isitmasining og‘ir shakllarini davolashda kompleks tekshiruv va davo bilan birga muqaddam kasallanib tuzalgan bemorlar qon zardobini 1 nafar bemorda qo‘llash 3502000 so‘mni tejash imkonini beradi; xulosa:Turli xil davolash usullarining Qrim-Kongo gemorragik isitmasidan o‘lim yuzaga kelish xavfiga ta’sir etmasligi aniqlandi. «O‘limga olib keladigan omillar asosida Qrim-Kongo gemorragik isitmasining kechish og‘irligini bashorat qilish» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 8n-r/1131-son xulosasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish