Zheng Huinning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki Mongoliyada (Xitoy xalq respublikasi) aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq etish masalalari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Gr285.
Ilmiy rahbar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Ibragimob Lutfullo Ziyadullaevich, geografiya fanlari doktori(DSc), dotsent, Sxay Lana Aleksandrovna, iqtisod fanlari nomzodi, dosent.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ichki Mongoliyadagi aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ta’siri ochib berilishi asosida, bog‘lanishning muvofiqlashtiruvchi tortishish darajasi, asosiy to‘siq bo‘layotgan omillari aniqlandi va bog‘lanishni optimallashtirish echimiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyotga oid nazariy va amaliy tadqiqot asoslarini aniqlashtirish orqali aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi interktiv bog‘lanish bo‘yicha tadqiqot usullari takomillashtirilgan;
Ichki Mongoliya aholisi tarkibini baholash indeksi tizimida (shahar-qishloq aholisi tarkibi, ijtimoiy tarkib, bandlik tarkibi, madaniy tarkib) makon va zamondagi evolyusiya jarayonlari, mexanizmlari muvofiqlashtirilgan holda rivojlanishiga ta’sir qiluvchi indeks darajasi ishlab chiqilgan;
makro tizim nazariyasi istiqboliga asoslanib, Ichki Mongoliya aholisi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi interaktiv bog‘lanish munosabatlarining miqdoriy tahlil modeli ilmiy jihatdan yaratilgan va makro darajada iqtisodiy o‘sish bo‘yicha aholi tarkibining roli asoslangan;
aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyotni muvofiqlashtirilgan rivojlanish nazariyasi tizimini tadqiq etish natijasida shahar va qishloq aholisi daromadlari tafovutini qisqartirish, mintaqaviy barqaror rivojlanishni optimal tartibga solish yo‘llari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ichki Mongoliyada aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
Ichki Mongoliyaning aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyotga oid nazariy va amaliy tadqiqot asoslarini aniqlashtirish orqali aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi interaktiv bog‘lanish bo‘yicha tadqiqot usullarini takomillashtirish metodikasi “OT-F1-101-sonli "Globallashuv sharoitida mintaqalar iqtisodiyoti raqobatbardoshligi o‘sishiga metodologik yondashuvlar" mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 12-dekabrdagi 01-10-11-9026-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyotni muvofiqlashtirilgan rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, mintaqaviy barqaror rivojlanish nazariyasini, mintaqaviy rejalashtirish sxemalarini ishlab chiqishni takomillashtirish imkonini bergan;
Ichki Mongoliya aholisi tarkibining makon va zamondagi evolyusiya jarayonlari, mexanizmlarining muvofiqlashtirilgan holda rivojlanishiga ta’sir qilishini ishlab chiqilgan baholash indeks tizimi va darajasi aholining tuzilishi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik mexanizmlarini modellashtirish va tartibga solishda joriy qilingan (Xitoy Xalq Respublikasi, Shinjon pedagogika universiteti, Geografiya fanlari va turizm maktabi, 2023-yil 05-dekabrdagi 20231205-001-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tadqiqot modeli aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikka to‘siq bo‘luvchi omillarga tegishli qarshi choralarni taklif qilish imkonini bergan.
makro tizim nazariyasi istiqboliga asoslanib Ichki Mongoliya aholisi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi interaktiv bog‘lanish munosabatlarining yaratilgan miqdoriy tahlil modeli tizimli bog‘lanish nazariyasi nuqtayi nazaridan, aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyotning nazariy tadqiqot bazasidan foydalangan holda, Ichki Mongoliyada aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyotning muvofiqlashtirilgan rivojlanishini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi, Jining Normal universiteti, Geografiya fanlari va rejalashtirish maktabi, 2023-yil 04-dekabrdagi 20231204-001-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ichki Mongoliya  mintaqaviy iqtisodiyotini yuqori sifatli rivojlantirish, mintaqaviy barqaror rivojlanish va aholi tarkibini optimallashtirish bo‘yicha mintaqaviy siyosat sxemalarini  yaratish imkonini bergan;
Ichki Mongoliya  aholisi tarkibini baholash indeksi tizimida (shahar-qishloq aholisi tarkibi, ijtimoiy tarkib, bandlik tarkibi, madaniy tarkib) makon va zamondagi evolyusiya jarayonlari, mexanizmlari, muvofiqlashtirilgan holda rivojlanishiga ta’sir qiluvchi indeks darajasi ishlab chiqilganligi va shu asosida yaratilganaholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi muvofiqlashtirish darajasining davriy hududiy o‘zgarish karta sxemasi Ichki Mongoliya  tabiiy fanlar jamg‘armasi, Ichki Mongoliya  ta’lim fanlari rejasi, Ichki Mongoliya  Ijtimoiy fanlar akademiyasi va Jining Normal Universitetini o‘z ichiga olgan jami 5 ta ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi, Shinjon pedagogika universiteti, Geografiya fanlari va turizm maktabi, 2023-yil 05-dekabrdagi 20231205-001-son ma’lumotnomasi) Natijada, aholi tarkibini iqtisodiy nuqtayi-nazaridan muhim hisoblangan turlarini ajratish, baholash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish