Xudayberganova Sevara Zokirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tabiiy gazni qayta ishlash mahsuloti asosida izopropil, izoamil spirtlar olish texnologiyasi va ularning xossalari», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4088.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor; Sodikov Usmonali Xudoberganovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: etilenni metanol bilan o‘zaro telomerlanish reaksiyasi orqali izopropil va izoamil spirtlarini sintez qilish, jarayon borishini maqbul sharoitlarini aniqlash va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor etilenni metanol bilan yuqori bosimda stasionar sharoitda vodorod peroksid va atseton ishtirokida telomerlanish reaksiyasida izopropil va izoamil spirtlari hosil bo‘lishi asoslangan;
etilenni metanol bilan telomerlanish reaksiyasida vodorod peroksid va atsetonning tabiati hamda miqdori ta’siri aniqlangan, ularning katalitik roli asoslangan va jarayonning radikal mexanizm bilan borishi aniqlangan;
etilenni metanol bilan telomerlashda hosil bo‘lgan spirt tabiatini asosan etilen: metanol mol nisbatiga va haroratga bog‘liqligi asoslangan;
izopropil spirti tabiiy gazdan olingan texnik oltingugurtni tozalashda erituvchi xossasiga, izoamil spirti esa qishloq xo‘jaligida oltingugurtni akarisid va fungisid sifatida o‘simliklarga purkash uchun kolloid eritma hosil qilishda emulgator xossasiga egaligi isbotlangan;
etilenni metanol bilan yuqori bosimda, gomogen-katalitik usulda telomerlash reaksiyasi asosida izopropil va izoamil spirtlari olishning prinsipial texnologik sxemasi va texnologik reglamenti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Etilenni metanol ishtirokida telomerlanish reaksiyasini amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan izopropil spirti “Muborak GQIZ” AJda texnik oltingugurtni tozalashda ekstragent-erituvchi sifatida amaliyotga joriy qilingan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi AJning 2023 yil 4 oktyabrdagi 807/GK-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, import hisobiga qo‘llaniladigan izopropil spirtini mahalliylashtirish imkonini bergan;
taklif etilgan usul asosida sintez qilingan izoamil spirti “Muborak GQIZ” AJda oltingugurtni purkash qurilmalarida purkash jarayonida suspenziya hosil qiluvchi emulgator sifatida qo‘llanilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi AJning 2023 yil 4 oktyabrdagi 807/GK-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, izoamil spirtidan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan.