Saparov Sardorbek Xudayqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Cirt faol organik moddalar asosida paxta tolasi xossalarini yaxshilovchi emul`siyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asocidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2057.
Ilmiy rahbar: Ayxodjaev Bobir Botirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya  instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Sayfutdinov Ramziddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Beknazarov Xasan Soipnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organik sirt faol moddalar asosida paxta tolasining mustahkamligini oshiruvchi emul`siyalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sirt faol organik moddalar asosida paxta tolasini birlamchi qayta ishlash sharoitida tolaning namligi va mustahkamligini oshiradigan emul`siyalar olingan;
sirt faol organik moddalar: OP-10, polietilenglikol, polivinil spirt, polivinilpirrolidon, karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzi asosida suvli emul`siyalar olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
tarkibida 1,5% polietilenglikol, 0,5% OP-10 va 5% gliserin bo‘lgan suvli emul`siya yordamida ishlov berilgan paxta tolasi mustahkamligi O‘z DSt 604:2016 talablariga mos kelishi aniqlangan;
organik sirt faol moddalar asosida paxta tolasining mustahkamligini oshiruvchi emul`siyalar olish va qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda texnik-iqtisodiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxta tolasini qayta ishlashda ishlov berish resepturasi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sirt faol organik moddalar, ko‘p atomli spirtlar va suvda eruvchan polimerlar asosida emul`siyalar olish texnologiyasi «Silver Fiber Agro Kooperasiyasi» korxonasi ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 29 martdagi 02/22-159-son ma’lumotnomasi). Natijada 1,5 % polietilenglikol, 0,5 % OP-10 va 5% gliserindan iborat suvli emul`siya yordamida ishlov berilish bilan paxta tolasi mustahkamligini oshirish imkonini bergan;
sirt faol organik moddalar asosida olingan suvli emul`siyalarni qo‘llash texnologiyasi «Silver Fiber Agro Kooperasiyasi» korxonasida paxta tolasini birlamchi qayta ishlashda qo‘llanilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 29 martdagi 02/22-159-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada mavjud paxta tolasini qayta ishlash texnologik tizimini o‘zgartirmasdan paxta tolasi sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish