Kurbanov Eldar Ermamatovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda zamonaviy demokratik taraqqiyot asoslarini rivojlantirish”, 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ss356
Ilmiy rahbar: Omonov Baxtiyor Axtamovich, siyosiy fanlar doktori, professor v.b
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor. Avazov Komil Xollievich, Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekistοnda zamοnaviy va samarali demοkratiya asοslarini shakllantirish va rivοjlantirish masalalarining bugungi kundagi yetakchi tendensiyalarining xususiyatlarini οchib berish, yangicha innοvatsiοn demοkratik taraqqiyοtning kοnseptual va institusiοnal zaminlari to‘g‘risidagi ilmiy xulοsalar va tavsiyalarni asοslashdan ibοrat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyati va demokratik davlatni barpo etishda xalqchil samarali boshqaruvga erishish kadrlar kompetentligini oshirish, jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, ijtimoiy-siyosiy birdamlik (adolat, hurmat va o‘zaro yordamga asoslangan ongli xatti-xarakatlar)ni ta’minlash milliy taraqqiyotning ustuvor yoʻnalishlari ekanligi konseptual asoslangan;
davlat va jamiyatning demokratik rivojlanishida fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi pozitiv faolligi - siyosiy ishtirok, siyosiy layoqat, davlat siyosatiga xayrixohlik, demokratik islohotlar va o‘zgarishlarga bo‘lgan intilishning yetakchi xususiyatlari orqali qaror topishi jamiyat barqarorligini ta’minlashning tizimli elementlari sifatida dalillangan;
O‘zbekiston taraqqiyotining strategik rivojlanish maqsadlariga muvofiq boshqaruv faoliyatini «inson-jamiyat-davlat» tamoyili asosida yoʻlga qo‘yishning ustuvor siyosiy mexanizmlari aholida ijtimoiy-siyosiy faollik, vatanparvarlik, islohotlardan manfaatdorlik va javobgarlik tuyg‘usini intensiv va kompleks shakllantirish ijtimoiy  davlat negiziga xizmat qilishi ochib berilgan;
globallashuv sharoitida yuzaga kelayotgan murakkab, o‘zgaruvchan siyosiy jarayonlarda xalq bilan muloqotni yanada kengaytirishning samarali mexanizmlari - aholi muammolarini aniqlash, jamiyatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarining ustuvor vazifalarini milliy manfaatlarimizga mos takomillashtirib borish davlat suvereniteti, milliy xavfsizlik, tahdidbardosh jamiyatning kafolati bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda zamonaviy demokratik taraqqiyot asoslarini shakllantirish va rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
dissertatsiyada ilgari surilgan demokratiya va demokratlashuv borasidagi jahon taraqqiyotining eng zamonaviy tajribalari, hozirgi davrda davlat siyosatining samarador yetakchi demokratik mexanizmlari, xususan O‘zbekistonda davlat boshqaruv organlari faoliyatini demokratik rivojlanishi inson manfaatlaridan kelib chiqib takomillashtirib borish hamda ushbu yo‘nalishda natijadorlikni ta’minlashga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Yuqori palatasi Senat faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalri qo‘mitasining 2023 yil 7 apreldagi № 02-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Yuqori palatasi faoliyatida foydalanilgan, siyosiy partiyalar, nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyatida qonun hamda inson manfaati ustuvorligini barcha fuqarolar ongiga singdirish yuzasidan amaliy dasturlar ishlab chiqish rejasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 sonli farmoniga binoan, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 5 va 6 – ustuvor yo‘nalishlarining “Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash”ga qaratilgan maqsadini, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi doirasida milliy va halqaro hamkorlikni yanada uyg‘unlashtirishga qaratilgan islohotlar siyosatini mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish maqsadida dissertatsiya materiallaridagi ilmiy xulosalardan OAV ko‘rsatuvlarida o‘z targ‘ibot chiqishlari orqali Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazgan targ‘ibot va tashviqot faoliyatlarida foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 12 apreldagi № 02/341-sonli dalolatnomasi). Natijada, mazkur tadqiqot natijalarini tarixiy-ma’naviyligini tadqiq etish borasida yurtimizda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy-nazariy, uslubiy tomondan boyitishga ko‘mak berishi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni o‘tkazishga hamda targ‘ibot jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
“milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi Prezident Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Milliy yuksalish deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarish”. Ayni shu tamoyil, ya’ni bugungi va ertangi kelajagimizni intellektual yoshlar, aql salohiyatli kadrlar orqali mamlakatni rivojlantirish maqsadlari ekanligiga oid xulosalar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining “Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘limida keltirilgan vazifalarga mos keladi (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik  partiyasi Markaziy Kengashining 2023 yil 15 maydagi № 02/02-27-sonli dalolatnomasi). Natijada, mazkur tadqiqot ishi natijalaridan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida partiya tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
mamlakatimizda siyosiy o‘zgarishlar jarayonining yangi bosqichda ekanligiga doir ma’lumotlarning ilmiy asosda yoritib berish, davlatchilik asoslarini mustahkamlash va millatlararo birdamlikni ta’minlash g‘oyalari mazmunini xuquqiy normativ xujjatlar asosida yurtimizda demokratik jarayonlarni yangi bosqichida “inson manfaatiga” qaratilgan siyosiy o‘zgarishlar asnosida demokratik o‘zgarishlarni dinamik (o‘zgaruvchan) xususiyatlari ochib beruvchi jarayonlarga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali Davlat muassasasining 2023 yilga mo‘ljallangan ayrim ko‘rsatuvlari ssenariylari yozishda dissertatsiya materiallaridan foydalanildi (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023 yil 20 iyuldagi 02-16-1109-sonli Ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom O‘zbekiston!”, “Ko‘ngil obodligi” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda dissertatsiya ilmiy-nazariy xulosalaridan keng foydalanilib, ko‘rsatuvni mazmunini boyitishga qaratilgan vazifalar ijrosini amalga oshirishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish