Yuldoshov Boysori Abdixoliqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fotoelektrik batareyalarning samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish va fotoissiqlik qurilmasini tayyorlashga tatbiq qilish”, 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2040.
Ilmiy rahbar: Abdiev Umirbek Begmatovich, texnika fanlari nomzodi. dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Aliev Rayimjon Usmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamadalieva Lolaxon Kamiljanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti   
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fotoelektrik batareyalarni sovutish va changdan himoya qilish asosida samaradorligini oshiruvchi reflektorli fotoissiqlik qurilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora, fotoelektrik batareyani sovutishda katta yuzali kontakt orqali issiqlik almashuvini hosil qilish imkonini beruvchi parallel kanalli polikarbonat issiqlik kollektoridan foydalanish usuli taklif etildi;
ilk bora, bir vaqtning o‘zida elektr va issiqlik energiyasini olish imkonini beruvchi reflektorli va reflektorsiz sovutish tizimi bilan birlashtirilgan fotoissiqlik batareyasi ishlab chiqilgan;
fotoelektrik batareya sirt harorati, suv sarfi va quyosh nurlanish oqimiga bog‘liq holda polikarbonat issiqlik kollektoriga ega bo‘lgan reflektorsiz va reflektorli hollari uchun fotoissiqlik batareyasining issiqlik-texnikaviy xarakteristikalarining aniqlash imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
ilk bora, fotoelektrik batareyaning yuzasini chang bilan ifloslanish darajasini o‘rnatilgan burchagiga bog‘liq holda aniqlash imkonini beruvchi qurilma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. Fotoelektrik batareyalarining samaradorligini oshirish va fotoissiqlik batareyasini tayyorlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fotoissiqlik batareyasining elektr va issiqlik parametrlarini hamda fotoelektrik batareya yuzasidagi changlanish darajasini aniqlash usuli Fizika-texnika institutida № PFI FA-F3-004 raqamli “Fundamental yangi fizik modellar, mexanizmlar, yuqori samarali, arzon fotoo‘zgartirgichlarni yaratish usullarini hamda ular asosida uzoq muddat ishlashga mo‘ljallangan fotoenergetik qurilmalarni o‘rganish” fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022-yil 24-iyundagi 2/1255-1484 son ma’lumotnomasi). Natijada, nominal quvvati 170 W bo‘lgan fotoelektrik batareya quvvatini 44 W ga oshirish imkonini bergan;
fotoelektrik batareyaning changlanish darajasini aniqlovchi qurilma (№ SAP 02155) “Arif Solar” kompaniyasi Termiz filialiga joriy qilingan (“Arif Solar” kompaniyasi Termiz filialining 2024-yil 5-yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada, turli burchakda o‘rnatilgan fotoelektrik batareyani yuzasidagi changlanish darajasini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish