Grosheva Irina Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tizimida predmetli-fazoviy rivojlanish muhitini tashkil etish texnologiyalari”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped.2052.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Shin Agrippina Vasilevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nam Viktor Veniaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc); Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoninig  predmet-fazoviy rivojlantiruvchi muhitini tashkil etish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonining predmetli-fazoviy rivojlanish muhitini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari bolalarga ta’limiy o‘yin faoliyatini mustaqil ravishda tashkil etish imkonini beradigan qulay muhitni yaratish, ta’lim dasturlarining dinamik va o‘zgaruvchanligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonining predmetli-fazoviy rivojlanish muhitini tashkil etish modeli loyiha-tashkiliy, maqsadli va samarali bloklarning yaxlitligi va uzlyuksizligini ta’minlashga ko‘ra sifat va samaradorligini uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar va tarbiyachilarning predmetli-fazoviy rivojlanish muhitini baholash mezonlari maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy kompetensiyalarini rivojlantirishga ta’siri hamda tarbiyachilarning kompetensiyalarini ta’lim maqsadlari va manfaatlariga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotida predmetli-fazoviy rivojlanish muhitini tashkil etish metodikasi fazoviy muhitni ta’lim jarayonining maqsad va vazifalariga predmetli muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida predmet-fazoviy rivojlantiruvchi muhitini tashkil etish texologiyalarini ilmiy o‘rganishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonining predmetli-fazoviy rivojlanish muhitini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari bolalarga ta’limiy o‘yin faoliyatini mustaqil ravishda tashkil etish imkonini beradigan, qulay muhitni yaratish, ta’lim dasturlarining dinamik va o‘zgaruvchanligini ta’minlash orqali takomillashtirish boʻyicha takliflar asosida xavfsizlik, xilma-xillik, ko‘p funksiyalilik, o‘zgartirish bo‘yicha takliflar va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturining ikkinchi nashri, 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash uchun rivojlantiruvchi, ta’limiy-tarbiyaviy “Ilm yoʻli” variativ dasturining ikkinchi nashri, “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish”, “Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim jarayonini rejalashtirish”, “O‘yin orqali ta’lim olish”, “Maktabgacha ta’limda ta’lim jarayonini individuallashtirish. Alohida ehtiyojli bolalar inklyuziyasi”, “Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik”, “Kuzatish va baholash” qo‘llanmalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 26-dekabrdagi 02-01/1-3760-son ma’lumotnomasi). Natijalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining predmetli-fazoviy rivojlanish muhitini tavsiflash va pedagogik faoliyat sohasi bo‘yicha savodxonligini oshirishga xizmat qilgan.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonining predmetli-fazoviy rivojlanish muhitini tashkil etish modeli loyiha-tashkiliy, maqsadli va samarali bloklarning yaxlitligi va uzlyuksizligini ta’minlashga ko‘ra sifat va samaradorligini uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi bo‘yicha namunaviy ishlanmalar bo‘yicha 6 ta o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilshda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 26-dekabrdagi 02-01/1-3760-son ma’lumotnomasi). Natijalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining maktabgacha ta’lim tashkilotlarining predmetli-fazoviy rivojlantirish muhitida amaliy ko‘nikmalarini boyitishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotida predmetli-fazoviy rivojlanish muhitini tashkil etish metodikasi fazoviy muhitni ta’lim jarayonining maqsad va vazifalariga predmetli muvofiqlashtirish asosida takomillashtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy vakolatlarini rivojlantirishga qaratilgan “Tanlash huquqi” va “Tanlash vaqti” texnologiyalaridan foydalangan holda maktabgacha ta’lim tashkilotida predmetli-fazoviy rivojlanish muhitini tashkil etish usuli ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 26-dekabrdagi 02-01/1-3760-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini predmetli-fazoviy jihatdan rivojlantirish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish vositasi bo‘lib, natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish