Adamboeva Nafisa Qodirberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik kategoriyasining aksiolingvistik tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3123.
Ilmiy rahbar: Qodirova Muqaddas Tog‘aevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori; Matkarimova Dilora Ismoilovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik kategoriyasining aksiolingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xushmuomalalik kategoriyasining lingvistik tadqiqotlar tarixini davrlashtirish bosqichlari (Grays yoki klassik yondashuv, diskursiv (postmodern) yondashuv sotsiologik yondashuv) nazariy jihatdan asoslanib, ushbu kategoriyani o‘z birliklarida milliy madaniyat va ma’naviyatni saqlash hamda namoyon qilish tabiati dalillangan;
xushmuomalalik kategoriyasining lingvistik tadqiqi tarixini klassik, postmodern va sotsiologik yondashuv asosida davrlashtirish zarurligi nazariy jihatdan asoslab berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda qadriyatlar va baho ifodalanishi ijobiy hamda salbiy turlarga ajratilib, xushmuomalalik strategiyalari tahlili jarayonida pragmatik o‘lchov shkalalari (xarajat-foyda, ixtiyoriylik, bilvositalik shkalasi, kuch/hokimiyat shkalasi va ijtimoiy masofa) belgilangan;
xushmuomalalik kategoriyasining aksiolingvistik xususiyatlari chog‘ishtirilayotgan tillar badiiy matnlarida qo‘llanilgan xushmuomalalik maksimalarini tasniflash (odob maksimasi / tact maxim); saxiylik maksimasi /generosity maxim; ma’qullash maksimasi /approbation maxim; kamtarlik maksimasi /modesty maxim; rozilik / kelishuv maksimasi /agreement maxim; hamdardlik maksimasi /sympathy maxim) orqali aniqlanib, ular vositasida milliy qadriyatlarning lisoniy ifodalanishi til va madaniyatda muayyan kommunikativ qadriyatlarga bog‘liqligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida xushmuomalalik kategoriyasining aksiolingvistik tahlili asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
xushmuomalalikning terminologik tushunchalari, tarixiy shakllanish omillari, aksiologik yondashuvlari hamda baholash tamoyillari haqidagi  ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan Mirzo Ulug‘bek nomìdagi O‘zbekiston Milliy universìtetida 2021- 2022-yillarda bajarilgan A-OT-2021-419-sonli «Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi uchun elektron platformasini yaratish (Pre-schoolPDP) mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida fơydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nơmidagi O‘zbekistơn Milliy universitetining 2023 yil 15 iyundagi 04/11-3701-son ma’lumơtnomasi). Natijada ingliz tili o‘qituvchilarining nutqida leksik birliklarni o‘rinli qo‘llashda sezilarli natijalarga erishilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi xushmuomalalik kategoriyasining aksiolingvistik baholash (ijobiy va salbiy baholash) maksimalar reprezentatsiyasi vositasida amalga oshirilgan ilmiy xulosalar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-201709134-sonli «Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 8 iyuldagi 04/11-4196-son ma’lumotnomasi). Natijada xushmuomalalik kategoriyasiga turli madaniy qadriyatlarda ijobiy va salbiy baho qiymatidagi qarashlar tizimlashtirilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarning badiiy matnlarida qo‘llanilgan xushmuomalalik maksimalarini tasniflash orqali, ularda milliy qadriyatlarning lisoniy ifodalanishi til va madaniyatda mavjud bo‘lgan kommunikativ qadriyatlarga bog‘liqligiga hamda ingliz va o‘zbek tillarida ifodalanadigan xushmuomalalik kategoriyasinining aksiolingvistik baholash nuqtayi nazardan ijobiy va salbiy baholanish verbalizatsiyasi haqidagi ilmiy qarashlardan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Milliy va ma’naviyat» eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 23.10.2023 №02-37-16-58 raqamli ma’lumotnoma). Natijada ushbu eshittirishlarning ssenariylari mazmunan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish