Ismoilova Diloromxon Rustamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimdagi tillarda jinoyat semantik maydoni va uning lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4154.
Ilmiy rahbar: Ganieva Dildoraxon Azizovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Solijonov Sobirjon Otaxonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “jinoyat” tushunchasini semantik maydon sifatida ochib berish, “jinoyat” semantik maydonini hosil qiluvchi birliklarni ajratish, ularning lingvokulturologik xususiyatlarini yoritish va shu asosda “jinoyat” semantik maydoni tarkibini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida “jinoyat” semantik maydonini tashkil etuvchi “insoniyatga qaratilgan jinoyatlar”, “tabiiy muhit, mulkka qaratilgan jinoyatlar” hamda “til vositasida sodir bo‘ladigan jinoyatlar” kabi mikromaydonlari dalillangan;
ingliz tilidagi “jinoyat” ma’nosiga ega red collar crime, urban crime, uxoricide kabi mamlakatning huquq tizimi va xalq mentaliteti bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarning o‘zbek tilida muayyan leksik bo‘shliqlar hosil qilishi aniqlangan;
 ingliz va o‘zbek tillaridagi “jinoyat” tushunchasini anglatuvchi grease the palm, in cahoots, oilaviy qullik, jahannamga yubormoq singari leksik-frazeologik birliklarning lingvokulturologik jihatlari  maydon metodi asosida ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “jinoyat” semantik maydonini hosil qiluvchi 550 ga yaqin leksik, 255 ga yaqin frazeologik birliklar tahlilga tortilgan va ularning mana shu maydondagi markaziy va periferik o‘rni asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida “jinoyat” semantik maydonining chog‘ishtirma tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida “jinoyat” semantik maydonini tashkil etuvchi “insoniyatga qaratilgan jinoyatlar”, “tabiiy muhit, mulkka qaratilgan jinoyatlar” hamda “til vositasida sodir bo‘ladigan jinoyatlar” kabi mikromaydonlari haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimediya mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” (2020-2021-yillar) mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 16-iyundagi 1-04/68-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari mukammallashtirilgan va ilmiy-amaliy dalillar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “jinoyat” semantik maydonini hosil qiluvchi 550 ga yaqin leksik, 255 ga yaqin frazeologik birliklar tahlilga tortilganligi va ularning mana shu maydondagi markaziy va periferik o‘rniga doir xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022-yillarda amalga oshirilgan “Change academy (O‘zgarish akademiyasi)” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 6-oktyabrdagi 04/4884-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy dalillar bilan boyitilgan, xususan, kriminal ma’noli leksik birliklarning o‘zaro semantik munosabatlari va ularning lingvomadaniy xususiyatlarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “jinoyat” tushunchasini anglatuvchi grease the palm, in cahoots, oilaviy qullik, jahannamga yubormoq singari leksik-frazeologik birliklarning lingvokulturologik jihatlari maydon metodi xususidagi xulosalardan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Michigan davlat universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro olimlar ko‘rgazmasini tashkil etishda foydalanilgan (Michigan davlat universitetining 2023-yil 5-maydagi ma’lumotnomasi).  Natijada ingliz va o‘zbek tillarida “jinoyat” semantikasiga oid qiyosiy tahlil natijalarini xorijlik tinglovchilarga etkazish imkoniyati yaratilgan;
ingliz tilidagi “jinoyat” ma’nosiga ega red collar crime, urban crime, uxoricide kabi mamlakatning huquq tizimi va xalq mentaliteti bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarning o‘zbek tilida muayyan leksik bo‘shliqlar hosil qilishi ko‘rsatib berilganligi borasidagi ilmiy xulosalar Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit”, “Xayrli tong”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Ta’lim xabarlari” ko‘rsatuvlarining ssenariysini tuzishda keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 7-apreldagi 86-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashgan va eshittirishlarda taqdim etilgan mazkur ilmiy natijalar tomoshabinlarning turli tizimga mansub tillarga xos so‘z boyligini oshirishda, huquqiy terminologiya hamda jinoyat mazmuniga ega leksik, frazeologik birliklarni o‘rinli qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish