Muxiddinova Malika Batirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koreys ijtimoiy reklama matnlarida kishilik-ko‘rsatish olmoshlarining pragmatikasi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3428.
Ilmiy rahbar: Kim Natalya Dek-Xenovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Nasirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, professor; Xan Nelli Chanirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi koreys tilidagi ijtimoiy reklama matnlarida kishilik-ko‘rsatish olmoshlarining pragmatik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koreys tilidagi kishilik-ko‘rsatish olmoshlarining pragmatik va morfologik xususiyatlari, hamda koreys ijtimoiy reklama matnlarida namoyon bo‘lishi ochib berilib, ularning jamiyatga ta’siri aniqlangan;
ijtimoiy reklamaning sotsium (jamiyat)ga ta’sir darajasi tashviqot, targ‘ibot va xabar berishdek reklama mazmunini o‘zida mujassam etgan matnlardagi kishilik va ko‘rsatish olmoshlaridan foydalanish chastotasiga ko‘ra aniqlangan;
ijtimoiy reklama matnlarida shaxs ko‘rsatuvchi olmoshlar yosh xususiyatlari va oluvchi jamiyat uchun maqsadli ma’lumotlarni hisobga olgan holda maqsadli auditoriyaga yo‘naltirilgan maqomga yo‘naltirilgan va sub’ekt-obekt munosabatlarini o‘rnatishi aniqlangan;
kishilik-ko‘rsatish olmoshli reklama matnlarining yo‘naltirilgan ijtimoiy qatlamga ta’siri darajasi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Koreys tilidagi ijtimoiy reklama matnlaridagi olmoshlarning funksional xususiyatlarining tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
koreys tili olmoshlariga xos bo‘lgan boshqa gap bo‘laklari bilan birikishi masalalari Respublika madaniyat markazlari uyushmasidagi yosh koreyashunos olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari hamda uyushma qoshidagi uyushtilib boriladigan koreys tili o‘quv kurslarining dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Koreys madaniy markazlari uyushmasining 2023-yil 20-avgustdagi 47-son ma’lumotnoma). Jumladan, 한국어 대명사 및 의사 소통 koreys tilini o‘rganishning muhim bo‘limi bo‘lib, tadqiqot materiallaridan bir qator koreys tili darslarining uslubiy va amaliy ishlanmalarida keng foydalanilgan;
kishilik-koʼrsatish olmoshlarini faqatgina ular alohida o‘rganishni talab etadigan grammatik-semantik xususiyatlarga ega ekaniga asoslangan holda olmoshlarning alohida turi sifatida ajratish mumkinligi haqidagi ma’lumotlar Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Koreya Respublikasi taʼlim markazida tahsil oluvchi o‘quvchilar uchun koreys tili olmoshlari haqida yanada chuqurroq tasavvur uyg‘onishiga turtki bo‘lgan (Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Koreya Respublikasi ta'lim markazining 2023-yil 15-sentyabrdagi 60-son ma’lumotnomasi). Bunday xulosa xorijiy tillarni, shu jumladan koreys tilini o‘qitish dasturlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan;
koreys tilidagi 1-shaxs kishiklik olmoshlari 우리 - 저희, 나 - 저, 너희들 – 여러분larning aniqlangan muomala chog‘idagi pragmatik xususiyatlari King Sejong Institute, Tashkent 1 til o‘rgatish maktabida koreys tilidagi so‘zlashuv nutqini o‘qitishda yordam bergan (King Sejong Institute, Tashkent 1, 2023-yil 5-oktyabrdagi 32-son ma’lumotnoma). Natijada tadqiqot davomida to‘plangan 1-shaxs kishiklik olmoshlari 우리 - 저희, 나 - 저, 너희들 – 여러분 qatnashgan reklama namunalardagi matnlar koreys tilidagi so‘zlashuv nutqini o‘qitish kitobiga misollar tariqasida kiritilgan;
koreys tilida to‘g‘ri tanlangan va ishlatilgan olmoshlar reklama xabarini yanada kuchaytirishi hamda uning maqsadli auditoriyaga etib borishini va kerakli ta’sir ko‘rsatishini ta’minlashi Korea Respublikasi savdo sanoati va energetika vazirligi huzuridagi Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasining “Biznes-muloqotda koreys tili” o‘quv kursi materiallarini yanada boyitishga xizmat qilgan (Korea Respublikasi savdo sanoati va energetika vazirligi huzuridagi Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasining 2024-yil 5-iyundagi KUBA-0605-1-son ma’lumotnomasi). Xususan, koreys tilidagi reklama namunalarini tahlil qilish natijalari nafaqat reklama sohasi mutaxassislarini tayyorlashda, balki koreys tilini o‘qitishda ham qo‘llanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish