Nazarov Murodjon Maxsudbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot.
“O‘zbek mumtoz yodnomalarining ingliz tiliga tarjimasida inson holatini bildiruvchi frazeologik birliklarning struktur-semantik tahlili (Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” asarining Bregel tarjimasi materiallari misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2963.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ro‘zmetov Hamid Qalandarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; O‘razbaev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi o‘zbek mumtoz yodnomalarining ingliz tiliga tarjimasida inson holatini bildiruvchi frazeologik birliklarning struktur-semantik jihatlarini baholash asosida frazalardagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi insonning jismoniy, hissiy (emotsional) va aqliy (intellektual) holatini bildiruvchi frazeologik birliklarning energetik, semantik maydon va struktur-semantik saralash mezonlari va ifoda shakllari aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda inson holatini bildiruvchi frazeologik birliklarning grammatik-struktural jihatdan ot, fe’l va sifatdosh shakllari yetakchilik qilishi, tuzilishidagi farqlar esa har bir tilga xos grammatik shakllar va ularning ishlash prinsiplari bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi inson holatini ifodalovchi frazeologik birliklarning leksik sath, leksik-semantik sath, leksik-frazeologik sathlari aniqlanib, o‘zbek xalqi uchun milliy qadriyatlar tizimida ruh va ma’naviyat, ingliz tilida gapiruvchi millatlar uchun esa sog‘lom fikr, aql va idrok muhim o‘rin tutishi isbotlangan;
milliy mentalitetning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashda chog‘ishtirilayotgan tillarning frazeologik fondida mavjud inson holati bilan bog‘liq frazeologik birliklarning universallik va milliy-madaniy o‘ziga xosliklari hamda ularni yuzaga keltiruvchi lingvistik va nolingvistik omillari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. O‘zbek mumtoz yodnomalarining ingliz tiliga tarjimasida inson holatini bildiruvchi frazeologik birliklarning struktur-semantik tahlili yuzasidan olingan natijalar asosida:
chog‘ishtirilayotgan tillardagi inson holati bilan bog‘liq frazeologik birliklarning universallik va milliy-madaniy o‘ziga xoslikligiga doir tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligining 2023-yil 15-martdagi 02-12-02-1535-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi tarjimonlar va gid hamrohlar o‘zbek madaniyatining o‘ziga xos jihatlari, urf-odatlarimiz va tariximiz bilan yaqindan tanishtirish imkonini bergan, dissertatsiyada ta’kidlangan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalari respublikamizda madaniy merosimiz va xalqimizning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari keng yoyishga, shuningdek, xalqimiz tarixini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan va bu ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm sohalarini rivojlantirishda kerakli tavsiyalar ishlab chiqish bilan bir qatorda “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida inson holatini bildiruvchi frazeologik birliklarni energetik, semantik maydon va struktur-semantik saralash mezonlari va ifoda shakllariga oid natijalaridan, jumladan, turli sohalarga oid frazalarning izohli lug‘ati va ushbu birliklarni talqin qilishda ishlab chiqilgan mezonlar asosida seminar, vebinar va o‘quv kurslari uchun material tayyorlashda Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 561574-ERR-1-2015-ES-EPPKA2-CBHE-JP-ECCUM: “Establishing of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme” grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2023-yilning 4-maydagi 06-94/10-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv materiallarida uchragan turli sohalarga oid frazeologik birliklar talqini va ularning tarjima muammolari hal qilinib, treningda ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi materiallarni ishtirokchilarga tushunarli va ravon tillarda taqdim etilishi ta’minlangan, shuningdek, tadqiqot ishida asoslab berilgan ingliz va o‘zbek tillarida hosil qilingan inson holati bilan bog‘liq frazeologik qatorlarning struktur-semantik tahlili, ularning qo‘llanilish ko‘lamiga oid nazariy fikrlar turli sohalarga oid frazalarning izohli lug‘ati va ushbu birliklarni talqin qilishda ishlab chiqilgan me’yorlarni boyitishda yangi manba bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi inson holatini ifodalovchi frazeologik birliklarning leksik sath, leksik-semantik sath, leksik-frazeologik sathlarini tahlili bilan bog‘liq natijalar va o‘zbek va ingliz tillaridagi inson holati bilan bog‘liq frazeologik birliklarni tarjima qilish jarayonidagi kontekstning asosiy mazmunini saqlab qolishdagi ahamiyati xususidagi asosiy jihatlarni eʻtiborga olish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yil 12-may kuni efirga uzatilgan dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-maydagi 371-son maʻlumotnomasi). Natijada xorijlik sayyohlarning ma’lum bir qatlami, ya’ni tarixshunos va tarjimashunos olimlarning vatanimiz tarixi bilan tanishish va bu orqali o‘zbek millatiga tegishli urf-odatlarimizning keng ommaga namoyish qilish imkoni, shu bilan birga, xalqimizning ko‘p yillik mehnati samarasi o‘laroq vujudga kelgan millatimizning o‘ziga xos mentaliteti bilan bir qatorda, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurayotgan ichki va xorijlik sayyohlar bilan muloqot jarayonida, sayyohlarga tegishli psixologik va psixolingvistik omillarga e’tibor qaratish orqali, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlardan va sayohatdan qoniqish hosil qilishlariga imkon yaratilgan.