Sagatova Zarima Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Ingliz va qoraqalpoq tillarida zoonim komponentli frazeologik birliklar: antroposentrik nuqtayi nazar”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3562.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tleumuratov Genjemurat Tleumuratovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.          
Rasmiy opponentlar: Alniyazov Aytmurat Ismilovich, filoloifiya fanlari doktori, professor; YO‘ldashev Doniyor Toxirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi antroposentrik jihatdan ingliz va qoraqalpoq tillaridagi zookomponentli FBlarning kognitiv va lingvomadaniy tabiatini har tomonlama tavsiflash, ularning tipologik o‘xshashlik va farqlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi zookomponentli frazemalar muayyan hodisa, predmet nominatsiyasini va uning mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarni ifodalashi, ularda ifodalangan ongning murakkab diskret birliklari ongda lokalizatsiya qilinishi, ular yordamida insonning fikrlash jarayoni amalga oshirilishi hamda bu konseptlar ham inson bilimlarini saqlash birliklari vazifasini bajarishi kabi kognitiv xususiyatlari ochib berilgan;
zookomponentli frazemalardagi ma’lumotlar majoziy asosning madaniyat bilan bog‘liqligini aks ettiruvchi konnotatsiyalarda gavdalanishi, so‘zlashuvchilarning milliy madaniyatning muayyan standarti, stereotipi, konsepti haqidagi g‘oyalarida namoyon bo‘lishi kabi lingvomadaniy jihatlari asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi substantiv, predikativ, adverbial, adektiv va his-hayajonni ifodalovchi zookomponentli frazemalardan ingliz tilida substantiv, qoraqalpoq tilida esa predikativ ko‘rinishlar ko‘pligi; his-hayajonni ifodalovchilari har ikkala tilda juda kam miqdorda ekanligi dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarining zooleksemali frazemalaridagi milliy o‘ziga xos (farqlanuvchi) kognitiv modellar odamlarning yashash sharoitlari, tarixi, geografik muhiti, ijtimoiy tuzilishi, madaniyati, urf-odatlari bilan va bir xil (o‘xshash) kognitiv modellari tillararo ekvivalentlarning mavjudligi bilan izohlanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq zookomponentli frazeologik birliklarining antroposentrik   paradigma asosida tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
ikkala tildagi zookomponentli FBlarnig tarkibiy-grammatik va lingvokulturologik xususiyatlari yuzasidan olingan natija va xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida ingliz va qoraqalpoq xalqlar og‘zaki va tarixiy yozma ijodi, asosan, ko‘rgazma va ekskurs jarayonlarida, muzeyga tashrif buyurgan mehmonlar bilan muloqatni shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 25-iyuldagi 13-0519-07/430-son ma’lumotnomasi). Natijada insonning ijobiy va salbiy sifatlarini tasvirlash uchun qiyosiy tahlil asosida grammatik-tarkibiy konstruksiyalarda va semantik baholash asnosida o‘xshashliklar hamda farqlar borligi ko‘rsatib berilgan. Bu esa ingliz va qoraqalpoq tillariga va dunyodagi obektiv ijtimoiy-tarixiy o‘zgarishlar, har bir xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, kundalik hayoti til materialida maʼlum bir iz qoldirib, zookomponentli frazeologik birliklar ma’lum bir jamiyatda qabul qilingan qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi va til birliklaridagi assotsiativ aloqalarni kuzatishga imkon berishi isbot qilingan;
ikkita geterogen, genetik jihatdan bir-biriga qardosh bo‘lmagan, tipologik jihatdan har xil tuzilgan va o‘zaro aloqada bo‘lmagan ingliz va qoraqalpoq tillaridagi zookomponentni o‘z ichiga olgan FBlar lingvomadaniy nuqtayi nazardan baholash yuzasidan xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 26-iyuldagi 299/1-son ma’lumotnomasi). Natijada nazariy va amaliy asoslangan holda lingvokulturologik nuqtayi nazaridan “qoraqalpoq tilining zookomponentli frazeologik birliklari” terminining ilk marta ilmiy muomalaga kiritilishiga va ilmiy-tadqiqot ishlari yangi materiallar, ilmiy asoslangan dalillar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
lingvomadaniy jihatdan insonning tashqi ko‘rinishi va yoshi, aql-idrok darajasi, ichki fazilatlari, o‘ylasi, mehnat faoliyati, ijtimoiy mavqeyi, xulq-atvori va turmush tarzini baholovchi ingliz va qoraqalpoq zookomponentli frazeologik birliklari tasnifiga oid ilmiy-nazariy tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «Tilge itibar – elge itibar» kabi ko‘rsatuv va dasturlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-iyundagi 05-22/319-son ma’lumotnomasi). Natijada aholiga, asosan, o‘quvchi yoshlarga, talabalarga, olimlarga va ilmiy izlanuvchilarga ingliz va qoraqalpoq tillarida insonning tashqi va ichki parametrlari asosida baholovchi zookomponentli frazeologizmlarni targ‘ib qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish