Raxmatullaev Dilmurod Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’limni raqamlashtirish sharoitida o‘quvchilarini axborot madaniyatini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6819.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisod fanlari doktori, professor.                                  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ta’limni raqamlashtirish sharoitida o‘quvchilarini axborot madaniyatini shakllantirish metodikasini Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish misolida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni kasbiy faoliyatda axborotlarni qidirish, internetdan foydalanish, muhim axborotlarni saqlash, saralash, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘nikmalarini tizimlashtirishda bo‘lajak mutaxassisning axborot madaniyatining takribiy strukturasi raqamli ta’lim talablarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning axborot madaniyatini shakllantirish modeli kasbiy faoliyatda axborotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda «Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha ta’lim jarayonini bosqichma-bosqich optimallashtirish, axborot madaniyatini shakllantirish metodlari va vositalarini klassifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish metodikasi axborotlarni tahrirlash, saralash, xavfsizligini ta’minlash, kasbiy faoliyatda maxsus dastur va platformalardan foydalanish malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda raqamli texnologiyalarni qo‘llash (mobil ta’lim, dasturlashtirilgan ta’lim) va uni amalga oshirishning intelektuallik, mantiqiylik prinsiplari bilan integrativ aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
axborot madaniyatini shakllantirish ko‘nikmalarini aniqlashning mezon ko‘rsatkichlari (motivatsion-qadriyatli, faoliyatli, texnologik) mazmuni bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda axborot madaniyatini kasbiy vazifalarni bajarishda ichki integratsiyasini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limni raqamlashtirish sharoitida professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarini axborot madaniyatini shakllantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarni ta’lim jarayonida axborotlarni qidirish, internetdan foydalanish, muhim axborotlarni saqlash, saralash, kasbiy vazifalarni amalga oshirishda innovatsion faoliyatni ta’minlash bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga oid takliflardan “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda  foydalanilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 yanvardagi 02/02-81-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan professional ta’lim muassasalarida malaka talablari va o‘quv dasturlarini  ishlab chiqishda foydalanilgan;
«Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari» modulini o‘qitishda kasbiy faoliyatda axborotlar bilan ishlash, axborot xavfsizligi bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalaridan foydalanishga oid taklif va tavsiyalar “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda  foydalanilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 yanvardagi 02/02-81-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalardan professional ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari,  o‘qitish materiallari, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish imkonini bergan;
o‘quvchilarda axborotlarni tahrirlash, saralash, xavfsizligini ta’minlash, kasbiy faoliyatda maxsus dastur va platformalardan foydalanish talablarini o‘zlashtirish asosida axborot madaniyatini shakllantirishga  oid takliflar va uslubiy ishlanmalardan Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining faoliyatida, ya’ni «Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari» moduli o‘quv dasturlarini takomillashtirishda hamda o‘quv-metodik ta’minotini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 11 yanvardagi 02/02-81-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarni axborot madaniyatini shakllantirish mazmuni takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish