Qurbonov Normurod Xolmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida maxsus yo‘l bilan echiladigan masalalarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3878.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30/30.12.2019.FM.02.01.
Ilmiy rahbar: Botirov G‘olibjon Isroilovich, fizika–matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Rasmiy opponentlar: Rasulov To‘lqin Husenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Barakaev Murod, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida maxsus yo‘l bilan echiladigan masalalarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy–metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida maxsus yo‘l bilan echiladigan daraja–ko‘rsatkichli tenglama va tengsizliklarni darajali va ko‘rsatkichli funksiyalarni aniqlanish  sohasiga asoslanib daraja–ko‘rsatkichli tenglamalarni besh holda va qat’iy daraja-ko‘rsatkichli tengsizliklarni uch holda, noqat’iy daraja–ko‘rsatkichli tengsizliklarni olti holda echimlarini topilishi  asoslangan;
ilk bor ixtiyoriy uchburchakning yuzi uchun unga ichki chizilgan aylananing urinish nuqtasida shu tomondan ajratgan qismlari va shu tomon qarshisidagi burchak yarmini kotangensi  orqali  ifodalangan samarador formula topilgan;
matematika fanini o‘qitish jarayonida darajani asosi bilan ko‘rsatkichida ildiz ostida qatnashgan logarifmik ifodaning asosi o‘zaro teng bo‘lganda ifodalarni tengligi to‘g‘risida samarador ikkita formula topilgan;
trapesiyaning birinchi va ikkinchi o‘rta chizig‘larini kvadratlari yig‘indisi  uning asoslari ko‘paytmasini ikkilanganligi bilan yon tomonlari kvadratlari yig‘indilarining yarmiga tengligi teorema sifatida bayon qilinib, ushbu teoremadan foydalanib trapesiyani ikkinchi o‘rta chizig‘i formulasi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida maxsus yo‘l bilan echiladigan masalalarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy–uslubiy va amaliy takliflar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida maxsus yo‘l bilan echiladigan daraja–ko‘rsatkichli tenglama va tengsizliklarni darajali va ko‘rsatkichli funksiyalarni aniqlanish  sohasiga asoslanib daraja–ko‘rsatkichli tenglamalarni besh holda va qat’iy daraja-ko‘rsatkichli tengsizliklarni uch holda, noqat’iy daraja–ko‘rsatkichli tengsizliklarni olti holda echimlarini topilishi asoslanganligiga oid taklif va tafsiyalardan o‘qituvchilari uchun ishlab chiqilgan “Maxsus yo‘l bilan echiladigan algebraik masalalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 18-avgust 01/11-02/9-1324-son ma’lumotnomasi). Natijada, matematika fanini o‘qitishning o‘quv–metodik ta’minoti boyitilgan;
ilk bor ixtiyoriy uchburchakning yuzi uchun unga ichki chizilgan aylananing urinish nuqtasida shu tomondan ajratgan qismlari va shu tomon qarshisidagi burchak yarmini kotangensi  orqali  ifodalangan samarador formula topilganligiga oid taklif va tafsiyalar “Maxsus yo‘l bilan echiladigan algebraik masalalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 18-avgust 01/11-02/9-1324-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda nostandart masalalarni echish ko‘nikmasini rivojlantirish ularning bilimlarini oshishiga xizmat qilgan;
 matematika fanini o‘qitish jarayonida darajani asosi bilan ko‘rsatkichida ildiz ostida qatnashgan logarifmik ifodaning asosi o‘zaro teng bo‘lganda ifodalarni tengligi to‘g‘risida samarador ikkita formulalar “Maxsus yo‘l bilan echiladigan algebraik masalalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 18-avgust 01/11-02/9-1324-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematikani o‘qitish metodikasini takomillashtirish, pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
trapesiyaning birinchi va ikkinchi o‘rta chizig‘larini kvadratlari yig‘indisi  uning asoslari ko‘paytmasini ikkilanganligi bilan yon tomonlari kvadratlari yig‘indilarining yarmiga tengligi teorema sifatida bayon qilinib, ushbu teoremadan foydalanib trapesiyani ikkinchi o‘rta chizig‘i formulasi topilganligiga oid takliflar “Sonlar sehri” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 18-avgust 01/11-02/9-1324-son ma’lumotnomasi). Natijada, matematika fanini o‘qitishning o‘quv–metodik ta’minoti boyitilgan va o‘qitish metodikasini takomillashtirishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish