Adashboev Shavqiddin Mixriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Uzlyuksiz malaka oshirish tizimida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining raqamli kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped9.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xamidov Voxid Sobirovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzlyuksiz malaka oshirish tizimida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining raqamli kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzlyuksiz malaka oshirish tizimida pedagog kadrlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini raqamli kompetentlik darajasiga rivojlantirishning davriylik bosqichlari ta’lim ekotizimi subektlari faoliyatini raqamli axloqiy normalar va ta’qiqlar o‘rtasidagi texnik-ijtimoiy muvozanatni koordinatsiya etish orqali dinamik ravishda raqamli madaniyatga yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;
pedagog kadrlarning raqamli kompetentligi mazmuni funksional (kosntruktiv va motivatsion) va differensiallashgan (integrativ va refleksiv) kompetensiyalarning o‘zaro integratsiyalashgan siklik tuzilmasida raqamli iz, raqamli etika va raqamli xavfsizlik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagog kadrlarning raqamli kompetentligini rivojlanish samaradorligini baholash mezonlari reproduktiv, produktiv va ijodkorlik darajalari bo‘yicha tuzilgan raqamli texnologiyalarning genezisi relevantligini ta’minlovchi modulli diagnostik topshiriqlar va testlarni mazmunli-texnologik paketlash asosida aniqlashtirilgan;
pedagog kadrlarning raqamli kompetentligini rivojlantirish modelining texnologik komponenti SMART-malaka oshirishning adaptiv barqarorligini ta’minlab beruvchi konnektivistik yondashuvga asoslangan ochiq onlayn asinxron kursni tashkil etish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzlyuksiz malaka oshirish tizimida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining raqamli kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar, shuningdek, ishlab chiqilgan raqamli kompetentlik mezonlari asosida:
uzlyuksiz malaka oshirish tizimida pedagog kadrlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini raqamli kompetentlik darajasiga rivojlantirishning davriylik bosqichlari ta’lim ekotizimi subektlari faoliyatini raqamli axloqiy normalar va taqiqlar o‘rtasidagi texnik-ijtimoiy muvozanatni koordinatsiya etish orqali dinamik ravishda raqamli madaniyatga yo‘naltirish asosida aniqlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Belarus Oliy maktab Respublika Instituti bilan hamkorlikda bajarilgan MRB-OT-2019-23 “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy ta’minoti” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-apreldagi 03/14-1020-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining raqamli kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha modul mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
pedagog kadrlarning raqamli kompetentligi mazmuni funksional (kosntruktiv va motivatsion kompetensiyalar) va differensiallashgan (integrativ va refleksiv kompetensiyalar) kompetensiyalarning o‘zaro integratsiyalashgan siklik tuzilmasida raqamli iz, raqamli etika va raqamli xavfsizlik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining PZ-20170929789 “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzudagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-apreldagi 03/14-1020-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining zamonaviy raqamli texnologiyalarni kasbiy faoliyatda qo‘llash samaradorligini oshirishga yordam bergan;  
pedagog kadrlarning raqamli kompetentligini rivojlanish samaradorligini baholash mezonlari reproduktiv, produktiv va ijodkorlik darajalari bo‘yicha tuzilgan raqamli texnologiyalarning genezisi relevantligini ta’minlovchi modulli diagnostik topshiriqlar va testlarni mazmunli-texnologik paketlash asosida aniqlashtirish bo‘yicha amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining PZ-20170929789 “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzudagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-apreldagi 03/14-1020-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining raqamli kompetensiyalarini tashxis qilish asosida ularning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
pedagog kadrlarning raqamli kompetentligini rivojlantirish modelining texnologik komponenti SMART-malaka oshirishning adaptiv barqarorligini ta’minlab beruvchi konnektivistik yondashuvga asoslangan ochiq onlayn asinxron kursni tashkil etish orqali takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Belarus Oliy maktab Respublika Instituti bilan hamkorlikda bajarilgan MRB-OT-2019-23 “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy ta’minoti” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-apreldagi 03/14-1020-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzlyuksiz malaka oshirish tizimida masofaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish