Mutalov Saidakbar Xamidullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4PhD/Ped4004.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023. Ped.173.01
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Turgʻunoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasasi talabalarida liderlik qobiliyatini rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mohiyati shaxslararo munosabatlarda subektiv faollikka qaratilgan samarali hamkorlikdagi faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni talab etuvchi tashabbuskorlik, qat’iy pozisiyaga egalik, jamoaviy qarorlar qabul qilish, nostandart vaziyatlarda oqilona qarorlar qabul qilish kabi moslashuvchan va maxsus ko‘nikmalarni intensiv tarkib toptirish jarayonlarining dinamikligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga doir axloqiy, ijodiy, kasbiy, kommunikativ, tashkiliy kompetensiyalar tizimi mazkur jarayon tuzilmasiga xos motivatsion-shaxsiy (barqaror ijobiy motivatsiya), operatsion-faoliyatli (zarur sifatlarga ega bo‘lish), nazorat-baholovchi (liderlik sifatlari va kasbiy faoliyat talablari uygʻunligini ta’minlash) komponentlarning qayta aloqaga kirishuv darajasi identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi kompleks omillar (ijtimoiy-pedagogik, psixologik-korreksion, ijodiy-texnologik, tarbiyaviy-ma’naviy, kommunikativ) mazkur jarayonni amalga oshiruvchi to‘siqlarni (psixologik, individual, muhit bilan bog‘liq) bosqichma-bosqich korreksiyalash mexanizmining produktivlik darajasi validligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirish modelining tashkiliy-jarayonli komponenti “talaba – tyutor – o‘qituvchi”, “talabalar guruhi – tyutor – o‘qituvchi” tizimidagi o‘zaro birgalikdagi harakatni (kooperatsiya) shaxsga yoʻnaltirilgan tarzda tashkil etishga qaratilgan rolli o‘yinlar, munozara va disputlarni kouch-trening texnologiyasi tamoyillari asosida adaptiv loyihalash tuzilmasini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mohiyati shaxslararo munosabatlarda subektiv faollikka qaratilgan samarali hamkorlikdagi faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni talab etuvchi tashabbuskorlik, qat’iy pozisiyaga egalik, jamoaviy qarorlar qabul qilish, nostandart vaziyatlarda oqilona qarorlar qabul qilish kabi moslashuvchan va maxsus ko‘nikmalarni intensiv tarkib toptirish jarayonlarining dinamikligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2080/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalaridagi talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik mohiyati va ijtimoiy zarurati aniqlashtirilib, metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirishning nazariy imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga doir axloqiy, ijodiy, kasbiy, kommunikativ, tashkiliy kompetensiyalar tizimi mazkur jarayon tuzilmasiga xos motivatsion-shaxsiy (barqaror ijobiy motivatsiya), operatsion-faoliyatli (zarur sifatlarga ega bo‘lish), nazorat-baholovchi (liderlik sifatlari va kasbiy faoliyat talablari uygʻunligini ta’minlash) komponentlarning qayta aloqaga kirishuv darajasi identivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining oliy ta’lim muassasalarida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishga doir dastur va loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024-yil 7-maydagi 04-13/450-son dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining liderlik qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tavsiflanib, tashkiliy-texnologik tizimi takomillashtirilgan;
talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-pedagogik, psixologik-korreksion, ijodiy-texnologik, tarbiyaviy-ma’naviy, kommunikativ omillar mazkur jarayonni amalga oshiruvchi to‘siqlarni (psixologik, individual, muhit bilan bog‘liq) bosqichma-bosqich korreksiyalash mexanizmining produktivlik darajasi validligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan KA 107/2020-2021-raqamli NamDU va Timisoara G‘arb universiteti o‘rtasida tuzilgan “Erasmus+mobility program” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2080/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik-psixologik treninglar majmuini qo‘llashning talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishdagi samaradorligini oshirishga erishilgan.
talabalarning liderlik qobiliyatini rivojlantirish modelining tashkiliy-jarayonli komponenti “talaba – tyutor – o‘qituvchi”, “talabalar guruhi – tyutor – o‘qituvchi” tizimidagi o‘zaro birgalikdagi harakatni (kooperatsiya) shaxsga yoʻnaltirilgan tarzda tashkil etishga qaratilgan rolli o‘yinlar, munozara va disputlarni kouch-trening texnologiyasi tamoyillari asosida adaptiv loyihalash tuzilmasini qat’iy belgilash asosida takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan dasturning 14-bandida belgilangan “Iqtidorli yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirishga qaratilgan “Kelajak liderlari” loyihasini amalga oshirish” vazifalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 18-avgustdagi 4-13-21-2135-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, tyutorlar instituti va jamoat tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish