Inamova Marina Timurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p tilli tematik o‘quv frazeologik lug‘atini tuzish tamoyillari (ingliz, rus va o‘zbek tillari asosida”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1144.    
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtar Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Najmiddinov Muxammadjon Gʻayratjon o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, rus va o‘zbek tillarining materiallari asosida ko‘p tilli tematik o‘quv frazeologik lug‘at tuzishning lingvodidaktik tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, rus va o‘zbek xalqlarining madaniy merosini tavsiflovchi bite the bullet (ingliz tilida), sirota kazanskaya (rus tilida), birining do‘ppisini biriga (ikkinchisiga) kiygizmoq (o‘zbek tilida) kabi frazeologik birliklarning etimologik, semantik, tematik-ideografik xususiyatlari ochib berilib, yuqoridagi kabi frazeologik birliklar tarjimada ekvivalentiga ega bo‘lmagan hollarda tarjima qilishning tavsifiy tarjima usuli yaratilgan;
o‘quv tematik frazeologik lug‘atlarni qamrab olgan leksikografik manbalar kompleks lingvistik nuqtai nazardan ochib berilib, ingliz, rus va o‘zbek tillari materialida tematik frazeografik nashrni yaratish uchun lingvistik va didaktik tamoyillar ishlab chiqilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarining obrazli (a black sheep; semi pyadey vo lbu; dog‘da kuymoq) va  motivlashgan (be under the weather; master na vse ruki; mudroq bosmoq) frazeologik birliklarining milliy-madaniy o‘ziga xosligi asoslangan;
frazeologik lug‘atlarning materiali bo‘yicha ingliz, rus va o‘zbek tillari frazeologik birliklarining baxt (schast`e, happiness), boylik (bogatstvo, wealth), salomatlik (zdorov`e, health) kabi tematik-ideografik klassifikatsiyasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, rus va o‘zbek frazeologik materialining xususiyatlarini aniqlashda ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar:
ingliz, rus va o‘zbek xalqlarining madaniy merosini tavsiflovchi bite the bullet (ingliz tilida), sirota kazanskaya (rus tilida), birining do‘ppisini biriga (ikkinchisiga) kiygizmoq (o‘zbek tilida) kabi frazeologik birliklarning etimologik, semantik, tematik-ideografik xususiyatlari ochib berilib, yuqoridagi kabi frazeologik birliklar tarjimada ekvivalentiga ega bo‘lmagan hollarda tarjima qilishning tavsifiy tarjima usuli yaratilganligiga oid olingan ilmiy natijalar va tadqiqotlar metodikasiga doir ilmiy xulosalardan  Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 30-maydagi 1429/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz, rus va o‘zbek frazeologik rasmining milliy-madaniy hususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha taklif tavsiyalaridan foydalanishga erishilgan;
o‘quv tematik frazeologik lug‘atlarni qamrab olgan leksikografik manbalar kompleks lingvistik nuqtai nazardan ochib berilib, ingliz, rus va o‘zbek tillari materialida tematik frazeografik nashrni yaratish uchun lingvistik va didaktik tamoyillar ishlab chiqilganligi xususidagi tavsiyalar Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan amalga oshirilgan I-204-4-5-5-sonli “lngliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida qo‘llanildi va amalga oshirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-maydagi №1432/30.02.01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada uch til materiallari asosida o‘quv tematik frazeologik lug‘atini tuzishga doir takliflar va tavsiyalardan amaliy foydalanishga erishilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarining obrazli (a black sheep; semi pyadey vo lbu; dog‘da kuymoq) va  motivlashgan (be under the weather; master na vse ruki; mudroq bosmoq) frazeologik birliklarining milliy-madaniy o‘ziga xosligi asoslanganligi hamda frazeologik lug‘atlarning materiali bo‘yicha ingliz, rus va o‘zbek tillari frazeologik birliklarining baxt (schast`e, happiness), boylik (bogatstvo, wealth), salomatlik (zdorov`e, health) kabi tematik-ideografik klassifikatsiyasi asoslanganligi haqida ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradio va radio kompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” dasturlari uchun senariylar tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” telekanalining 2023-yil 23-maydagi 04-36-805-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan, ilmiy g‘oyalar va dalillar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish