Toraxodjaeva Ikbolxon Djuraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida bojxona nazoratining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 - “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliyaviy va bojxona huquqi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Yu400.
Ilmiy rahbar: Xamedov Iso Axlimanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Sardor Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Hamidov Anvar Muzafarovich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida bojxona nazoratining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonun hujjatlarida belgilangan tegishli talablarga javob beradigan yuridik shaxslarga bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish huquqini beruvchi vakolatli iqtisodiy operator maqomini yaratish zarurati asoslab berilgan;
“bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risida”gi Kioto konvensiyasi normalariga muvofiq, bojxona hududidan tashqarida (hududida) tovarlarni qayta bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma olish tartibini joriy etish zarurati asoslab berilgan;
bojxona tranziti rejimida tovarlarni rasmiylashtirish tartibini “bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risida”gi Kioto konvensiyasi normalariga muvofiqlashtirish bo‘yicha tranzit deklaratsiyasi tushunchasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zarurati asoslab berilgan;
avtomobil, temir yo‘l va avia chegara bojxona postlari orqali tovar va transport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini engillashtirish maqsadida avtomobil, temir yo‘l va avia chegara bojxona postlarida xavfni boshqarish tizimini joriy etish zarurati asoslab berilgan;
temir yo‘l transporti orqali tashiladigan tovarlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi samaradorligini oshirish maqsadida temir yo‘l transporti orqali tashiladigan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oldindan elektron shaklda bojxona organlariga taqdim etish amaliyotini joriy qilish zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
bojxona nazoratini amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan yuridik shaxlarga nisbatan maxsus soddalashtirilgan tartibdan foydalanish huquqini beradigan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi 748-sonli “O‘zbekiston Respublikasining bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 71-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining 2022-yil 14-iyuldagi 3/05-22-00614-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi qonun hujjatlarida belgilangan tegishli talablarga javob beradigan yuridik shaxslarga vakolatli iqtisodiy operator maqomini olishga huquqiy asos yaratgan;
bojxona hududida va hududidan tashqarisida tovarlarni qayta ishlash rejimining tashkiliy-huquqiy jihatlarini takomillashtirishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi 748-sonli “O‘zbekiston Respublikasining bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 134-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining 2022-yil 14-iyuldagi 3/05-22-00614-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bojxona hududida va hududidan tashqarisida qayta ishlash rejimi talablarini xalqaro standartlarga moslashtirilishiga xizmat qilgan;
bojxona tranziti rejimida tovarlarni rasmiylashtirish jarayonlarini takomillashtirishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi 748-sonli “O‘zbekiston Respublikasining bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 257-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining 2022-yil 14-iyuldagi 3/05-22-00614-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bojxona tranzitini tashkil etilishini xalqaro standartlarga moslashtirishga va mazkur jarayonlarni soddalashtirishga huquqiy asos yaratgan;
chegara bojxona postlarida bojxona nazorati samaradorligini oshirilishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi 6005-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona boshqaruvini isloh qilish va davlat bojxona xizmati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining 2022-yil 14-iyuldagi 3/05-22-00614-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi avtomobil, temir yo‘l va avia chegara bojxona postlarida xavfni boshqarish tizimini joriy etishga xizmat qilgan;
temir yo‘l transporti orqali tashilayotgan yuklarning bojxona nazoratini soddalashtirishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi 122-son “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining 2022-yil 14-iyuldagi 3/05-22-00614-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi temir yo‘l transportida tashiladigan tovarlar to‘g‘risida dastlabki elektron axborot almashish tizimini yaratishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish