Zulunov Azizbek Toxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida qizilo‘ngach saratonini profilaktikasi ustuvorligi va epidemiologiyasi, xavf omillari, klinik vizual xususiyatlari", 14.00.43-Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD /Tib.2982.
Ilmiy raxbar: Mamarasulova Dilfuzaxon Zakirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/04.03.2022. Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Nasirullo Sobirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Tojiboev Akmalxon Abduraxmonovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona vodiysi sharoitida qizilo‘ngach saratonini profilaktik skrining dasturini takomillashtirish va qizilo‘ngach neoplaziyasini erta bosqichlarda aniqlash sonini oshirishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
epidemiologik monitoring orqali O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi hududlarida qizilo‘ngach saratoni tarqalish chastotasi va birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inida, xavf omili mavjud bo‘lgan maqsadli aholini aniqlash uchun so‘rovnomadan foydalanganda 57% odamlarda qizilo‘ngach patologiyasini erta aniqlanganligi isbotlangan;
RIO va RIATM Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyati xududiy filiallari hisobidan chiqarilgan bemorlarning kasallikdan keyingi yashash davri davomiyligi qiyosiy taxlili asoslangan;
qiyosiy tadqiqotda qizilo‘ngach epiteliysi displaziyasini aniqlash nuqtai nazaridan ezofagogastrofibroskopiya bilan solishtirganda xromoendoskopiyaning (75%) yuqori informativligi (qizilo‘ngach neoplaziyasiga yuqori sezgirligi xisobiga), diagnostik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
taklif etilayotgan bosqichli qizilo‘ngach saratoni skrining dasturi orqali ilgari aniqlanmagan bemorlarning 4% ida qizilo‘ngach neoplaziyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot institutining 2024 yildagi 26 martdagi 06/13 raqamli xulosasiga ko‘ra (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 10 fevral`dagi 06/477-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: epidemiologik monitoring orqali O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi hududlarida qizilo‘ngach saratoni tarqalish chastotasi va birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inida, xavf omili mavjud bo‘lgan maqsadli aholini aniqlash uchun so‘rovnomadan foydalanganda 57% odamlarda qizilo‘ngach patologiyasini erta aniqlanganligi isbotlangan. O‘tkazilgan qizilo‘ngach saratoni profilaktik skriningi orqali kasallik erta bosqichlarda aniqlanishi natijasida kasallikdan keyingi davrda nogironlik ko‘rsatkichlari 70% ga, o‘lim ko‘rsatkichi esa 1 barobarga kamaydi. Mehnatga layoqatlik deyarli 2 barobarga ortdi. Qizilo‘ngach saratoni xavf omillariga asoslangan skrining algoritmi natijalari asosida ishlab chiqilgan "Qizilo‘ngach saratoni endoskopik skriningi" nomli uslubiy tavsiyanomasi bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 30 yanvar2023 yildagi 8n-z/62 raqamli xulosa ko‘ra) RIO va RIATM Andijon filiali 10 mart 2023 yildagi -№ 22- sonli buyruq bilan, Namangan filiali 15 mart 2023 yilidagi №3/B - sonli buyruq, Farg‘ona filiali 30 mart 2023 yildagi №12-a sonli buyruq bilan viloyatlari xududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan qizilo‘ngach saratoni xavf omillariga asoslangan skrining algoritmi qizilo‘ngach saratoni yashirin kechuvchi bemorlarda kasallikni erta bosqichlarda aniqlanishi xisobiga kasallikni erta bosqichlarda bartaraf qilish va oqibatda nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Qizilo‘ngach saratoniga tashxis qo‘yishning yangi usullarini joriy etishda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatlari qisqarishining iqtisodiy samarasi hisoblab ko‘rilganda olingan iqtisodiy samara xisoblandi. Xulosa: xavf omillariga asoslangan skrining algoritmi natijasida bemorlarning vaqtinchalik mehnatga layoqatligini yo‘qotish davrini qisqartirish orqali 32008258 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyati xududiy filiallari hisobidan chiqarilgan bemorlarning soni (72 ta) va bu bemorlarning kasallikdan keyingi yashash davri davomiyligi qiyosiy taxlili asoslangan; Xromoendoskopiya natijalari va biopsiya materiallari solishtirilganda bir xil natija olish mumkinligi aniqlangan va shilliq qavat neoplaziyasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan xromoendoskopiya natijalarining informativligi patomorfologik tekshiruvlar bilan qiyoslanganda qoniqarli ekani tasdiqlangan. Qizilo‘ngach saratoni xavf omillariga asoslangan skrining algoritmi natijalari asosida ishlab chiqilgan "Qizilo‘ngach saratoni endoskopik skriningi" nomli uslubiy tavsiyanomasi bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 30 yanvar2023 yildagi 8n-z/62 raqamli xulosa ko‘ra) Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali 10 mart 2023 yildagi -№ 22- sonli buyruq bilan, Namangan filiali 15 mart 2023 yilidagi №3/B - sonli buyruq, Farg‘ona filiali 30 mart 2023 yildagi №12-a sonli buyruq bilan viloyatlari xududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilayotgan tashxislash usuli xavf omillariga asoslangan profilaktik skriningda saralab olingan bemorlarning xromoendoskopiya tekshiruvidan olingan natijalar biopsiya xulosalari bilan qiyoslanganda olingan ma’lumotlar bilan bir xil ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach saratoniga shubxa qilinganda shilliq qavat neoplaziyasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan biopsiya o‘rniga xromoendoskopiya tekshiruvini o‘tkazilishi natijasida xar bir bemordan 253000 (ikki yuz ellik uch ming) so‘m, umumiy xisobda 400 nafar bemorlarda o‘tkazilgan xromoendoskopiya tekshiruvi 101250000 (bir yuz bir million ikki yuz ellik ming) so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: qizilo‘ngach saratoniga shubxa qilingan bemorlarga xromoendoskopiya tavsiya qilinishi va o‘tkazilishi byudjet mablag‘laridan xar bir bemor uchun 253000 (ikki yuz ellik uch ming) so‘m, umumiy xisobda 101250000 (bir yuz bir million ikki yuz ellik ming) so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik qiyosiy tadqiqotda qizilo‘ngach epiteliysi displaziyasini aniqlash nuqtai nazaridan ezofagogastrofibroskopiya bilan solishtirganda xromoendoskopiyaning (75%) yuqori informativligi (qizilo‘ngach neoplaziyasiga yuqori sezgirligi xisobiga), diagnostik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan; Qizilo‘ngach saratoni xavf omillariga asoslangan skrining algoritmi natijalari asosida ishlab Qizilo‘ngach saratoni xavf omillariga asoslangan skrining algoritmi natijalari asosida ishlab chiqilgan "Qizilo‘ngach saratoni endoskopik skriningi" nomli uslubiy tavsiyanomasi bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 30 yanvar2023 yildagi 8n-z/62 raqamli xulosa ko‘ra) Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali 10 mart 2023 yildagi -№ 22- sonli buyruq bilan, Namangan filiali 15 mart 2023 yilidagi №3/B - sonli buyruq, Farg‘ona filiali 30 mart 2023 yildagi №12-a sonli buyruq bilan viloyatlari xududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi xavf omillari aniqlanishi natijasida 1 yillik o‘lim ko‘rsatkichlarining pasayishiga erishiladi; xavf omillari namoyon bo‘lishiga qarab davo muolajalarini o‘tkazish bemorlarning vaqtincha mehnatga layoqatlik davrini uzaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi qizilo‘ngach saratoni skrining algoritmidan foydalanish saraton kasallgini erta bosqichlarda aniqlanganligi sababli gospitalizatsiya qilish ko‘rsatkichlarini keskin kamaytirish iqtisodiy samaradorlikka olib keldi. Agar gospitalizatsiya uchun kutilayotgan sarf-xarajatlar xar bir bemorga o‘rtacha 146000 so‘mni tashkil qilsa bir nafar bemorga 1 kun uchun), xarajatlarni 6 martaga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: xavf omillariga asoslangan skrining algoritmidan foydalanilsa bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 121600 so‘m (kunlik) ga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik taklif etilayotgan bosqichli qizilo‘ngach saratoni skrining dasturi orqali ilgari aniqlanmagan bemorlarning 4% ida qizilo‘ngach neoplaziyasi aniqlangan. Qizilo‘ngach saratoni xavf omillariga asoslangan skrining algoritmi natijalari asosida ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 30 yanvar 2023 yildagi 8n-z/62 raqamli xulosa ko‘ra) Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali 10 mart 2023 yildagi -№ 22- sonli buyruq bilan, Namangan filiali 15 mart 2023 yilidagi №3/B - sonli buyruq, Farg‘ona filiali 30 mart 2023 yildagi №12-a sonli buyruq bilan viloyatlari xududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tashxislash va davolashga nisbatan yangi algoritmini qo‘llash orqali kasallikning asoratlarini oldini olishni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif qilinayotgan skrining natijasidagi iqtisodiy samaradorlik bemorlarning kasallik tufayli nogironlik darajasini kamaytirishi bilan izohlanadi, ya’ni nogironlik tufayli jismoniy mexnatga layoqatsiz bemorlar soni mazkur tadqiqot doirasida deyarli 2 barobarga kamaygan. Xulosa: bir nafar nogironga to‘lanadigan nafaqa miqdori 747000 so‘m tashkil qilddi va 28 mart 2023 yildagi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi PF-45-son qonuni tatbiq doirasida bir nafar bemor xisobidan yillik umumiy 8964000 (sakkiz million to‘qqiz yuz oltmish to‘rt ming) so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.