Yakubov Nodirbek Ilxomjon uglining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Covid 19 fonida kechgan qandli diabetdagi tromboembolik asoratlarni oldini olishga yangicha yondashuv)", 14.00.43-Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2197.
Ilmiy rahbar: Dadam`yans Nataliya Gamletovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Mamasoliev Zoxidjon Ne’matjonovich, tibbiyot fanlari doktori, Xodjibekova Yulduz Maratovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi modelida qandli diabet 2 turi fonida COVID-19ning shifoxona davridagi tromboembolik asoratlar profilaktikasining samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi modelida QD 2 turi fonida COVID-19 ga chalingan bemorlardagi trombotik asoratlar rivojlanishi xavfining prognostik markerlari sifatida glikemiya darajasi, IL-6, yallig‘lovchi sitokinlar, ferritin, SRO va D-dimer ko‘rsatkichlari asoslangan;
bemorlarda O‘A tarmoqlarining trombozi prediktorlari bo‘lgan O‘Adagi o‘rtacha bosim, ChQ miokard massasining indeksi, O‘Q da ichki bosimning ko‘tarilish belgilari va periferik venalar trombozini aniqlashda boshqa tekshiruvlar (MSKT, MSKT-angiografiya) ga nisbatan ultratovush tekshiruvining yuqori diagnostik va iqtisodiy samaradorligi isbotlangan;
qandli diabed 2 turi fonida COVID-19 ga chalingan bemorlarda tromboz rivojlanishini 91,11% sezgirlik,80,0% o‘ziga xoslik va 85,56 % prognostik samaradorligi aniqlangan;
COVID-19 aniqlangan bemorlarda uzoq muddatli antikoagulyant terapiyani qo‘llash shifoxonadagi o‘lim holatlari xavfini 2,44 marta (13,91% gacha) kamaytirishga yordam bergan va yallig‘lanishga qarshi qiyosiy samarasida past molekulali geparin periferik qondagi D-dimer tromb hosil bo‘lish markerining konsentratsiyasini ishonarli tarzda kamaytirishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 26 martdagi 06/16 raqamli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarigajoriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot 2023 yil 22 apreldagi 96-son xat yuborilgan.
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Farg‘ona vodiysi modelida qandli diabet 2 turi fonida COVID-19 ga chalingan bemorlardagi trombotik asoratlar rivojlanishi xavfining prognostik markerlari sifatida glikemiya darajasi, IL-6 yallig‘lovchi sitokinlar, ferritin, SRO va D-dimer aniqlanishi asoslangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi COVID-19 fonida kechgan qandli diabetdagi tromboembolik asoratlarni oldini olishga yangicha yondashuvda olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Prognozirovanie riska razvitiya tromboticheskix oslojneniy COVID-19 na fone saxarnogo diabeta 2 tipa” nomli uslubiy tavsiyanoma Andijon viloyati kop tarmoqli tibbiyot markazi 12-dekabr 2023 yil №420-sonli buyruq bilan, Farg‘ona shaxar tibbiyot 12-dekabr 2023 yil birlashmasi №420- sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • QD 2 turi fonida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda turli darajadagi trombotik asoratlar xavfini aniqlashda qondagi omillarni aniqlash va ularni oldini olish orqali surunkali nafas etishmovchiligi va kasallikning erta davrida kuzatiluvchi o‘limni oldini olish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tromboembolik o‘zgarishlar xavfini aniqlashda yangi usullarini joriy etishda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatlari qisqarishining iqtisodiy samarasi hisoblab ko‘rilganda olingan iqtisodiy samara: E vaq = (90-30) x (26923,1+13333,4 ) x 40 - 0,15 x 171938400=24178100 Xulosa: xavf omillarini aniqlash natijasida davo muolajalarini tavsiya qilish va amaliyotga joriy qilish orqali bemorlarning vaqtinchalik mehnatga layoqatligini yo‘qotish holatini kamaytirish bilan 24178100so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bemorlarda O‘A tarmoqlarining trombozi prediktorlari bo‘lgan O‘Adagi o‘rtacha bosim, ChQ miokard massasining indeksi, O‘Q da ichki bosimning ko‘tarilish belgilari va periferik venalar trombozini aniqlashda boshqa tekshiruvlar (MSKT, MSKT-angiografiya) ga nisbatan ultratovush tekshiruvining yuqori diagnostik va iqtisodiy samaradorligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi COVID-19 fonida kechgan qandli diabetdagi tromboembolik asoratlarni oldini olishga yangicha yondashuvda olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Prognozirovanie riska razvitiya tromboticheskix oslojneniy COVID-19 na fone saxarnogo diabeta 2 tipa” nomli uslubiy tavsiyanoma uslubiy tavsiyanoma Andijon viloyati kop tarmoqli tibbiyot markazi 12-dekabr 2023 yil №420-sonli buyruq bilan, Farg‘ona shaxar tibbiyot 12-dekabr 2023 yil birlashmasi №420- sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘A trombozi prediktorlarini aniqlash orqali davo samaradorligini oshirish bilan nafaqat bemorlar reabilitatsiya davrini qisqartirish, qolaversa o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish va mehnatga layoqatligini tiklash imkonini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda tromboz prediktorlarini aniqlash natijasida konservativ davo yordamida ularni oldini olish va gospitalizatsiya davrini 8,3 kunga qisqartirish orqali o‘rtacha har bir bemordan (8,3x219000) 1817700 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: bemorlarga O‘A trombozi prediktorlarini aniqlash bilan shifoxonada yotib davolanish davrini qisqartirishi va reabilitatsion chora tadbirlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi.
uchunchi ilmiy yangilik: QD 2 turi fonida COVID-19 ga chalingan bemorlarda tromboz rivojlanishini 91,11% sezgirlik,80,0% o‘ziga xoslik va 85,56 % prognostik samaradorligi asoslangan; markerining konsentratsiyasini ishonarli tarzda kamaytirishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: COVID-19 fonida kechgan qandli diabetdagi tromboembolik asoratlarni oldini olishga yangicha yondashuvda olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Prognozirovanie riska razvitiya tromboticheskix oslojneniy COVID-19 na fone saxarnogo diabeta 2 tipa” nomli uslubiy tavsiyanoma tavsiyanoma Andijon viloyati kop tarmoqli tibbiyot markazi 12-dekabr 2023 yil №420-sonli buyruq bilan, Farg‘ona shaxar tibbiyot 12-dekabr 2023 yil birlashmasi №420- sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat O‘A trombozi prediktorlarini aniqlash orqali davo samaradorligini oshirish bilan nafaqat bemorlar reabilitatsiya davrini qisqartirish, qolaversa o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish va mehnatga layoqatligini tiklash imkonini oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yuqorida ta’kidlangan prediktorni aniqlash va uning qondagi konsentratsiyasini kamaytirish orqali O‘A trombozi xavfini bartaraf qilish natijasida bemorlarga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan byudjet tomonidan qoplaniladigan reabilitatsion chora tadbirlarni qisqartirish, mehnatga layoqatli hususiyatlarini tiklash imkonini beradi. Xulosa: D-dimerning qondagi miqdorini aniqlash va past molekulali geparin yordamida uning konsentratsiyasini kamaytirish orqali byudjet va bemor mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 aniqlangan bemorlarda uzoq muddatli antikoagulyant terapiyani qo‘llash shifoxonadagi o‘lim holatlari xavfini 2,44 marta (13,91% gacha) kamaytirishga yordam bergan va yallig‘lanishga qarshi qiyosiy samarasida past molekulali geparin periferik qondagi D-dimer tromb hosil bo‘lish markerining konsentratsiyasini ishonarli tarzda kamaytirishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qandli diabet fonida kechgan COVID-19 dagi tromboembolik asoratlarni oldini olishga yangicha yondashuvda olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Prognozirovanie riska razvitiya tromboticheskix oslojneniy COVID-19 na fone saxarnogo diabeta 2 tipa” nomli uslubiy tavsiyanoma tavsiyanoma Andijon viloyati kop tarmoqli tibbiyot markazi 12-dekabr 2023 yil №420-sonli buyruq bilan, Farg‘ona shaxar tibbiyot 12-dekabr 2023 yil birlashmasi №420- sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan davo manipulyasiyasining yuqori dozali antikoagulyant terapiyaning qoniqarli natijalar olinishini ta’minlaydi; UTT o‘tkazish protsedurasi keskin qisqarishi natijasida bemor va tibbiy xodim o‘rtasida kontakt nisbatan kamayadi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:Qandli diabet fonida kechgan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash orqali tadqiqot mobaynida tekshirilgan bemorlarning 46,67 % da radiologik tekshiruv (ExoKG, dopplerografiya) o‘tkazish zarurati yo‘qligi isbotlab berilgan. Xulosa: bir nafar bemorga ExoKG tekshiruvi 90000 so‘m atrofida bo‘lishi, periferik venalar dopplerografiyasi esa 80000 so‘m ekanligidan kelib chiqilsa, algoritm qo‘llanilganda xavf guruhi yuqori bo‘lgan har bir bemor uchun umumiy olganda 170000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.