Muxamedova Vaziraxon Mukimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Prediabet va uning katta yoshli axoli orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xavf omillari bilan aloqasi (Andijon viloyati misolida)», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot , 14.00.03-Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2193
Ilmiy rahbarlar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Yusupova Shaxnoza Kadirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.02
Rasmiy opponentlar: Saloxiddinov Adiljon Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyati qishloq sharoitida prediabet tarqalishi va uning yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xavf omillari bilan bog‘liqligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prediabet (50%) va qandli diabetni (100% gacha) erta diagnostika qilish, prediabet va diabet rivojlanishining populyasion mexanizmlarini aniqlash uchun yangi epidemiologik yondashuvlar ishlab chiqilgan bu diabetning har yili prediabetdan to‘ldirilishini 5-10% ga va iqtisodiy yo‘qotishlarning 3 baravarga kamaytirishi isbotlangan;
ilk bor O‘zbekistonning Andijon viloyati qishloq sharoitida aholi darajasida prediabet bilan bog‘liq lipid xavf omillarining: ortiqcha vazn 70%, gipodinamiya 46,9%, noto‘g‘ri ovqatlanish 38,7%, arterial gipertenziya 30,3% haqiqiy tarqalish darajasi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi mintaqasidagi qishloq aholisi misolida lipid bo‘lmagan xavf omillarining: 40 va undan katta yosh 83,4%, ayol jinsi 69,1%, irsiy moyillik 31,3% aholiga xos xususiyatlari va ularning prediabet bilan bog‘liqligi aniqlangan, ushbu epidemiologik sharoitlarni hisobga olgan holda aholiga profilaktik va davolovchi diabetologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha mavjud tuzilmalarning sifati va samaradorligi 80-85 foizga yaxshilanishi isbotlangan;
prediabet, diabet va ularning asoratlarini erta tashxislash va oldini olish bo‘yicha DiaXatar so‘rovnomasini o‘z ichiga olgan yangi skrining texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliy foydalananishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot institutining 2024 yil 26 martdagi 06/15 raqamli xulosasiga ko‘ra (Sog‘liqni saqlash vazirligiga ADTI rektori tomonidan 2024 yil 22-apreldagi 96-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: prediabet (50%) va qandli diabetni (100% gacha) erta diagnostika qilish, prediabet va diabet rivojlanishining populyasion mexanizmlarini o‘rganish uchun yangi epidemiologik yondashuvlar ishlab chiqilgan. Bu diabetning har yili prediabetdan to‘ldirilishini 5-10% ga va iqtisodiy yo‘qotishlarning 3 baravarga kamaytirishi isbotlangan. Ishlab chiqilgan usullar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy endokrinologiya markazining Farg‘ona filialida 2023-yil 12-dekabrda №72-sonli buyrug‘i asosida, Namangan filialida 2023-yil 7-dekabr №161-sonli buyrug‘i bilan, Andijon viloyati endokrinologiya dispanserida 2023-yil 18-dekabrdagi №38-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: prediabetni erta tashxislash uning natijasida kelib chiqadigan QD hamda uning asoratlarni oldini olish, o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichini kamaytirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan barcha bemorlar davlat xisobiga ro‘yxatga olinganligi sababli, davlat tomonidan bepul dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanadi. Qandli diabet bilan og‘rigan 1-nafar bemor uchun 1 kunlik statsionar davolashga 72000 so‘m sarflandi.
PrEU = Ej + Ei + Esz + Esl,
bu erda PrEU – tibbiy xizmatni boshqarish organi ishida oldini olingan iqtisodiy zarar (iqtisodiy samara); Ej – hayotni saqlash, asosiy yoki boshqa mutaxassislik bo‘yicha ish qobiliyatini tiklashning iqtisodiy samarasi; Ei – Mexnat qobilyatini tiklash bilan nogironlikni kamaytirishning iqtisodiy samarasi; Esz – kasallanishni kamaytirishning iqtisodiy samarasi; Esl – davolash muddatini qisqartirishning iqtisodiy samarasi. Xulosa: Andijon viloyatining qishloq sharoitida Prediabet, qandli diabet va ularning "so‘nggi nuqtasi" ni o‘rganishning aholi asosidagi usullari prediabetni (50%) va qandli diabetni (100% gacha) erta tashxisini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu yondashuv iqtisodiy zararni 3 baravar kamaytirishga va QD 2-turini prediabetdan to‘ldirishni 5-10% ga kamayishiga olib keladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonning Andijon viloyati qishloq sharoitida aholi darajasida prediabet bilan bog‘liq lipid xavf omillarining: ortiqcha vazn 70%, gipodinamiya 46,9%, noto‘g‘ri ovqatlanish 38,7%, arterial gipertenziya 30,3% haqiqiy tarqalish darajasi aniqlandi. Ishlab chiqilgan usullar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy endokrinologiya markazining Farg‘ona filialida 2023-yil 12-dekabrda №72-sonli buyrug‘i asosida, Namangan filialida 2023-yil 7-dekabr №161-sonli buyrug‘i bilan, Andijon viloyati endokrinologiya dispanserida 2023-yil 18-dekabrdagi №38-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: prediabet va qandli diabetning salbiy oqibatlarning yangi prognozlari uchun asoslar bilan prognostik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishga katta hissa qo‘shilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: shundan kelib chiqqan holda, bitta bemorni 10 kunlik statsionar davolash uchun davlat byudjetidan 720000 so‘m sarflanadi. Qandli diabetga chalingan bemorlar davolash standartlariga muvofiq yiliga 2 marta statsionar davolanishlari shart. Shunday qilib, qandli diabet bilan kasallangan bemorni davolashni yillik qiymati yiliga = 1 440000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: ishlab chiqilgan va qo‘llaniladigan skrining texnologiyasi/ profilaktikasi diabet tarqalishining (90% gacha) uning asoratlari – oyoq-qo‘l amputatsiyasi, ko‘rishning yo‘qolishi, va buyrakni almashtirish terapiyasiga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi mintaqasidagi qishloq aholisi misolida lipid bo‘lmagan xavf omillarining: 40 va undan katta yosh 83,4%, ayol jinsi 69,1%, irsiy moyillik 31,3% aholiga xos xususiyatlari va ularning prediabet bilan bog‘liqligi aniqlangan, ushbu epidemiologik sharoitlarni hisobga olgan holda aholiga profilaktik va davolovchi diabetologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha mavjud tuzilmalarning sifati va samaradorligi 80-85 foizga yaxshilanishi isbotlangan; Ishlab chiqilgan usullar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy endokrinologiya markazining Farg‘ona filialida 2023-yil 12-dekabrda №72-sonli buyrug‘i asosida, Namangan filialida 2023-yil 7-dekabr №161-sonli buyrug‘i bilan, Andijon viloyati endokrinologiya dispanserida 2023-yil 18-dekabrdagi №38-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: prediabetni erta tashxislash uning natijasida kelib chiqadigan QD hamda uning asoratlarni oldini olish, o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichini kamaytirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: Agar ushbu bemorlarda 2-tur diabet rivojlanishining oldini oladigan bo‘lsak, har yili 669 x 1440000= 963360000 (to‘qqiz yuz oltmish uch million uch yuz oltmish ming so‘m) davlat byudjeti mablag‘lari tejaldi. Xulosa: Bu bir tuman misolida. Agar bu tadqiqotlar viloyatimizning 16 ta tumanida amalga oshirilsa , 15413760000 (o‘n besh milliard to‘rt yuz o‘n uch million etti yuz oltmish ming so‘m) mablag‘lar tejaladi. to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi mintaqasidagi qishloq aholisi misolida lipid bo‘lmagan xavf omillarining: 40 va undan katta yosh 83,4%, ayol jinsi 69,1%, irsiy moyillik 31,3% aholiga xos xususiyatlari va ularning prediabet bilan bog‘liqligi aniqlandi. Ushbu epidemiologik sharoitlarni hisobga olgan holda aholiga profilaktik va davolovchi diabetologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha mavjud tuzilmalarning sifati va samaradorligi 80-85 foizga yaxshilanishi isbotlangan. Ishlab chiqilgan usullar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy endokrinologiya markazining Farg‘ona filialida 2023-yil 12-dekabrda №72-sonli buyrug‘i asosida, Namangan filialida 2023-yil 7-dekabr №161-sonli buyrug‘i bilan, Andijon viloyati endokrinologiya dispanserida 2023-yil 18-dekabrdagi №38-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: aholi yoki bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini oshirishga qaratilgan profilaktika yondashuvlarini takomillashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yangi davolash usulini joriy etish bilan 2-tur qandli diabetning oldini olishning iqtisodiy samarasini hisoblash
PrEU =((Ml+PrP+MPr)*StDav)*Dav.Yil.
PrEU = (25000 + 28000 + 19000)*10*2
PrEU=72000*10*2 = 720000 *2 = 1440000
Tadqiqotimiz natijasida 669 ta prediabet holati aniqlandi. Agar ushbu bemorlarda 2-tur diabet rivojlanishining oldini oladigan bo‘lsak, har yili 669 x 1440000 = 963360000 (to‘qqiz yuz oltmish uch million uch yuz oltmish ming so‘m) davlat byudjeti mablag‘lari tejaladi. Bu ma’lumotlar bir tuman misolida. Agar bu tadqiqotlar viloyatimizning 16 ta tumanida amalga oshirilsa, davlat byudjetidan 15413760000 (o‘n besh milliard to‘rt yuz o‘n uch million etti yuz oltmish ming) so‘m mablag‘lar tejaladi. Xulosa: prediabet va diabet rivojlanishining aholi mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha yangi epidemiologik yondashuvlarni qo‘llash taktikasini sarhisob qilar ekanmiz, bu prediabet va diabet bilan kasallanish va "so‘nggi nuqtalarni" keskin kamaytirish, davolash sifatini yaxshilash va aholi/ bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini oshirishga qaratilgan profilaktik yondashuvlarni takomillashtirildi.
turtinchi ilmiy yangilik: prediabet, diabet va ularning asoratlarini erta tashxislash va oldini olish bo‘yicha DiaXatar so‘rovnomasini o‘z ichiga olgan yangi skrining texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliy foydalananishi isbotlangan. Ishlab chiqilgan usullar amaliy sog‘liqni saqlash sohasida, xususan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy endokrinologiya markazining Farg‘ona filialida 2023-yil 12-dekabrda №72-sonli buyrug‘i asosida, Namangan filialida 2023-yil 7-dekabr №161-sonli buyrug‘i bilan, Andijon viloyati endokrinologiya dispanserida 2023-yil 18-dekabrdagi №38-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi prediabet va qandli diabetni erta tashxislash skrining profilaktikasidan foydalanish orqali prediabet, QD hamda uning asoratlarni oldini olish, o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichini keskin kamaytirishdan iborat. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: uglevod almashinuvi buzilishlarini rivojlanish xavfi turlicha bo‘lgan aholi uchun bunday yondashuv 50% dan 100% gacha bo‘lgan iqtisodiy samara bilan prediabet va uning "so‘nggi nuqtalari" ni rivojlanish xavfini keskin kamaytiradi. Xulosa: Prediabetning skrining ssenariysi va profilaktik modeli, uning qishloq aholisi uchun “so‘nggi nuqtalari" ishlab chiqilgan va taklif qilingan, va oldini olish bo‘yicha DiaXatar so‘rovnomasini o‘z ichiga olgan yangi skrining texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliy foydalananishi isbotlangan.