Ashuralieva Nilyufarxon Dilshod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Jigar sirrozining etiologik, epidemiologik, klinik, diagnostik va profilaktik jixatlari (perspektiv tanlov skriningi)”, 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib195.
Ilmiy raxbarlar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Moxigul Azimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasanomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdigaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirshoxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyati qishloq aholisi orasida jigar sirrozining etiologik, epidemiologik va klinik hamda diagnostik xususiyatlarini o‘rganish, uning profilaktika chora tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar sirrozlarida oshqozondagi o‘zgarishlarni qonda qisqa zanjirli peptid XSK-8 aniqlash yordamida atrofik gastritni erta baholash va yuqori oshqozon ichak tizimidan qon ketishni oldini olishi asoslangan;
turli etiologiyali jigar sirrozida qonda qisqa zanjirli peptid xolesistokinin-8 ni tekshirish yordamida surunkali atrofik gastrit kuzatilishi aniqlangan;
virusli gepatit V negizida rivojlangan jigar sirrozi 46,1% kuzatilib, S virusli jigar sirroziga nisbatan tarqalishi ko‘proq ekanligi aniqlangan;
virusli jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda proteaza ingibitori aprotinin va XSK-1 reseptori blokatori itoprid gidroxlorid kabi yangi farmakologik kombinatsiyani davolash usuli qullash samarali ekanlagi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 30 noyabrdagi 6 i-46/u sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 29-dekabrdagi 6i-41/X-sonli xati yuborilgan).
birinchi ilmiy yangilik: jigar sirrozlarida oshqozondagi o‘zgarishlarni qonda qisqa zanjirli peptid XSK-8 aniqlash yordamida atrofik gastritni erta baholash va yuqori oshqozon ichak tizimidan qon ketishni oldini olishi asoslangan; O‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tibbiyot markazi Namangan filiali, (26 noyabr 2023 yil 165/13 sonli buyrugi), O‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali (26 noyabr 2023 yil 173 sonli buyrug‘i) va Andijon viloyati Marxamat tumani TTB (30 noyabr 2023 yil 59 sonli buyrug‘i) bilan terapevtik davolash muassasalarida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi; Andijon viloyati qishloq aholisi orasida jigar sirrozida rivojlangan yuqori oshqozon ichak soxa tizimiga e’tiborni kuchaytirilgan, profilaktik chora tadbirlarni yanada jadallashtirilgan, qishloq aholisi orasida tibbiy ko‘rik sifatini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘lim sabablarini qisqartish natijasida bemorlar xayot sifatini uzayishi, statsionarda yotish kunlarini qisqarishi, qo‘shimcha qimmatbaxo tekshirish usullarini kamayishi, davolash uslublari qo‘llanilganda qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazilishi talab etilmadi, qo‘llaniladigan patogenetik davo ambulator ravishda davom etish tavsiyasiga asoslanib tadqiqotga talab etiladigan davo vaqti 12 kundan 7 kungacha (1 kunlik yotok 250000, dori darmon 1600000 davo kursiga) qisqartirilishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy tashhis davolash usulning o‘rtacha narxi 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan 4600000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usul bilan tekshirib olib borish 7 kun buladi va narxi esa 3350000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Andijon viloyati qishloq aholisi orasida retrospektiv tekshiruv natijasida surunkali jigar kasalliklari orasida asosiy o‘lim sabablari 55% xolatda yuqori oshqozon ichak soxa tizimidan qon ketishi natijasida kuzatilgan xolatni tavsiya etilgan davolash usuldan foydalangan holda muolajalarni o‘tkazish vaqtini 1-1,5 barobar qisqartirib, diagnostika qilish hisobiga byudjet mablag‘larini 1250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: turli etiologiyali jigar sirrozida qonda qisqa zanjirli peptid xolesistokinin-8 ni tekshirish yordamida surunkali atrofik gastrit kuzatilishi aniqlangan; O‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tibbiyot markazi Namangan filiali, (26 noyabr 2023 yil 165/13 sonli buyrugi), O‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali (26 noyabr 2023 yil 173 sonli buyrug‘i) va Andijon viloyati Marxamat tumani TTB (30 noyabr 2023 yil 59 sonli buyrug‘i) bilan terapevtik davolash muassasalarida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: alkogol etiologiyali jigar sirrozi 60-69 yoshda, virus etiologiyali 40-49 yoshda va noma’lum etiologiyali jigar sirrozi 20-29 yoshda diagnostika va davolashda jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda yuqori oshqozon ichak tizimidan qon ketish profilaktikasini o‘tkazish va patogenetik terapiyani o‘z vaqtida o‘tkazish axoliga e’tibor ortishi bilan ularda rozilik xissini tug‘dirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: alkogol etiologiyali jigar sirrozi 60-69 yoshda, virus etiologiyali 40-49 yoshda va noma’lum etiologiyali jigar sirrozi 20-29 yoshda diagnostika va davolashda o‘z vaqtida yuqori oshqozon tizimi kasalliklarni aniqlash qon ketish xavfini kamaytirdi. Xulosa: turli etiologiyali jigar sirrozida qonda xolesistokinin -8 va gastrin -17 miqdorini pasaytirishga yo‘naltirilgan dori darmonlar oshqozonda atrofik gastritni rivojlanishi va yuqori oshqozon ichak tizimi kasalliklarining rivojlanishini oldini oladi va jigar sirrozidan o‘lim ko‘rsatkichini 80% dan 50% ga kamaytirishga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: virusli gepatit V negizida rivojlangan jigar sirrozi 46,1% kuzatilib, S virusli jigar sirroziga nisbatan tarqalishi ko‘proq ekanligi aniqlangan;O‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tibbiyot markazi Namangan filiali, (26 noyabr 2023 yil 165/13 sonli buyrugi), O‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali (26 noyabr 2023 yil 173 sonli buyrug‘i) va Andijon viloyati Marxamat tumani TTB (30 noyabr 2023 yil 59 sonli buyrug‘i) bilan terapevtik davolash muassasalarida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: turli etiologiyali jigar sirrozida qonda xolesistokinin - 8 va gastrin - 17 miqdorini pasaytirishga yo‘naltirilgan dori darmonlar oshqozonda atrofik gastritni rivojlanishi va yuqori oshqozon ichak tizimi kasalliklarining rivojlanishini oldini oladi va jigar sirrozidan o‘lim ko‘rsatkichini 80% dan 50% ga kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorlarda yuqori oshqozon ichak tizimidan qon ketish oldini olishda bir bemorga ketgan kvalifikatsion davo choralar kamaytiriladi, intensiv nazorat talab etilmaydi statsionarda surunkali qon ketish bilan asoratlangan jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda davolanish kunlari kiskartiriladi, yuqori oshqozon tizimidan zimdan surunkali qon ketish xolati va kamkonlik sindromi kuzatilmaydi. Intensiv nazorat talab etilmagani tufayli bemorni statsionarda davolanishi iqtisod qilinadi, o‘rtacha 3-5 kunga, bir kunlik yotoqni 250000 xisoblagan xolatda 750000 dan 1250000 so‘m iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: bemorlarda etiologik omil bilan bog‘liq yoshni e’tiborga olgan xolda, yuqori oshqozon ichak tizimidan qon ketish xavfini o‘z vaqtida oldini olish jigar sirrozidan o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilikning mohiyati: virusli jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarda proteaza ingibitori aprotinin va XSK-1 reseptori blokatori itoprid gidroxlorid kabi yangi farmakologik kombinatsiyani davolash usuli qullash samarali ekanlagi isbotlangan. O‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tibbiyot markazi Namangan filiali, (26 noyabr 2023 yil 165/13 sonli buyrugi), O‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali (26 noyabr 2023 yil 173 sonli buyrug‘i) va Andijon viloyati Marxamat tumani TTB (30 noyabr 2023 yil 59 sonli buyrug‘i) bilan terapevtik davolash muassasalarida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy ishning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha; taklif etilgan farmakologik kombinatsiya jigar sirrozida bemorlarni standart davolashga qo‘shimcha qilib davolash natijasida bemorlarda yuqori oshqozon tizimi kasalliklarini rivojlanishi oldi olinadi, pepsinogen 1, 2 me’yorlashadi, me’da passaji yaxshilanadi qon ketish xavfi kamaydi, davolanish uchun ketgan o‘rtacha harajatlar narxi iqtisod etildi. Ilmiy ishning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat; tavsiya etilgan farmakologik kombinatsiya jigar sirrozi bilan xastalangan bemorlarni patogenetik davolash natijasida iqtisodiy samaradorlikni yuqoriligi 73% gacha mablag‘lar tejalishiga erishildi. 12 kundan 7 kungacha (1 kunlik yotok 250000, dori darmon 1600000 davo kursiga) qisqartirilishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan (an’anaviy tashhis davolash usulning o‘rtacha narxi 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan 4600000 so‘mni tashkil qilsa, tavsiya etilgan usul bilan tekshirib olib borish 7 kun buladi va narxi esa 3350000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: jigar sirrozining kompleks terapiyasida XSK-1 reseptori antagonisti itoprid gidroxlorid va proteaza ingibitori aprotinin farmakologik kombinatsiyasi ko‘llagan holda, ularni gastroprotektiv va kon to‘xtatuvchi xususiyatlari yuqori oshqozon ichak tizimi kasalliklarining faoliyatini me’yorlashtirdi va klinisistlarni davolashda samara berdi.