Kuziev Bekzod Nasriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tozalash agregatida ajralib chiqayotgan mayda va yirik iflosliklarni alohida taqsimlash jarayonini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.3.PhD/T2402
Ilmiy rahbar: Parpiev Azimjon Parpievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamatqulov Orifjon Tursunovich texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tozalash agregatida ajralib chiqayotgan mayda va yirik iflosliklarni alohida taqsimlash jarayonini takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani yirik iflosliklardan tozalashda chiqindi tarkibidagi ahamiyatli darajada ulushga ega bo‘lgan va paxtadan ajralishi qiyin bo‘lgan tola bo‘laklari, ulyuk va mayda iflosliklardan iborat bo‘lgan chigallashgan birikma hosil bo‘lishi aniqlangan;
qoziqchali va arrachali barabanlardan tushayotgan iflosliklarni alohida ajratish hisobiga regeneratsiyalanadigan paxtaning ifloslik miqdorini kamaytirish natijasida takomillashtirilgan tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
bir faktorli tajriba natijalarini qayta ishlash usuli asosida arrachali barabanlarda ajralayotgan ifloslikni tuzilma tarkibini ulushlari, uni miqdori bilan paxtani boshlang‘ich iflosligi va tozalash qaytaligi o‘rtasidagi bog‘lanishlar olingan;
nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida paxta bo‘lagini tashqi kuchlar hisobiga deformatsiyalanib cho‘zilishi va maksimal chegaraviy uzunlikdan so‘ng elementar bo‘laklarga ajralishini paxta bo‘lagidagi chigitlar orasidagi boshlang‘ich uzunlikga bog‘liq ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bajarilgan ilmiy tadqiqot ishi natijasida takomillashtirilgan tozalagichlarni arrachali baraban bo‘limidagi qoziqchali barabanlardan ajralib chiqayotgan mayda ifloslikni alohida ajratish  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan tozalagich Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining tasarrufiga kiruvchi “APK BUKA” MChJ klaster tarkibidagi Bo‘ka paxta tozalash korxonasida va “SANGZOR TEKSTIL” MChJ klasteriga qarashli Do‘stlik paxta tozalash korxonasida tadbiq etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2023 yil 24 noyabrdagi 03/22-910-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilgan toladagi nuqson va iflos aralashmalar  mavjud variantda 6,64 % bo‘lib IV-nav “O‘rta” sinfga to‘g‘ri kelsa, tavsiya variantida 5,4 % ni tashkil etib,   IV-nav “Yaxshi” sinfli tola olingan.  Tozalagichlarni arrachali bo‘limlaridan chiqindiga tushgan paxtani regeneratsiyalash va tozalash hisobiga tola sinfi yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish