Kumakov Jaxongir Xamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er osti quvurlarining qurilish texnologiyasini inshootlar zilzilabardoshliligining to‘lqin nazariyasi asosida takomillashtirish”, 05.09.08 – Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2568.
Ilmiy maslahatchi: Sultanov Karim Sultanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Abdusattarov Abdusamat, texnika fanlari doktori, professor; Narov Rustam Alixanovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi er osti magistral quvurlarining seysmik mustahkamligining to‘lqin nazariyasidan foydalanib olingan zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy natijalar asosida er osti quvurlarini qurish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er osti quvurlarining zilzilabardoshliligini oshirishda to‘lqin nazariyasi parametrlari va ularni quvur atrofidagi gruntning mustahkamlik xususiyatlari ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan;
er osti magistral quvurlarini qurish texnologiyalari er osti magistral quvurlaridagi seysmik kuchlanishlarning quvur atrofidagi grunt xususiyatlariga bog‘liqlik ravishda o‘zgarish qonuniyatlari asosida takomillashtirilgan;
er osti quvurlaridagi bo‘ylama seysmik kuchlanishlarning o‘zgarish qonuniyatlarini topish quvur atrofidagi gruntning mexanik xususiyatlari asosida ishlab chiqilgan;
er osti magistral quvurlarini qurish texnologiyalari er osti magistral quvurlaridagi seysmik kuchlanishlarning quvur atrofidagi grunt xususiyatlariga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er osti quvurlarining qurilish texnologiyasini inshootlar zilzilabardoshligining to‘lqin nazariyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
er osti quvurlarining zilzilabardoshliligini oshirishda to‘lqin nazariyasi parametrlari va ularni quvur atrofidagi gruntning mustahkamlik xususiyatlari ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilganligiga oid takliflar “PERSPEKTIVA MONTAJ NUKUS” MChJ xususiy korxonasi faoliyatida joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 03-07/01-3384-son ma’lumotnomasi). Natijada quvur atrofidagi grutning qo‘shimcha zichlanishi bilan bo‘ylama zo‘riqishlar 70% gacha kamayishi bilan, quvurning seysmik ustuvorligi 20% ga oshishiga erishilgan;
er osti magistral quvurlarini qurish texnologiyalari er osti magistral quvurlaridagi seysmik kuchlanishlarning quvur atrofidagi grunt xususiyatlariga bog‘liqlik ravishda o‘zgarish qonuniyatlari “PERSPEKTIVA MONTAJ NUKUS” MChJ xususiy korxonasi faoliyatida joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 03-07/01-3384-son ma’lumotnomasi). Natijada er osti quvurlarini qurishda mustahkamligini aniqlashning samaradorligi va aniqligini 20% gacha oshirishga erishish imkonini bergan;
er osti quvurlaridagi bo‘ylama seysmik kuchlanishlarning o‘zgarish qonuniyatlarini topish “QQGAZJOYBAR” MChJ xususiy korxonasi faoliyatida joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 03-07/01-3384-son ma’lumotnomasi). Natijada quvurlarda zilzilalar paytida kuchlanishning yuqori chegarasi 12% dan ko‘p ekanligini ko‘rsatdi, bu esa ushbu usulda olingan hisoblash natijalarining ishonchliliga erishish imkonini bergan;
er osti magistral quvurlarini qurish texnologiyalari er osti magistral quvurlaridagi seysmik kuchlanishlarning quvur atrofidagi grunt xususiyatlariga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari “QQGAZJOYBAR” MChJ xususiy korxonasi faoliyatida joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 03-07/01-3384-son ma’lumotnomasi). Natijada gruntning deformatsiyalanish xususiyatlarini hisobga olish yangi sifat va miqdoriy natijalarga olib keldi, bu asosida seysmik bardoshli quvurlarni qurishni takomillashtirishga erishilgan.