Avezov Suxrob Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek-rus va rus-o‘zbek parallel korpuslari online-platformasini yaratishning asosiy tamoyillari (A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani misolida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2798.
Ilmiy rahbar: Nigmatova Lolaxon Xamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Anvar G‘afurovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek-rus parallel korpusini yaratishning nazariy asoslarini o‘rganish, A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani misolida parallel korpuslarning o‘zbek-rus va rus-o‘zbek onlayn platformasini ishlab chiqish hamda mashina tarjimasini takomillashtirish, o‘zbek va rus tillari orasidagi jumlalar, iboralar va matn birliklari darajasida lingvistik tahlil va madaniyatlararo almashinuvni o‘rganish uchun qulay vositani yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi til realiyalari matnlar parallel korpusi orqali tahlil qilinib, tarjimaning asosiy jihatlari va murakkabliklari, ikki tilli korpuslar metodologiyasini ishlab chiqishda leksik, semantik, stilistik va madaniy xususiyatlarni hisobga olish muhimligi asoslangan;
o‘zbek-rus parallel matnlar bilan ishlashga mo‘ljallangan, o‘xshashi bo‘lmagan, real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qilish va tahrirlash uchun imkon va vositalarni beradigan, ushbu tillar uchun parallel korpuslar bilan ishlashdagi mavjud bo‘shliqni to‘ldiradigan onlayn platforma ishlab chiqilgan;
lingvistik tadqiqotlar uchun parallel korpusning asosiy jihatlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, tarjima strategiyalarini o‘rganish va madaniyatlararo xususiyatlarni tushunishga yordam beradigan turli tillardagi matnlarni solishtirish qobiliyati dalillangan;
o‘zbek-rus parallel korpuslarida A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi frazeologik birliklarning batafsil tahlili o‘tkazilib, ularni tarjima qilish usullari hamda madaniy moslashuvi, semantik va kontekstual xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parallel korpuslarni yaratishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish va tabiiy tillarni qayta ishlash sohasida texnologiyalarni qo‘llashda olingan ilmiy natijalar asosida bir qator tadbirlar amalga oshirildi:
o‘zbek-rus parallel korpuslarida A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi frazeologik birliklarning batafsil tahlili o‘tkazilib, ularni tarjima qilish usullari hamda madaniy moslashuvi, semantik va kontekstual xususiyatlariga oid natijalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan I-OT-2019-42 “O‘zbek va ingliz tillarining elektron she’riy lug‘atini yaratish (inson qiyofasi, xarakteri, tabiati va milliy ramzlari tasvirlari)” fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yil 9-iyundagi 01/10-1150-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p tillilik tushunchasi, tarjima algoritmlari va tadqiqotdan matn korpusini yaratishga yondashuv tarjima jarayonini osonlashtirdi, tarjimaning aniqligini oshirdi, hamda lug‘atda qidirish va tahlil qilish uchun keng ma’lumotlar bazasini yaratilgan;
A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi til realiyalari matnlar parallel korpusi orqali tahlil qilinib, tarjimaning asosiy jihatlari va murakkabliklari, ikki tilli korpuslar metodologiyasini ishlab chiqishda leksik, semantik, stilistik va madaniy xususiyatlarni hisobga olish muhimligi xususidagi natijalar “Umumiy tilshunoslik” darsligining 13-paragrafiga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2023-yil 12-oktyabrdagi 01-04/3562-son ma’lumotnomasi, GRIF №.112-13). Natijada o‘quv jarayoni osonlashtirdi va tinglovchilarga til tuzilmalarini tahlil qilish va amaliy qo‘llash uchun kengroq vositalar taqdim etilgan;
lingvistik tadqiqotlar uchun parallel korpusning asosiy jihatlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, tarjima strategiyalarini o‘rganish va madaniyatlararo xususiyatlarni tushunishga yordam beradigan turli tillardagi matnlarni solishtirish qobiliyati bo‘yicha olingan nazariy va uslubiy bazadan “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida “Zamondosh” va “Milliy ta’lim” ko‘rsatuvlariga ssenariy yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanali 2023-yil 1-iyundagi 02-02/125-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teledastirlarning ilmiyligi va ommabobligi oshgan.