Maxmudova Nargiza Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillaridagi ornitonimlarning struktur-semantik va pragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2116.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yakubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Vositov Valijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi ornitonimlarning struktur-semantik va pragmatik xususiyatlarini chogʻishtirma aspektda ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi ornitonimlarning lug‘aviy tarkibi ularning yashash tarzi, hajmi, rang-tusi singari xususiyatlari asosida belgilanib, mazkur paradigmani tashkil etuvchi birliklarning struktur tasnifi dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi ornitonimlar semantik jihatdan tasniflanib, ularning nutqiy voqelanish xususiyatlari, badiiy matndagi ifoda imkoniyatlari qiyosiy aspektda asoslab berilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi bulbul/nightingale, qarg‘a/crow, qaldirg‘och/swallow, tovuq/hen, g‘oz/goose, to‘ti/parrot kabi ornitonimlarning badiiy matndagi konnotativ ma’nolari, xususan, metaforik qo‘llanish xususiyatlari aniqlangan;
maqol va iboralar misolida chog‘ishtirilayotgan tillardagi ornitonimlarning lingvokulturologik, pragmatik, qiyosiy-tipologik, tarixiy-etimologik jihatlari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi ornitonimlarning struktur-semantik va pragmatik xususiyatlarini qiyoslab o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi ornitonimlarning lug‘aviy tarkibi, paradigmasi belgilanib, mazkur paradigmani tashlik etuvchi birliklarning struktur tasnifi haqidagi ilmiy xulosalardan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universitetining “EMI (English as a Medium of Instruction) mavzusidagi xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona davlat universitetining 2023-yi l5-sentyabrdagi 01-3851-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar o‘zbek va ingliz tillaridagi ornitonimlar leksik paradigmasiga xos guruhlari, tub so‘z holatidagi va yasama ornitonimlarning tuzilish xususiyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishiga va tarjima qila olishiga erishilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi ornitonimlar semantik jihatdan tasniflanib, ularning nutqiy voqelanish xususiyatlari, badiiy matndagi ifoda imkoniyatlari qiyosiy aspektda ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universitetining “UniCEN” mavzusidagi xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 6-oktyabrdagi 04-4885-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillaridagi ornitonimlarning leksik-semantik xususiyatlari, qator ornitonimlarning stilistik o‘ziga xosliklari yoritilgan;
maqol va iboralar misolida chog‘ishtirilayotgan tillardagi ornitonimlarning lingvokulturologik, pragmatik, qiyosiy-tipologik, tarixiy-etimologik jihatlari dalillanganligi hamda o‘zbek va ingliz tillaridagi bulbul/nightingale, qarg‘a/crow, qaldirg‘och/swallow, tovuq/hen, g‘oz/goose, to‘ti/parrot kabi ornitonimlarning konnotativ ma’nolari, xususan, metaforik qo‘llanish xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan 2021-yil dekabr va 2022-yil yanvar oylarida tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot», «Adabiy jarayon», «Bolalar va biz» nomli eshittirishlarda tadqiqotga tortilgan mavzu yuzasidan suhbatlar va eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2022-yil 3-fevraldagi 04\36-261-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar tinglovchilarning o‘zbek va ingliz tillariga xos so‘z boyligini oshirishda, ularning o‘rinli qo‘llanilishini ta’minlashda xizmat qilgan.