Allaberganova Dilbarjon Atabekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. “Omon Matjon she’riyati lingvopoetikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1704.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Keruvenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Omon Matjonning tilning imkoniyatlaridan foydalanishdagi mahoratini va uning o‘zbek adabiy tili rivojidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shoirning til imkoniyatlaridan lingvopoetik vosita sifatida fonetik birliklarning badiiy matnga yangi ma’no yuklatish, yangi so‘zlar hosil qilib ularga poetik yuk orttirish mahorati aniqlangan;
shoirning lug‘aviy birliklarning shakliy, mazmuniy turlari, dialektizm, frazeologizm, tarixiy so‘zlar, shuningdek, onomastik birliklardan mohirona foydalanganligi aniqlanib, bu vositalarning leksik, semantik, uslubiy imkoniyatlari ochib berilgan;
ijodkor she’riyatida lingvopoetik vositalarning o‘xshatish, jonlantirish, takror, antiteza, sintaktik parallelizm kabi turlari faol qo‘llanilganligi, ular badiiy-estetik ta’sirchanlikni oshirishga, turli ma’no nozikliklarini ifodalashga xizmat qilganligi aniqlangan;
Omon Matjon she’riyati tilida hozirgi tilimiz imkoniyatlari, uning nozik ma’no qirralarini namoyish eta olganligi, bu imkoniyatlar turli vositalar, jumladan, so‘zni mohirona qo‘llash, tilning turli sathlariga oid lisoniy birliklardan badiiy maqsadni amalga oshirish uchun foydalanish orqali uning she’rlarida o‘z aksini topganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Omon Matjon she’riyatining lingvopoetik xususiyatlari, mavzu tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
shoirning til imkoniyatlaridan lingvopoetik vosita sifatida fonetik birliklarning badiiy matnga yangi ma’no yuklatish, yangi so‘zlar hosil qilib ularga poetik yuk orttirish mahorati aniqlanganligi hamda shoirning lug‘aviy birliklarning shakliy, mazmuniy turlari, dialektizm, frazeologizm, tarixiy so‘zlar, shuningdek, onomastik birliklardan mohirona foydalanganligi aniqlanib, bu vositalarning leksik, semantik, uslubiy imkoniyatlari ochib berilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017 – 2020 yillarda bajarilgan FA-F1-G003-raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi“ mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 11-iyuldagi 33/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qardosh tillardagi lingvopoetik birliklarning talqin qilinishi ilmiy qarashlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi belgilanib, tadqiqot materiallari o‘zbek va qoraqalpoq tilshunosligida lingvopoetika sohasi taraqqiyoti uchun muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar berdi. Uning yangi tushunchalar bilan boyishini ta’minlashda muhim manba hisoblandi;
ijodkor she’riyatida lingvopoetik vositalarning o‘xshatish, jonlantirish, takror, antiteza, sintaktik parallelizm kabi turlari faol qo‘llanilganligi, ular badiiy-estetik ta’sirchanlikni oshirishga, turli ma’no nozikliklarini ifodalashga xizmat qilganligi yuzasidan xulosalar Xorazm Ma’mun akademiyasida faoliyat olib borayotgan A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2023-yil 29-sentyabrdagi 161/2-23-son ma’lumotnomasi). Jumladan, dissertatsiya materiallari tarixiy asarlarda uchraydigan Xorazm shevalari unsurlarini ajratish va to‘g‘ri talqin qilishda qo‘llanildi, tarixiy asarlar matnida uchraydigan so‘zlarni to‘g‘ri tabdil qilish, izohlashda foydalanilgan;
Omon Matjon she’riyati tilida hozirgi tilimiz imkoniyatlari, uning nozik ma’no qirralarini namoyish eta olganligi, bu imkoniyatlar turli vositalar, jumladan, so‘zni mohirona qo‘llash, tilning turli sathlariga oid lisoniy birliklardan badiiy maqsadni amalga oshirish uchun foydalanish orqali uning she’rlarida o‘z aksini topganligi dalillanganligi yuzasidan olingan natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2022-yil 19-oktyabrda “Assalom Xorazm” dasturida hamda 2023-yil 26-aprelda “Til – millat ko‘zgusi” radioeshittirishida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-yanvardagi 14-son va 2023-yil 7-iyundagi 445-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur manba ko‘rsatuvlarni ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitishga hissa qo‘shgan.