Abidova Roxatoy Xudayberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Minnatdorchilik nutqiy aktining lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2919.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jumaniyozov Zoxid Otaboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.    
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Gaylieva Ogulbay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari minnatdorchilik nutqiy aktining lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlaridagi farqli va oʻxshash jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon tilshunosligida minnatdorchilik nutqiy akti boʻyicha yuzaga kelgan ilmiy-nazariy qarashlar til va madaniyat o‘rtasidagi universal illokusiya hamda leksik, prosodik va kinetik vositalarning uyg‘unlashuvi ekanligi sababli lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlarga asoslanganligi dalillangan;
muayyan tildagi minnatdorchilik nutqiy aktining lingvomadaniy xususiyati shu til egalarining milliy, ijtimoiy va axloqiy tafakkurining ifodasi  boʻlganligi sababli mentalitet, gender va odob-axloq me’yorlari, turmush tarzi, xalqning fikrlashi, qadriyatlari va urf-odatlari kabi omillar bilan bog‘liq ekanligi ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi minnatdorchilik nutqiy aktining muloqot vaziyati, holati, turli konseptlar, prosodiya, imo-ishoralar, his-tuyg‘ularning o‘zaro munosabati bilan bog‘liq pragmatik xususiyatlari kontekstual omillar va tinglovchiga nutqning hissiy-amaliy taʼsiri bilan bog‘liq sabablarga koʻra uning og‘zaki, yozma va elektron shakllarida farqlanishi asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi minnatdorchilik nutqiy akti badiiy, publisistik, norasmiy uslublarda tug‘ilgan kun, dafn marosimlari, do‘stlik, qarindoshlik, mehribonlik kabi lingvomadaniy, shu bilan birga, ilmiy, rasmiy uslublarda aniqlik, xabardorlik; badiiy, publisistik va norasmiy uslublarda xayrixohlik, hamdardlik, itoatkorlik, xursandchilik singari lingvopragmatik konseptlar bilan uyg‘un holatda yuzaga kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va oʻzbek tillaridagi minnatdorchilik nutqiy aktining lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlarini aniqlash yuzasidan olingan natijalar asosida:
jahon tilshunosligida minnatdorchilik nutqiy akti boʻyicha yuzaga kelgan ilmiy-nazariy qarashlar til va madaniyat o‘rtasidagi universal illokusiya hamda leksik, prosodik va kinetik vositalarning uyg‘unlashuvi ekanligi sababli lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlariga oid ilmiy natijalaridan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-FI-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq  etish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 14-iyundagi 255/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchining ilmiy-nazariy fikr va ma’lumotlari qoraqalpoq tilidagi shunday muloqot akt tiplariga nazariy asos boʻlib xizmat qilishi dalillangan;
muayyan tildagi minnatdorchilik nutqiy aktining lingvomadaniy xususiyati shu til egalarining milliy, ijtimoiy va axloqiy tafakkurining ifodasi  boʻlganligi sababli mentalitet, gender va odob-axloq me’yorlari, turmush tarzi, xalqning fikrlashi, qadriyatlari va urf-odatlari kabi omillar bilan bog‘liq ilmiy-amaliy tavsiyalaridan Xiva “Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi muzey ilmiy xodimlari, jumladan, jamoaning gid-hamrohlari faoliyatini tashkil qilishda samarali foydalanilgan (Xiva “Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasining 2023-yil 20-iyundagi 01-01/374-son ma’lumotnomasi). Natijada gid-hamrohlar faoliyatida minnatdorchilik bildirish usullaridagi milliy-madaniy tafovutlarga aloqador tushunmovchiliklarning oldi olinishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi minnatdorchilik nutqiy aktining muloqot vaziyati, holati, turli konseptlar, prosodiya, imo-ishoralar, his-tuyg‘ularning o‘zaro munosabati bilan bog‘liq pragmatik xususiyatlari kontekstual omillar va tinglovchiga nutqning hissiy-amaliy taʼsiri bilan bog‘liq sabablarga koʻra uning og‘zaki, yozma va elektron shakllarida farqlanishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy fikrlari va amaliy misollaridan Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP-ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme” grant loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Urganch davlat universitetining 2023-yil 7-avgustdagi 06-164/1-son ma’lumotnomasi). Natijada muloqot jarayonida lingvistik, pragmatik va madaniy tafovutlar bilan bog‘liq tushunmovchiliklarning oldi olinishiga hamda minnatdorchilik mazmunidagi rasmiy xatlarni yozishda lingvomadaniy va lingvopragmatik me’yorlar talab darajasida boʻlishiga erishilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi minnatdorchilik nutqiy akti badiiy, publisistik, norasmiy uslublarda tug‘ilgan kun, dafn marosimlari, do‘stlik, qarindoshlik, mehribonlik kabi lingvomadaniy, shu bilan birga, ilmiy, rasmiy uslublarda aniqlik, xabardorlik; badiiy, publisistik va norasmiy uslublarda xayrixohlik, hamdardlik, itoatkorlik, xursandchilik singari lingvopragmatik konseptlar bilan uyg‘un holatda yuzaga kelishiga hamda muayyan tildagi minnatdorchilik nutqiy aktining lingvomadaniy xususiyati shu til egalarining milliy, ijtimoiy va axloqiy tafakkurining ifodasi  boʻlganligi sababli mentalitet, gender va odob-axloq me’yorlari, turmush tarzi, xalqning fikrlashi, qadriyatlari va urf-odatlari kabi omillar bilan bog‘liq ilmiy natija va xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom Xorazm”, “Xorazm 24” dasturlari va “Ma’rifatnoma” koʻrsatuvlarida foydalanilgan (Xorazm viloyat  teleradiokompaniyasining 2023-yil 27-iyundagi 478-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda jonli muloqot jarayonida minnatdorchilikni ifodalovchi nutqiy tuzilmalarning turli shakllari yordamida til boyligining aks etishini atroflicha yoritish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish