Jalilova Shirin Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek sahna raqsining badiiy jihatlari va usullari”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/San158.
Ilmiy rahbar: Tulyaxodjaeva Muxabbat Turobovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nigora Ganievna, san’atshunoslik fanlari doktori; Rizaev Amanulla Zufarovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek sahna raqsining badiiy jihatlari va uslublari, uning milliy raqs merosi bilan uzviy aloqalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klassik va xarakterli raqslardan iborat sahna raqsi sistemasi xoreografik uslub va yo‘nalishlar sintezi natijasida transformatsiyaga uchragani sababli uning tarkibiga xalq, maishiy raqslar, dramatik pantomima va erkin plastikadan iborat plastik harakat va raqs dramaturgiyasi elementlari qo‘shilgani asoslangan;
xoreografik kompozisiyalarda sahnaning butun yuzasini qamrab olish zarurligi tufayli baletmeyster M.Turg‘unboeva solo raqslarni sahnalashtirishda “aylana”, “diagonal”, “chiziq”, “yarim aylana”, “ilon izi” kabi raqs chizmalarini yuzaga chiqargani asoslangan;
raqs san’ati VI-VII asrlar Tan imperiyasi va XI asr G‘aznaviylar davlati sultoni Ma’sud I hukmronligi davrlarida professional darajaga etgani, XIV-XVI asrlar Amir Temur va Temuriylar davrida saroy muhitida keng rivoj topgani, XX asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit zamonaviy sahna raqsi boy an’analar asosida taraqqiy etishiga imkon bergani asoslangan;
mustaqillik yillarida ochiq va katta sahna maydonlaridagi teatrlashtirilgan va tematik bayram tomoshalarida ko‘p sonli raqs ijrochilari ishtirok eta boshlagani natijasida baletmeysterlar katta hajmli, murakkab chizmali, an’anaviy raqs harakatlari asosidagi xoreografik lisonlar ijrosining zamonaviy yondashuvini o‘z ichiga olgan ommaviy raqslarni sahnalashtirish metodikasini o‘zlashtirgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek sahna raqsi badiiy jihatlari va usullarini tadqiq etish yuzasidan ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:
mustaqillik yillarida ochiq va katta sahna maydonlaridagi teatrlashtirilgan va tematik bayram tomoshalarida ko‘p sonli raqs ijrochilari ishtirok eta boshlagani natijasida baletmeysterlar katta hajmli, murakkab chizmali, an’anaviy raqs lisonlarini o‘z ichiga olgan ommaviy raqslarni sahnalashtirish metodikasini o‘zlashtirgani isbotlangani hamda klassik va xarakterli raqslardan iborat sahna raqsi sistemasi xoreografik uslub va yo‘nalishlar sintezi natijasida transformatsiyaga uchragani sababli uning tarkibiga xalq, maishiy raqslar, dramatik pantomima va erkin plastikadan iborat plastik harakat va raqs dramaturgiyasi elementlari qo‘shilgani asoslangani bo‘yicha olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan ommaviy bayramlar tadbirlari konsepsiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024 yil 7 iyundagi 02-12-18-3549-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh xoreolog olimlar, nazariya va amaliyot bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar o‘zbek sahna raqsi va baletmeysterlikning murakkab qirralarini chuqur o‘rganishi uchun muhim ma’lumot va xulosalar shakllanishiga xizmat qilgan;
raqs san’ati VI-VII asrlar Tan imperiyasi va XI asr G‘aznaviylar davlati sultoni Ma’sud I hukmronligi davrlarida professional darajaga etgani, XIV-XVI asrlar Amir Temur va Temuriylar davrida saroy muhitida keng rivoj topgani, XX asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit zamonaviy sahna raqsi boy an’analar asosida taraqqiy etishiga imkon bergani asoslangani va xoreografik kompozisiyalarda sahnaning butun yuzasini qamrab olish zarurligi tufayli baletmeyster M.Turg‘unboeva solo raqslarni sahnalashtirishda “aylana”, “diagonal”, “chiziq”, “yarim aylana”, “ilon izi” kabi raqs chizmalarini yuzaga chiqargani asoslangani bo‘yichataklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Haqiqat chorrahalarida” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning 2024 yil 11 iyundagi 06-31-727-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yosh baletmeysterlarda ommaviy bayram tadbirlarini yuzaga keltirish, istalgan tadbirning asosiyg‘oya va maqsadini tomoshabinga to‘laqonli etkazish tajribalarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha professional ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilgan.