Axmetjanova Mohinur Olim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek milliy teleseriallarining rivojlanish tendensiyalari (1991–2021-yy.)”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/San208.
Ilmiy rahbar: Xaytmatova Saboxat Agzamovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Azizova Omina Baxromovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek milliy teleserial formatining shakllanishi, televideniedagi funksiyasi, tur va janrlari, rivojlanish tendensiyalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
televizion serial badiiy va texnik rivojlanish jarayoniga ko‘ra ko‘p qismli badiiy televizion film va televizion serial modifikatsiyasi davri (1991-2005-yy.), milliy teleserial formatining shakllanishi davri (2006-2016-yy.), zamonaviy texnologiyalar ta’sirida yaratilgan serialning yangi formatlari davri (2017-2021-yy.) bosqichlariga bo‘lib davrlashtirilgani asoslangan;
teleserialning paydo bo‘lishi va shakllanishi jarayonida uning ko‘p qismli telefilm formatiga xos bo‘lgan umumiy xronometrajning qisqaligi va badiiy tasviriy echimning film formatiga yaqinligi kabi elementlar qorishiq ko‘rinishda foydalanilgani sababli modifikatsiya hodisasi yuz bergani dalillangan;
o‘zbek  zamonaviy teleseriallari dramaturgik qurilmasi ko‘p qismli televizon film formatidan o‘zlashtirilgan syujet chizig‘i  yakunlangan  (gorizontal) klassik bayon tipiga  mansubligi hamda unda syujet chizig‘i davomiy bo‘lgan (vertikal) bayon tipi  elementlari shakllangani aniqlangan;
milliy teleserial formati telespektakl va ko‘p qismli telefilm formatlarining tasvirga olish uslubidan voz kechilishi natijasida shakllanganligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek milliy teleseriallarining rivojlanish tendensiyalari (1991–2021-yy.) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
televizion serial badiiy va texnik rivojlanish jarayoniga ko‘ra ko‘p qismli badiiy televizion film va televizion serial modifikatsiyasi davri (1991-2005-yy.), milliy teleserial formatining shakllanishi davri (2006-2016-yy.), zamonaviy texnologiyalar ta’sirida yaratilgan serialning yangi formatlari davri (2017-2021-yy.) bosqichlariga bo‘lib davrlashtirilgani asoslanganligi bo‘yicha olingan natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Oyina.uz rasmiy elektron portalining teleserial formatiga bag‘ishlangan turkum maqolalarida hamda “Sizningcha” podkasti ssenariysini tayyorlash va suratga olishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 5-iyundagi 820-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek teleseriallarining transformatsiya jarayoniga doir ma’lumotlardan xabardor bo‘lish va zamonaviy jarayonni o‘rganishda ahamiyatli bo‘lib, dramaturgiya, rejissura va aktyorlik san’ati nazariyasiga oid tasavvurni kengaytirishga, O‘zbekiston televizion kino san’atida paydo bo‘lgan yangi qahramonlar orqali tomoshabinda umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
teleserialning paydo bo‘lishi va shakllanishi jarayonida uning ko‘p qismli telefilm formatiga xos bo‘lgan umumiy xronometrajning qisqaligi va badiiy tasviriy echimning film formatiga yaqinligi kabi elementlar qorishiq ko‘rinishda foydalanilgani sababli modifikatsiya hodisasi yuz bergani dalillanganligi hamda milliy teleserial formati telespektakl va ko‘p qismli telefilm formatlarining tasvirga olish uslubidan voz kechilishi hamda original ssenariylar yaratilishi natijasida shakllanganligi aniqlanganiga oid nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan 2021-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’naviyat va ma’rifat” teleradiokanalining “Kino talqin”, “Soyasiz yulduzlar”, “Agar…”  ko‘rsatuvlarining dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali DMning 2024-yil 22-apreldagi 01-14/196-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinning badiiy didini, saviyasini oshirishga, oxirgi yillarda o‘zbek milliy teleserialida erishilgan yutuqlar, innovatsion izlanishlar, yangi asarlar borasidagi bilimlarining shakllanishiga xizmat qilgan;
o‘zbek  zamonaviy teleseriallari dramaturgik qurilmasi ko‘p qismli televizon film formatidan o‘zlashtirilgan syujet chizig‘i yakunlangan (gorizontal) klassik bayon tipiga  mansubligi hamda unda syujet chizig‘i davomiy bo‘lgan (vertikal) bayon tipi elementlari shakllangani aniqlanganligiga oid nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan 2021-2024-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Dramaturgiya (teatr, kino, televidenie) kengashining yil yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 22-apreldagi 01-03-474-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy teleseriallarda mavzu va badiiy talqin muammolari, tipologiyasini tahlil etish, o‘zbek zamonaviy teleseriallari dramaturgik qurilmasi gorizontal bauon tipiga mansubligi, internet kontenti uchun suratga olingan seriallarda (veb-serial) vertikal bayon elementlari mavjudligidan kelib chiqqan holda sof vertikal va aralash turdagi teleseriallarga ehtiyoj mavjudligi va mazkur tipdagi ssenariylar yaratish borasida takliflar ishlab chiqilishiga xizmat qilgan;
milliy teleserial formati telespektakl va ko‘p qismli telefilm formatlarining tasvirga olish uslubidan voz kechilishi natijasida shakllanganligi aniqlanganiga oid nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining bir qator loyihalarini amalga oshirish jarayonida, xususan, 2021-yil 7-apreldagi PQ-5060-son “Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 695-son “Kinematografiya sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 02-12-18-2428-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston badiiy televidenie san’atining zamonaviy jarayonini tadqiq etishda ahamiyatli bo‘lib, dramaturgiya, rejissura, badiiy tasviriy echim va aktyorlik san’ati nazariyasiga oid bilimlarni kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish