Oripova Kamolaxon Erkinjon qizining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy diskursda antonimlar qo‘llanilishining lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil1156.
Ilmiy rahbar: Qo‘ldoshev Akram Mahmudovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.l32.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor; Samandarov Rustam Do‘syorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat  chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy diskursda antonimlar qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyatlarini lingvokulturologik jihatdan ochib berishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 olamning lisoniy manzarasi ifodasida qarama-qarshi ma’noli so’zlarning ahamiyati, antonimlar konseptual semantikasini voqelantirishda leksik va grammatik sathlardagi til birliklarining ziddiyatni ifoda etishdagi imkoniyatlari, ularning nutqiy-madaniy muloqot muhiti bilan uzviy bog‘liqligi lingvomadaniy aspektda aniqlangan;
antonimlarning badiiy diskursdagi stilistik va leksik-semantik jihatlari, kompetentlik darajalari va turlari: belgi ifodalovchi antonimlar, nisbiy  antonimlar, daraja (gradable) antonimlari, kompozision  antonimlar, ontologik antonimlar, kontekstual antonimlar va rang bilan bogʼliq antonimlarning milliy-madaniy va funksional jihatlari asoslangan;
antonimlar ham boshqa til birliklari kabi inson faoliyati haqida axborot tashuvchi semantik-kognitiv tuzilma hisoblanadi, shu bois antonimlarning inson va voqelik o’rtasidagi emotsional jarayonlarni, ruhiy, milliy, madaniy munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi vosita ekanligi dalillangan;
nutqiy antonimlarning o‘xshatish va metaforalar ishtirok etgan badiiy diskursda lingvokulturologik birlik maqomiga ega  bo‘lishi isbotlangan hamda turli tizimli tillarga xos lingvomadaniy xususiyatlarni ifodalashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy diskursda antonimlarni tadqiq qilishga bag‘ishlangan izlanishlar asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriy qilingan:
olamning lisoniy manzarasi ifodasida qarama-qarshi ma’noli so‘zlarning ahamiyati, antonimlar konseptual semantikasini voqelantirishda leksik va grammatik sathlardagi til birliklarining ziddiyatni ifoda etishdagi imkoniyatlari, ularning nutqiy-madaniy muloqot muhiti bilan uzviy bog‘liqligi borasidagi xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2020-2022-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 25-dekabrdagi 323-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada yaratilayotgan metodika tilning leksik va grammatik sathlari birliklarining ziddiyatni ifoda etishdagi imkoniyatlari doirasidagi nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
nutqiy antonimlarning o‘xshatish va metaforalar ishtirok etgan badiiy diskursda lingvokulturologik birlik maqomiga ega  bo‘lishi isbotlangan hamda turli tizimli tillarga xos lingvomadaniy xususiyatlarni ifodalashi haqidagi amaliy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-A1-G007-raqamli” Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 29-dekabrdagi 512/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot ilmiy va amaliy jihatdan boyigan va ijtimoiy xususiyatlari ortgan.
antonimlar ham boshqa til birliklari kabi inson faoliyati haqida axborot tashuvchi semantik-kognitiv tuzilma bo‘lib, inson va voqelik o‘rtasidagi emotsional jarayonlarni, ruhiy, milliy, madaniy munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi vosita ekanligi haqidagi xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali eshittirishlari va teleko‘rsatuvlari ssenariylarini, jumladan, O‘zbekiston DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan, 2022-yilning iyun hamda sentyabr oylarida  efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til – millat ko‘zgusi” nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-sentyabrdagi 04/36-1582-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar materiallarining ta’sirchanligiga, mazmunan mukammallashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish