Kaxarova Iroda Sidikovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida emotiv, taqlid va modal so‘zlarning lingvopragmatik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil.426.
Ilmiy maslahatchi: Bakieva Gulandom Hisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida emotiv, taqlid va modal so‘zlarni ko‘pjihatli hodisa sifatida qiyoslab, ularning morfologik, semiotik, stilistik, fonostilistik hamda sintaktik xususiyatlarini pragmatik aspektda ochib berihdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har ikkala tilda alohida so‘z turkumlarining morfologik xususiyatlari, jumladan, modallik kategoriyasi fe’lning buyruq, istak, shart mayllaridagi maxsus belgilar vositasida, taqlid so‘zlar inson, narsa va hodisalar harakatidagi tovushlar talaffuzida, emotiv so‘zlar esa hayajon, hayrat, ruhiy ta’sirlanishni yuzaga keltiruvchi konnotativ va denotativ ma’no-mazmunni ifodalovchi baholash ottenkasiga ega undov so‘zlar misolida namoyon bo‘lishi dalillangan;
olamning lisoniy manzarasi bilan bog‘liq obektiv haqiqatni anglashda emotsionallik, modallik, obrazlilik, ekspressivlik, intensivlik kabi ma’nolarni ifodalagan alohida so‘z turkumlarining leksik-semantik va semiotik tuzilishi hamda semantik ko‘chimlar voqelanishi til – tafakkur – bilish – hissiyot ketma-ketligi asosida ochib berilgan;
alohida so‘z turkumlarining sintaktik va derivatsion xususiyatlari ingliz tilida so‘zlashuv, badiiy, publisistik, o‘zbek tilida rasmiy va ilmiy uslubda qo‘llanilishining cheklanganligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi alohida so‘z turkumlarining matn ekspressivligini oshirishdagi kognitiv mohiyati va matndagi konseptual munosabatlar va ularning pragmatik jihatlari tasviriy ifodalar orqali – presuppozisiya, empatiya, simpatiya, implikatsiya integratsiyasi asosida muvofiqlashtirilgan;
alohida so‘z turkumlarining ikki madaniyatga xos universal komponentlarini aniqlash va ularning badiiy tarjima matnlarida qo‘llanilishi ingliz tilida diniy, mifologik, falsafiy tushunchalar orqali ifodalangan bo‘lsa, o‘zbek tilida e’tiqodiy qarashlar, g‘oya va fikrlarning ta’siri bevosita tilga ko‘chishi orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida emotiv, taqlid va modal so‘zlarning lingvopragmatik tadqiqi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ta’lim maqsadlarini ko‘zlagan holda ingliz tilida emotiv, taqlid, modal so‘zlar pragmatikasi, semiotikasi, gap qurilishidagi o‘rni dalillangan, alohida so‘z turkumlarining morfologik, pragmasemantik, kognitiv manzarasi qiyosiy ochib berilgan hamda tarjima metodlari ishlab chiqilgan ushbu dissertatsiyaning ilmiy nazariy xulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Evropa Ittifoqining ERASMUS+dasturi doirasida Angliyaning London Metropoliten universiteti hamda Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi bilan hamkorlikda 2015-2019-yillarda bajarilgan “561624-EPP-1-2015-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP” “O‘zbekistonda ta’lim va oliy ta’lim sohasidagi jarayonlarning modernizatsiyalash va xalqarolashuvi” mavzusidagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 6-iyundagi 06/282-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy til o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha yangi o‘quv-qo‘llanma va dasturlarni yaratishga va takomillashtirishga erishilgan;
emotiv, taqlid hamda modal so‘zlarning tizimi, til va nutqda shakllanishining ijtimoiy-ruhiy asoslari va tasniflanish tamoyillari hamda morfologik, fonostilistik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqligiga oid ilmiy natija va ma’lumotlardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida bajarilgan IL 21091378-raqamli “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish” mavzusida innovatsion loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 8-iyundagi IRD/23.132-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari “Lingvopragmatika” va “Psixolingvistika” kabi fanlarning o‘qitilishida hamda mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar va nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlanayotganida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
har ikki tildagi emotiv, taqlid va modal so‘zlarning matn ekspressivligini oshirishdagi kognitiv mohiyati va pragmatik jihatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetida A-OT-2021-2-raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” (2020-2021-yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 19-iyundagi 06/08-1-9-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida ayrim emotiv so‘zlar vositasida insonning og‘riq va dardni his etish holati berilishi, bunda ularning leksik-semantik, stilistik, lingvopragmatik, etnopragmatik, lingvomadaniy xususiyatlari tadqiqi bilan bog‘liq nazariy xulosalar asosida tibbiy holatni baholashga oid so‘zlarni belgilab ko‘rsatish mumkinligi dalillangan;
qiyoslanayotgan tillar alohida so‘z turkumlarining sintaktik va derivatsion xususiyatlariga ega bo‘lish, ularning to‘xtovsiz taraqqiy etib borishga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 7-dekabrdagi 450/1-son ma’lumotnomasi). Natijada olamning lisoniy manzarasi bilan bog‘liq obektiv haqiqatni anglashda emotsionallik, modallik, obrazlilik, ekspressivlik, intensivlik kabi ma’nolarni ifodalagan alohida so‘z turkumlarining leksik-semantik va semiotik tuzilishi hamda semantik ko‘chimlar voqelanishi til-tafakkur-bilish-hissiyot ketma-ketligi asosida yoritilganligi, alohida so‘z turkumlarining matn ekspressivligini oshirishdagi kognitiv mohiyati va matndagi konseptual munosabatlar va ularning pragmatik jihatlari tasviriy ifodalar orqali – presuppozisiya, empatiya, simpatiya, implikatsiya integratsiyasi asosida muvofiqlashtirilganligi kabi ilmiy xulosalar asosida loyiha doirasida o‘quv adabiyotlari, tarqatma materiallarini tayyorlash asosiy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan;
alohida so‘z turkumlarining ikki madaniyatga xos universal komponentlarini aniqlash va ularning badiiy tarjima matnlarda qo‘llanilish hamda ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etish yuzasidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida IL-531212015-raqamli “Turkiston muxtoriyati tarixini yorituvchi www.muxtoriyat.uz elektron platfporma va mobil ilovasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2023-yil 16-dekabrdagi 05-783-son ma’lumotnomasi). Natijada alohida so‘z turkumlarining ikki madaniyatga xos universal komponentlarini aniqlash va ularning badiiy tarjima matnlarida qo‘llanilishi ingliz tilida diniy, mifologik, falsafiy tushunchalar orqali ifodalangan bo‘lsa, o‘zbek tilida e’tiqodiy qarashlar, g‘oya va fikrlarning ta’siri bevosita tilga ko‘chish muloqot vaziyati bilan shartlanganligi aniqlangan.