Vaxidova Fotima Saidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Ingliz va o‘zbek tillari ziyorat turizmi terminosistemasi birliklarining funksional-diskursiv shartlanishi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2539.
Ilmiy rahbar: Qosimova Nafisa Farhodovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Kaxxorova Iroda Siddiqovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari ziyorat turizmi terminlarining turli diskurslarda vazifadorligini shartlantiruvchi omillarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termin, terminologiya, terminosistema, maxsus leksik birlik kabi tushunchalarning leksik-semantik, grammatik, diskursiv jihatlari bilan bir qatorda terminlarning tizimlilik, motivatsiyalanganlik, bir ma’nolilik, aniqlik, qisqalik kabi xususiyatlarini aniqlashda normativ, funksional hamda tizimli yondashuv tamoyillarining samaradorligi aniqlangan;
turizm terminologiyasining rivojlanish bosqichlari va birliklar shakllanishida tillardagi o‘zaro ta’sirning ustuvorligi, mazkur jarayonning nafaqat ekstralingvistik omillarga, balki alohida tillarda so‘zlashuvchilar o‘rtasidagi kommunikativ-diskursiv aloqalarga, nutq faoliyatini voqelantiradigan pragmatik ta’sirga bog'liqligi isbotlangan;
turli tizimli tillarda ziyorat turizmi terminlarining grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstituentlarining tasnifiy omillari ekanligi va mazkur omillarning dominant komponent (yadro) atrofida birlashuvchi ikkilamchi (periferik) elementlar qo‘llanishini voqelantiruvchi kuch ekanligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillari ziyorat turizmi terminologiyasining tarkibi so‘z yasashning morfologik, sintaktik va leksik-semantik usullari natijasida mazkur tillarning o‘z ichki imkoniyatlari negizida yuzaga kelgan neologizmlar hisobiga boyishi, shuningdek, inson lingvokognitiv faoliyatining verballashuvi natijasida yuzaga keladigan neologizm semantik-pragmatik aspektda polisemiya, omonimiya, variativlik qonuniyatlari doirasida mantiqiy qiymat kasb etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari ziyorat turizmi terminlarining turli diskurslarda vazifadorligini shartlantiruvchi omillarni aniqlash asosida:
termin, terminologiya, terminosistema, maxsus leksik birlik kabi tushunchalarning leksik-semantik, grammatik, diskursiv jihatlari bilan bir qatorda terminlarning tizimlilik, motivatsiyalanganlik, bir ma’nolilik, aniqlik, qisqalik kabi xususiyatlari normativ, funksional (deskriptiv) hamda tizimli yondashuv nuqtai nazaridan aniqlanganligi yuzasidan chiqarilgan xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda FA-FI-005 – “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 09-yanvardagi 17-01/39-son ma’lumotnomasi). Natijada nutq ishtirokchilarining pragmatik va eksperiensial faoliyati muloqotning muvaffaqiyatiga yoki, aksincha, uning tanazzuliga sabab bo‘lishini asoslashga xizmat qilgan;
turli tizimli tillarda ziyorat turizmi terminlarining grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstituentlarining tasnifiy omillari ekanligi va mazkur omillarning dominant komponent (yadro) atrofida birlashuvchi ikkilamchi (periferik) elementlar qo‘llanishini voqelantiruvchi kuch ekanligi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro davlat universitetida Evropa Komissiyasining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “TALENT – Establishing Master Programmes in Human Resource Management and Talent Development in Central Asia” mavzuidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 23-apreldagi 06-01-0112-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan kommunikativ-lisoniy birliklar xususiyatlari haqidagi bilimlar bazasini yanada kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillari ziyorat turizmi terminosistemasida inson kognitiv va madaniy-lisoniy faoliyatining verballashuvi natijasida yuzaga keladigan neologizm va okkazionalizmlar semantik-pragmatik aspektda polisemiya, omonimiya, variativlik qonuniyatlari doirasida mantiqiy qiymat kasb etishiga doir xulosalardan “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teleko‘rsatuvlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-martdagi 02-09-73-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.