Abduraxmanova Nargiza Nusratullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “Ingliz va o‘zbek og‘zaki hamda yozma nutqida instruktiv diskurs” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2092.
Ilmiy rahbar: Shaxobitdinova Shoxida Xoshimovnab filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Najmiddinov Muhammadjon G‘ayratjon o‘g‘li, filologiya va falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida instruktiv diskursning turli diskurslarda shakllanishi, uni og‘zaki va yozma nutqda namoyon bo‘lish jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida umumiy diskursivlik nazariyasining asosiy tushunchalari va atamalari asosida ID-instruktiv diskursning boshqa umum e’tirof etilgan turlariga tobe bo‘lmagan holda og‘zaki va yozma-semiotik realizatsiyasining paralingvistik vositalarsiz, og‘zaki ifodalangan, lingvistik va paralingvistik vositalardan hamda semiotik murakkab, ikonik komponentlardan tashkil topganlik kabi xususiyatlari ochib berilgan;
madaniyatning muayyan jihatini yo‘riqnoma hamda ko‘rsatma terminologiyasi − og‘zaki-belgi birliklari to‘plami orqali ifodalovchi ID terminologik kodining o‘ziga xosligi, xususan, ingliz tilida texnik instruksiyalarda It is + Adjective + Infinitive modeli asosida shakllangan shaxsi noma’lum tavsifiy, sub’ektiv gaplar ishtiroki maqsadga muvofiqlik, zarurat, ratsionallik ma’nosini ifodalashi, specifically, immediately, only, always va never so‘zlari kategoriallik va modallik ma’nosini kuchaytirishi; o‘zbek tilida kesimning sodda, ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi yoki holat ravishi bilan ifodalangan bitishuvli birikmada kelishi maxsus pragmatik vazifa bajarishi aniqlangan;
diskursning janriy xususiyatlari sifatida (1) informativ, imperativ, etiketga oid va sub’ektiv baho kabi to‘rtta nutqiy janrni o‘zaro zidlantiruvchi kommunikativ maqsad, (2) muallif obrazi, (3) adresat obrazi, (4) o‘tgan muloqot qaratilgan voqea, unga xos javob, rad etish, qabul qilish, (5) muloqot epizodi sanalgan kelajak voqeasi, (6) voqelik mazmuni, (7) nutqiy janrning lisoniy tabiati; sotsiolingvistik tiplari sifatida institutsional, pedagogik, tibbiy, ilmiy, siyosiy, diniy, maishiy diskurs; pragmalingvistik tiplari sifatida yumoristik va ritual diskurslar ajratilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida og‘zaki hamda yozma nutqida instruktiv diskurs konseptual birligi muloqot sohasi, xronotop, ijtimoiy mavqe, muloqot ishtirokchisining ijtimoiy roli, intensiyasi, shakli, mavzusi, axborot kodi, muloqot yo‘nalishi kabi lingvistik va ekstralingvistik omillarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda tilning kategorik apparatlariga kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek og‘zaki hamda yozma nutqida instruktiv diskurs yuzasidan olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida og‘zaki hamda yozma nutqida instruktiv diskurs konseptual birligi muloqot sohasi, xronotop, ijtimoiy mavqe, muloqot ishtirokchisining ijtimoiy roli, intensiyasi, shakli, mavzusi, axborot kodi, muloqot yo‘nalishi kabi lingvistik va ekstralingvistik omillarning o‘zaro bog‘liqligi yuzasidan qilingan xulosa va natijalaridan Andijon davlat universitetida 2022-2023 yillarda bajarilayotgan “IL-402104213 raqamli. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 28-iyuldagi 39-01-1645-son ma’lumotnomasi). Natijada diskurs, matn, nutqiy ta’sir tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
mavhum instruksiyani ifodalovchi til birliklarining muloqotdagi o‘ziga xoslikni ta’minlashdagi o‘rni, ularning ta’rifi, instruktiv matnning grammatik, leksik va semantik, shuningdek, lingvostilistik imkoniyatlarining muloqot aktida lisoniy madaniyatni ta’minlashdagi vazifalari, diskursning janriy xususiyatlari sifatida (1) informativ, imperativ, etiketga oid va sub’ektiv baho kabi to‘rtta nutqiy janrni o‘zaro zidlantiruvchi kommunikativ maqsad, (2) muallif obrazi, (3) adresat obrazi, (4) o‘tgan muloqot qaratilgan voqea, unga xos javob, rad etish, qabul qilish, (5) muloqot epizodi sanalgan kelajak voqeasi, (6) voqelik mazmuni, (7) nutqiy janrning lisoniy xususiyati bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 28-iyuldagi 39-01-1645-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya nutq janrlariga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida umumiy diskursivlik nazariyasining asosiy tushunchalari va atamalari haqidagi dissertatsiya natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2023-yil 3-iyuldagi 04-36-1027-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda instruktiv diskursning og‘zaki hamda yozma nutq diskurslarda ko‘rinishlari va lingvokulturologik, sotsiolingvistik va kommunikativ-pragmatik jihatlari, diskursni tadqiq etishga oid nazariy xulosalardan tilshunoslikning sotsiolingvistika, pragmalinvistika, lingvokulturologiya yo‘nalishlaridagi ishlarda manba sifatida foydalanishga va tarjimachilik sohasida, instruktiv leksikaga oid ikki tilli izohli lug‘atlarni yaratishga xizmat qilgan.