Xo‘jayorov Hayot Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida kreditlash xizmatlari samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt.3535.
Ilmiy maslahatchi: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Oblomuradov Narzullo Naimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarida kreditlash xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tijorat banklarida kreditlash xizmati”, “bankning kreditlash jarayoni” kategoriyalarining iqtisodiy mazmuni bank tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ma’lum muddatga va ma’lum shartlar orqali beriladigan pul mablag‘larni muayyan texnologiya asosida qulay sharoitda taqdim etish jarayoni hamda bankning kreditlash muddatlari va mexanizmlarining o‘zgarishi sifatida ifodalangan tashkiliy bosqichlar ketma-ketligi ko‘rinishidagi bank kreditlarining harakati jihatidan takomillashtirilgan;
bank mijozlarini kreditga layoqatliligi darajasi bo‘yicha maxsus tarzda tabaqalashtiruvchi toifalarga ko‘ra segmentlash orqali har bir mijoz toifasi uchun muvofiq keluvchi kreditlash shartlarini belgilash asosida kreditlash xizmati samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banki kredit qo‘mitasi tomonidan har bir kredit turi va loyihalari bo‘yicha ixtisoslashgan kredit jarayonini qo‘llash hamda hujjatlashtirish bo‘yicha talabni oldindan davriy baholash tizimini shakllantirish orqali kreditlash xizmatlari samaradorligini oshirish asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida kredit bozorining barqaror rivojlanish dinamikasi asosida bank kreditlari umumiy hajmi o‘zgarishining 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarida kreditlash xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tijorat banklarida kreditlash xizmati”, “bankning kreditlash jarayoni” kategoriyalarining iqtisodiy mazmuni bank tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ma’lum muddatga va ma’lum shartlar orqali beriladigan pul mablag‘larni muayyan texnologiya asosida qulay sharoitda taqdim etish jarayoni hamda bankning kreditlash muddatlari va mexanizmlarining o‘zgarishi sifatida ifodalangan tashkiliy bosqichlar ketma-ketligi ko‘rinishidagi bank kreditlarining harakati jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Money and Banks” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bank tomonidan ma’lum muddatga va ma’lum shartlar orqali beriladigan pul mablag‘larni muayyan texnologiya asosida qulay sharoitda taqdim etish jarayoni hamda bankning kreditlash muddatlari va mexanizmlarining o‘zgarishi sifatida ifodalangan harakati jihatidan takomillashtirilgan tijorat banklarida kreditlash xizmati va bankning kreditlash jarayoni bo‘yicha nazariy-uslubiy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
bank mijozlarini kreditga layoqatliligi darajasi bo‘yicha maxsus tarzda tabaqalashtiruvchi toifalarga ko‘ra segmentlash orqali har bir mijoz toifasi uchun muvofiq keluvchi kreditlash shartlarini belgilash asosida kreditlash xizmati samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan “2024-2025-yillarda tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 30-maydagi № 04-16/15134-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish bank mijozlarini segmentlash orqali har bir mijoz guruhi uchun tegishli kredit xizmatlari bo‘yicha “samaradorlik zanjiri”ni yaratish imkonini bergan;
tijorat banki kredit qo‘mitasi tomonidan har bir kredit turi va loyihalari bo‘yicha ixtisoslashgan kredit jarayonini qo‘llash hamda hujjatlashtirish bo‘yicha talabni oldindan davriy baholash tizimini shakllantirish orqali kreditlash xizmatlari samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan “2024-2025-yillarda tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 30-maydagi № 04-16/15134-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish bankda sodir bo‘layotgan biznes jarayonlarni tahlil qilish asosida uning ish faoliyatini baholash ko‘rsatkichlarini tizimlashtirish hamda yangi turdagi kredit xizmatlari hisobiga kredit portfeli o‘sishini ta’minlash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida kredit bozorining barqaror rivojlanish dinamikasi asosida bank kreditlari umumiy hajmi o‘zgarishining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan tijorat banklarida kreditlash tizimini rivojlantirish dasturlari va “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2024-yil 30-maydagi № 04-16/15134-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish iqtisodiyotning soha va tarmoqlariga ajratilgan kreditlar hajmini 9,3 %ga va jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmini 29,2 %ga oshishiga imkon bergan.