Nurmuxammedov Abdijabbar Yunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida xizmat ko‘rsatish sohasini kreditlash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2774.
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Salaev Rasul Shavkatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining xizmatlar sohasini kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining depozit bazasini etarliligini ta’minlash, muddatli va jamg‘arma depozitlarining 80 foizidan ortiq bo‘lmagan qismini kredit sifatida joylashtirish va qolgan qismini yuqori likvidli moliyaviy instrumentlarni sotib olishga yo‘naltirish va kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining me’yoriy darajasini ta’minlash orqali jalb qilingan depozitlarning kreditli transformatsiyasini takomillashtirish asoslangan;
tijorat banklarining birinchi darajali kapitali hajmini transaksion depozitlarning kamaymaydigan qoldig‘ini yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish yo‘li bilan ko‘paytirish orqali prudensial me’yorlar talablari doirasida xizmatlar sohasini kreditlash salohiyatini oshirish taklifi asoslangan;
xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlarining balansida yuqori likvidli aktivlar miqdorining kichikligi sharoitida tovar zaxiralari hisobidan qoplash koeffisientining darajasini oshirish va debitor qarzdorlikning aylanishini tezlashtirish yo‘li bilan ularning kredit to‘loviga layoqatlilik darajasini oshirish asoslangan;
ATB “Mikrokreditbank” tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasiga ajratilgan kreditlar hajmi va unga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining xizmatlar sohasini kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklarining depozit bazasini etarliligini ta’minlash, muddatli va jamg‘arma depozitlarining 80 foizidan ortiq bo‘lmagan qismini kredit sifatida joylashtirish va qolgan qismini yuqori likvidli moliyaviy instrumentlarni sotib olishga yo‘naltirish va kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining me’yoriy darajasini ta’minlash orqali jalb qilingan depozitlarning kreditli transformatsiyasini takomillashtirish taklifi ATB “Mikrokreditbank” amaliyotiga joriy qilingan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2024-yil 13-maydagi №04-16/13263-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida ATB “Mikrokreditbank”da talab qilib olinadigan depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘i 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 7,1 foizli punktga pasaygan;
tijorat banklarining birinchi darajali kapitali hajmini transaksion depozitlarning kamaymaydigan qoldig‘ini yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilish yo‘li bilan ko‘paytirish orqali prudensial me’yorlar talablari doirasida xizmatlar sohasini kreditlash salohiyatini oshirish taklifi ATB “Mikrokreditbank” amaliyotiga joriy qilingan (ATB “Mikrokreditbank”ning ning 2024-yil 13-maydagi №04-16/13263-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida ATB “Mikrokreditbank”da birinchi darajali kapitalning hajmi 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 59,3 foizga oshgan;
xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlarining balansida yuqori likvidli aktivlar miqdorining kichikligi sharoitida tovar zaxiralari hisobidan qoplash koeffisientining darajasini oshirish va debitor qarzdorlikning aylanishini tezlashtirish yo‘li bilan ularning kredit to‘loviga layoqatlilik darajasini oshirish taklifi ATB “Mikrokreditbank” amaliyotiga joriy qilingan (ATB “Mikrokreditbank”ning ning 2024-yil 13-maydagi №04-16/13263-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida ATB “Mikrokreditbank” tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlarning hajmi 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 17,4 foizga oshgan;
ATB “Mikrokreditbank” tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasiga ajratilgan kreditlar hajmi va unga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha ko‘p omilli ekonometrik model asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari ATB “Mikrokreditbank” amaliyotiga joriy qilingan (ATB “Mikrokreditbank”ning ning 2024-yil 13-maydagi №04-16/13263-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida ATB “Mikrokreditbank” tomonidan xizmat ko‘rsatish sohasiga ajratilgan kreditlar hajmi va unga ta’sir etuvchi omillarning o‘rta muddatli istiqboldagi asosiy faoliyat parametrlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.