Otakuzieva Zuxra Maratdaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida korxonalar faoliyatining barqarorligini ta’minlash yo‘llari”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: (B2020.1.DSc/ Iqt 224).
Ilmiy maslahatchi: Saidaxror Saidaxmedovich G‘ulomov, O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iminov Toxirjon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kenjabaev Aman Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida korxonalar faoliyatining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
joriy aktivlar va joriy passivlar o‘rtasidagi miqdoriy mutanosiblikni ta’minlash maqsadida joriy likvidlilikning me’yoriy darajasini (1,25) va kreditor qarzdorlikning aylanish tezligining umume’tirof etilgan darajasini (30 kun) etib belgilash taklif etilgan;
mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish va geografik diversifikatsiyasini kengaytirish hisobidan sotilgan mahsulotlar tannarxining mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi tushumga nisbatan darajasini 3-5 foiz oralig‘ida belgilash taklif qilingan;
kompaniyalarda biznes jarayonlari va qiymat yaratish jarayonlari o‘rtasidagi gorizontal integratsiyani ta’minlash maqsadida sotilgan mahsulotlar rentabelligi (Rc.m = 5,0%) va zaxiralarning aylanish tezligi (Za.n. = 15 kun ) ko‘rsatkichlarining me’yoriy darajalarini belgilash taklif etilgan;
pochta jo‘natmalarni manzilli etkazib berish tizimi va mobil bo‘linmalarga tayangan “gibrid pochta” tizimi taklif etilgan holda, milliy pochta tizimini xalqaro pochta ittifoqining standartlari (S2S, A2S, S2A va A2A) talablariga muvofiqligini minimal me’yoriy mezonlar darajasida ta’minlash asoslangan;
pochta xizmatlari rivojlanishining pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylar bo‘yicha 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va shu asosida korxona barqarorligini ta’minlash imkoniyati baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni raqamlashtirishni rivojlantirish sharoitida korxonalar faoliyatining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonalarda xarajatlarni boshqarish amaliyotini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish yo‘li bilan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish va geografik diversifikatsiyasini kengaytirish hisobidan sotilgan mahsulotlar tannarxining mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi tushumga nisbatan darajasini 3-5 foiz oralig‘ida belgilash taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 19 sentyabrdagi № 08-18-8-758-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Jamiyat aktivlarining rentabelligi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 2,6 foizli punktga oshgan;
g‘aznachilik tizimini takomillashtirish yo‘li bilan joriy aktivlar va joriy passivlar o‘rtasidagi miqdoriy mutanosiblikni ta’minlash maqsadida joriy likvidlilikning me’yoriy darajasini (1,25) va kreditor qarzdorlikning aylanish tezligining umume’tirof etilgan darajasini (30 kun) etib belgilash taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 19 sentyabrdagi № 08-18-8-758-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Jamiyatning joriy aktivlari hajmida pul mablag‘larining ulushi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 2,7 foizli punktga oshgan;
kompaniyalarda biznes jarayonlari va qiymat yaratish jarayonlari (value networks) o‘rtasidagi gorizontal integratsiyani ta’minlash maqsadida sotilgan mahsulotlar rentabelligi (Rc.m = 5,0%) va zaxiralarning aylanish tezligi (Za.n. = 15 kun ) ko‘rsatkichlarining me’yoriy darajalarini belgilash taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 19 sentyabrdagi № 08-18-8-758-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Jamiyatning asosiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichi 2022 yilning birinchi yarmida 104,0 foizga bajarilgan.
pochta jo‘natmalarni manzilli etkazib berish tizimi va mobil bo‘linmalarga tayangan “gibrid pochta” tizimi taklif etilgan holda, milliy pochta tizimini xalqaro pochta ittifoqining standartlari (S2S, A2S, S2A va A2A) talablariga muvofiqligini minimal me’yoriy mezonlar darajasida ta’minlash taklifi «O’ZBEKISTON POCHTASI» AJ amaliyotiga joriy qilingan («O’ZBEKISTON POCHTASI» AJning 2023 yil 15 noyabrdagi 29-10/1949-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Jamiyatning asosiy faoliyatidan olingan daromadlarning miqdori 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 19,5 foizga oshdi.
pochta xizmatlari rivojlanishining pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylar bo‘yicha ishlab chiqilgan 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari «O’ZBEKISTON POCHTASI» AJ tomonidan qabul qilingan («O’ZBEKISTON POCHTASI» AJning 2023 yil 15 noyabrdagi 29-10/1949-sonli ma’lumotnomasi). Optimistik ssenariy bo‘yicha ishab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlarga ko‘ra, pochta aloqalari uchastkalari sonini 2026 yilda 2022 yilga nisbatan 82,1 foizga oshishi, pochtal`onlar sonini optimallashtirish imkoniyatlari asoslab berilgan.