Bobaxonov Boxodirxon Usmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Mahalliy boshqaruvda yetakchilik konsepsiyalaridan foydalanib faoliyat samaradorligini oshirish (Namangan viloyati misolida)», 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3095
Ilmiy rahbar: Kazakov Olim Sabirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bustonov Mansurjon Mardonakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida mahalliy boshqaruv tashkilotlarida yetakchilik sifatini rivojlantirish va uni samaradorlikning o‘sishiga ta’siri bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy boshqaruv idoralari xodimlarining yetakchilik salohiyati bo‘yicha sifat ma’lumotlarini miqdoriy baholash asosida “etarli bo‘lmagan salohiyat” (1,0 ≤ Sp ≤ 2,5), “quyi darajadagi salohiyat” (2,6 ≤ Sq ≤ 3,5), “etarli salohiyat” (3,6 ≤ Se ≤ 4,5) va “yuqori darajadagi salohiyat” (4,6 ≤ Sp ≤ 5,0) oraliq chegaralarida tegishli faoliyat samaradorligini ta’minlash asoslangan;
hududlarni boshqarishda ustuvor yo‘nalishlar tuzilmasi bo‘yicha bir-biridan sezilarli darajada farq qiluvchi yetakchi hududlar va o‘rta darajadagi hududlarni aniqlash orqali Namangan viloyati hududlarini boshqarishda turli darajadagi manfaatdorlikni ta’minlovchi yetakchilik ta’sirini oshirish ustuvor yo‘nalishlarining barqaror tuzilmasi asoslangan;
hududning iqtisodiy salohiyati, boshqaruv ob’ektining murakkablik darajasi hamda yetakchilik kompetensiyalarining integral qiymatlarini baholash orqali Namangan viloyati hududlari mahalliy boshqaruvida yetakchilik faoliyat samaradorligini oshirish asoslangan;
Namangan viloyatida hududlardagi mahalliy boshqaruvida yetakchilik faoliyat samaradorligini baholashning ekonometrik modeli asosida yetakchilikni rivojlantirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy boshqaruv tashkilotlarida yetakchilik sifatini rivojlantirish va uni samaradorlikning o‘sishiga ta’siri bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar asosida:
mahalliy boshqaruv idoralari xodimlarining yetakchilik salohiyati bo‘yicha sifat ma’lumotlarini miqdoriy baholash asosida “etarli bo‘lmagan salohiyat” (1,0≤Sp ≤2,5), “quyi darajadagi salohiyat” (2,6≤Sq ≤3,5), “etarli salohiyat” (3,6≤ Se ≤4,5) va “yuqori darajadagi salohiyat” (4,6≤Sp ≤5,0) oraliq chegaralarida tegishli faoliyat samaradorligini ta’minlash taklifidan Namangan viloyati hududlarini boshqarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 27 maydagi № 01/00-03/24-5081-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi hududlardagi boshqaruv faoliyatini yanada samarali bo‘lishiga, natijada hudud iqtisodiyotini yanada rivojlanishiga imkon yaratgan;
hududlarni boshqarishda ustuvor yo‘nalishlar tuzilmasi bo‘yicha bir-biridan sezilarli darajada farq qiluvchi yetakchi hududlar va o‘rta darajadagi hududlarni aniqlash orqali Namangan viloyati hududlarini boshqarishda turli darajadagi manfaatdorlikni ta’minlovchi yetakchilik ta’sirini oshirish ustuvor yo‘nalishlarining barqaror tuzilmasidan foydalanish taklifi Namangan viloyatining tumanlaridagi boshqaruv faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 27 maydagi № 01/00-03/24-5081-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatning turli hududlaridagi boshqaruv faoliyati samaradorligi va YaHM hajmining ortishiga imkon yaratilgan;
hududning iqtisodiy salohiyati, boshqaruv ob’ektining murakkablik darajasi hamda yetakchilik kompetensiyalarining integral qiymatlarini baholash orqali Namangan viloyati hududlari mahalliy boshqaruvida yetakchilik faoliyat samaradorligini oshirish taklifi Namangan viloyatining tumanlaridagi boshqaruv faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 27 maydagi № 01/00-03/24-5081-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarning rivojlanish sur’atlarini o‘stirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyatida hududlardagi mahalliy boshqaruvida yetakchilik faoliyat samaradorligini baholashning ekonometrik modeli asosida yetakchilikni rivojlantirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Namangan viloyatida hududlarning rivojlanishi dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 27 maydagi № 01/00-03/24-5081-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida hududlarning rivojlanishini ifodalovchi YaHMdagi ulushi 0,3 foizga, hududlarning eksportdagi ulushi 0,4 foizga, ayrim hududlar samaradorligi o‘rtacha 0,6 foizga ortishi orqali ijobiy o‘zgarishlarga erishish imkoniyatlari aniqlangan.