To‘xtamishov Aziz Qaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Klaster yondashuvi asosida turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3944 B2020.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Muxammedov Murod Muxamadievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nutfullo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Axmedov Ikram Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klasterli yondashuv asosida turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» ichki turizm dasturi asosida har yili 500 mingdan ziyod o‘quvchi, talaba, pensionerlar va mehnat jamoalarining Samarqandga sayohatini tashkil etish maqsadida Samarqand viloyatining Samarqand tumanida «Biznes turizm klasteri», Urgut tumanidagi Qoratepa-Omonqo‘tonda «Tog‘ turizm klasteri», Payariq tumanidagi «Imom al-Buxoriy» majmuasida «Ziyorat turizmi klasteri», Samarqand shahrida «Gastronomik turizm klasteri» va Toyloq tumanida «Agroturizm klasteri»larini tashkil etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
turizm yo‘nalishiga qo‘shimcha investisiyalarni jalb qilish, xususiy sektor
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali turizm infratuzilmasini yanada
takomillashtirish, aholi bandligini oshirish, transport qatnovi yo‘nalishlarini
kengaytirish, respublikaning turistik salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda targ‘ib
qilishni jadallashtirish maqsadida “turoperator — mehmonxona — transport — savdo va servis” xizmatlari birgalikda ko‘rsatiladigan turistik klasterlar faoliyati modelini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar dalillangan;
mamlakatning turizm salohiyatini yanada oshirish yo‘nalishida Samarqand viloyatiga tashrif buyuradigan 1,850 mln. xorijiy turistlarga turizm klasteri ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida turizm industriyasi sohasida “Servis sifati va mutaxassislarning malaka va madaniyatini oshirish” bo‘yicha o‘qitish tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida turistik xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish
dinamikasi asosida yalpi ichki mahsulotda turizmning ulushini oshirishning 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan o‘rta muddatli parametrlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Klaster yondashuvi asosida turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” ichki turizm dasturi asosida har yili 500 mingdan ziyod o‘quvchi, talaba, pensionerlar va mehnat jamoalarining Samarqandga sayohatini tashkil etish maqsadida Samarqand viloyatining Samarqand tumanida “Biznes turizm klasteri”, Urgut tumanidagi Qoratepa-Omonqo‘tonda “Tog‘ turizm klasteri”, Payariq tumanidagi “Imom al Buxoriy” majmuasida “Ziyorat turizmi klasteri”, Samarqand shahrida “Gastronomik turizm klasteri” va Toyloq tumanida “Agroturizm klaster”larini tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qaroridagi Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 6-maydagi 03-11-17-302-son dalolatnomasi). Natijada viloyatda mahalliy turistlar oqimi hajmi ikki baravarga oshgan;
turizm yo‘nalishiga qo‘shimcha investisiyalarni jalb qilish, xususiy sektor uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholi bandligini oshirish, transport qatnovi yo‘nalishlarini kengaytirish, respublikaning turistik salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda targ‘ib qilishni jadallashtirish maqsadida “turoperator — mehmonxona — transport — savdo va servis” xizmatlari birgalikda ko‘rsatiladigan turistik klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha asoslangan modeli 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-238-sonli qaroridagi “Yo‘l xaritasi” rejasiga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 6-maydagi 03-11-17-302-son dalolatnomasi). Natijada, mamlakatimizga 1 mln. nafar xorijiy turistlar tashrifini tashkil etish imkoniyati vujudga keldi;
mamlakatning turizm salohiyatini yanada oshirish yo‘nalishida Samarqand viloyatiga tashrif buyuradigan 1,850 mln. xorijiy turistlarga turizm klasteri ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida turizm industriyasi sohasida “Servis sifati va mutaxassislarning malaka va madaniyatini oshirish” bo‘yicha o‘qitish tizimini joriy qilish bo‘yicha asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-son Farmonidagi “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 6-maydagi 03-11-17-302-son dalolatnomasi). Takliflarning amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyatida turizm yo‘nalishidagi malakaviy kadrlar soni ikki barobar oshirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida turistik xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish dinamikasi asosida yalpi ichki mahsulotda turizmning ulushini oshirishning 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan hududlarda turizm sohasini rivojlantirish dasturlari va “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 6-maydagi 03-11-17-302-son dalolatnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2027-yilga kelib, respublikada turistik firma va tashkilotlar sonini 41,5 %ga va kiruvchi turizmni 98,5 %ga oshishiga imkon berdi.