Xamidova Gulnoz Sayfidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlardagi assotsiatsiyalangan gastropatiyaning klinik va molekulyar-genetik jihatlari” 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). .
Disertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2680.
Ilmiy rahbar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoilyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD.04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klinik, instrumental, laborator va genetik tadqiqotlar asosida RA bilan kasallangan bemorlarda YaQNV qo‘llash natijasida rivojlangan gastropatiyalarni erta tashxislash, prognozlash va davolash mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda YaQNV qabul qilish fonida gastropatiyaning rivojlanishi va og‘ir kechishining eng muxim belgilari: epigastral soxadagi og‘rik, ko‘ngil aynishi, meteorizm va oshqozon shilliq qavatidagi eroziv o‘zgarishlar aniqlangan;
revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda YaQNV-assosatsiyalangan gastropatiya rivojlanishida gipoxromik anemiya, giperfibrinogenemiya, ASPP, RF va CRO mikdorining sezilarli darajada oshishi, shuningdek H. pylori infeksiyasi kasallik kechishini prognozlash uchun diagnostik marker ekanligi asoslangan;
ilk bor revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda YaQNV-assosatsiyalangan gastropatiyalarning shakllantirishda CYP2C19*2 (681GA) geni A alleli va CYP2C19*17 (806ST) bir nukleotidli ferment geni T aleli, S/T va T/T genotipi tashuvchilarida gastropatiyalar rivojlanish xavfi yuqori ekanligi isbotlangan.
klinik, laborator-instrumental, genetik tadqiqotlar asosida revmatoidli artrit bilan kasallangan bemorlarda YaQNV-assosatsiyalangan gastropatiyalarni erta tashxislash, prognozlash va davolash mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialining 2024 yil 30 apreldagi №14/221-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda YaQNV qabul qilish fonida gastropatiyaning rivojlanishi va og‘ir kechishining eng muxim belgilari: epigastral soxadagi og‘rik, ko‘ngil aynishi, meteorizm va oshqozon shilliq qavatidagi eroziv o‘zgarishlar aniqlangan va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 21.07.2023-yildagi 45-sonli buyrug‘i hamda Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 03.07.23-yildagi 38-sonli buyruqi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif qilingan tekshirish va davolash usuli bemorlarning yotoqda yotadigan kunlar sonini qisqartiradi, davolash samaradorligini oshiradi, davolash natijalari bemorlarni jamiyatda faol hayot tarziga qaytishiga, umrining uzayishiga va o‘lim hamda nogironlik ko‘rsatkichining kamayishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikka revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda YaQNV- assotsiatsiyalangan gastropatiyaning asoratlari va qaytalanishini oldini olish bilan erishilgan. Ushbu bemorlarni olib borish taktikasida klinik belgilarni erta aniqlanganda: preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 200000 so‘mni tashkil qiladi; 1 kunga o‘rtacha 1 nafar bemor uchun 357000 so‘m dori vositalari sarflanadi. 1 nafar bemor hisobidan 1 kunga 557000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kunda 5570000 so‘mni tashkil etadi va 5 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1000000 so‘mga kamaytirilishi va shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga 1785000 so‘m dori-darmon kam xarajat qilishga erishilgan. Bu esa o‘z navbatida yil davomida yuqori iqtisodiy samaradorlikka olib kelgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda YaQNV-assosatsiyalangan gastropatiya rivojlanishida gipoxromik anemiya, giperfibrinogenemiya, ASPP, RF va CRO mikdorining sezilarli darajada oshishi, shuningdek H. pylori infeksiyasi kasallik kechishini prognozlash uchun diagnostik marker ekanligi asoslangan. Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda YaQNV bilan bog‘liq gastropatiya rivojlanishining asosiy laborator-instrumental bashoratchilari aniqlangan va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.07.2023-yildagi 45-sonli buyrug‘i hamda Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 03.07.23-yildagi 38-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davolash natijalari bemorlarni jamiyatda faol hayot tarziga qaytishiga, umrining uzayishiga va o‘lim hamda nogironlik ko‘rsatkichining kamayishiga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: iqtisodiy samaradorlikka bemorlarda kasallikning asoratlarini kamaytirish, shifoxonaga murojaat qilish sonining pasayishi va erta tashxislash bilan erishilgan, 1 nafar bemor uchun ushbu keltirilgan tekshiruv amaliyoti bemorlarning davolanishdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: qayta ko‘rik – 120000 so‘m; “EGDS – 100000 so‘m; IFA-97000 so‘m; ASPP tahlili- 88 000 so‘m; umumiy qon analizi-60 000 so‘m dori-darmonlar xarajati – 357000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 nafar bemor uchun 8220000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlardagi YaQNV-assotsiatsiyalangan gastropatiyani tadqiqot qilish jarayonida bemorlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlardagi YaQNV-assotsiatsiyalangan gastropatiya kasalligining og‘ir shakllarini rivojlanish xavf omillarini hisobga olish bilan gastropatiyani erta prognozlash imkonini berdi. Ushbu erta diagnostik usullarning joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 398000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 424000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda YaQNV-assosatsiyalangan gastropatiyalarning shakllantirishda CYP2C19*2 (681GA) geni A alleli va CYP2C19*17 (806ST) bir nukleotidli ferment geni T aleli, S/T va T/T genotipi tashuvchilarida gastropatiyalar rivojlanish xavfi yuqori ekanligi isbotlangan. Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlardagi YaQNV-assotsiatsiyalangan gastropatiyani tadqiqot qilish jarayonida bemorlarda. (CYP2C9*2(430ST), CYP2C19*3 (636GA) ferment genlarning noqulay allel va genotipik variantlari aniqlanmadi va bu genlarning RA bemorlarda YaQNV-gastropatiya chaqirish xavfi aniqlanmadi, CYP2C19*2(681GA), CYP2C19*17 (806ST) ferment genlarining polimorfik lokuslarining tarqalish xususiyatlari aniqlandi, ferment genlarning noqulay allel va genotipik variantlarini aniqlash RA bemorlarda YaQNV-gastropatiya xavfini ishonchli ravishda oshirishi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.07.2023-yildagi 45-sonli buyrug‘i hamda Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 03.07.23-yildagi 38-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davolash natijalari bemorlarni jamiyatda faol hayot tarziga qaytishiga, umrining uzayishiga va o‘lim hamda nogironlik ko‘rsatkichining kamayishiga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikka bemorlarni revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlardagi YaQNV- assotsiatsiyalangan gastropatiyaning asoratlari va qaytalanishini oldini olish uchun erta tashxislash, asoratlar rivojlanganda davolashning umumiy qiymatini kamaytirish bilan erishilgan. Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga va genetik tahlillar bemorlarning shifoxonada umumiy yotishi va davolanishini kamaytirishga sabab bo‘ladi hamda bir oyda bemorlar umumiy xarajatlari bemor uchun 16710000 so‘m sarf qilinadi va 10 kunni 5 kunga qisqarishi hisobidan bir oyda 8355000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlardagi assotsiatsiyalangan gastropatiyaning rivojlanishiga CYP2C19*2(681GA), CYP2C19*17 (806ST) ferment genlarining polimorfik lokuslarining tarqalish xususiyatlari va ferment genlarning noqulay allel va genotipik variantlarini aniqlanishi olib keladigan prediktor genlar bo‘lib erta prognozlash uchun ahamiyatlidir. CYP2S9*2 (430ST), CYP2C19*2 (636GA) ferment genlarining polimorfik lokuslarining tarqalish xususiyatlari ferment genlarning noqulay allel va genotipik variantlarini o‘rganilganda yuqoridagi Xardi-Vaynberg ko‘rsatkichi formulasiga ko‘ra ishonchlilik intervali 1,2 va 1,3 bo‘lib bu manfiy natija ko‘rsatgan, ya’ni bu genlar ushbu kasallikni chaqirishda ahamiyatsiz ekanligi aniqlangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda YaQNV- gastropatiya molekulyar-genetik tadqiqotlarni kompleks baholash asosida kasallikni og‘irlik darajasiga bog‘liq xolda olib borishda ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan prognostik mezonlarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etilishi asoslangan. Ushbu ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, kompleks tadqiqotlar asosida ferment genlarining salbiy allel va genotipik variantlari CYP2C19*2 (681GA) va CYP2C19*17 (806ST) revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda YaQNV-gastropatiyaning rivojlanish ehtimolini oshirishda muhimligi isbotlandi, o‘z navbatida ularni aniqlash gastropatiya rivojlanish holatlarini kamaytiradi va sifatini yaxshilaydi va ushbu patologiya bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi va bu prediktorlarni qo‘llash Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 21.07.2023-yildagi 45-sonli buyrug‘i hamda Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 03.07.23-yildagi 38-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davolash natijalari bemorlarni jamiyatda faol hayot tarziga qaytishiga, umrining uzayishiga va o‘lim hamda nogironlik ko‘rsatkichining kamayishiga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikka bemorlarda YaQNV-gastropatiyaning kasalliklarining qaytalanishini va asoratlarini oldini olish uchun erta tashxislash, asoratlar rivojlanganda davolashning umumiy qiymatini kamaytirish orqali erishilgan. 1 nafar bemor uchun 2 785 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda YaQNV-gastropatiya rivojlanishining asosiy klinik, instrumental va laborator belgilari aniqlandi; bemorlarda gastropatiya hosil bo‘lish xavfini oshirishda CYP2C19*2 (681GA) va CYP2C19*17 (806ST) ferment genlarining ishtiroki isbotlandi. Ushbu ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, kompleks tadqiqotlar asosida ferment genlarining CYP2C19*2 (681GA) va CYP2C19*17 (806ST) salbiy allel va genotipik variantlari revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda YaQNV-gastropatiyaning rivojlanish ehtimolini oshirishda muhimligi isbotlandi, o‘z navbatida ularni aniqlash gastropatiya rivojlanish holatlarini kamaytiradi va sifatini yaxshilaydi va ushbu patologiya bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Shuningdek H. pylori miqdorini aniqlanishi xam bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasini baholashda prediktor bo‘lib hisoblanadi va kasallikning og‘irlik darajasidagi xavfli guruhga kirgizildi. “Revmatoidli artrit bilan kasallangan bemorlardagi YaQNV-assosatsiyalangan gastropatiyaning klinik va molekulyar-genetik jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etishlishi Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialining 19.07.2023 yildagi № 01/4676-1 va 01/4698-1 xatlari yuborildi.