Tursunova Lobarxon Nasirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligida aterosklerotik pilakcha tuzilishi va miokard perfuziyasining MSKT diagnostikasini takomillashtirish» 14.00.19 – «Klinik radiologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2827.
Ilmiy rahbar: Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori; Shek Aleksandr Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yurak ishemik kasalligida koronar arteriyalarning holatini va chap qorincha miokardini baholashda kompyuter tomografiya usulining tashhislash samaradorligini maqbullashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronar arteriyalarda aterosklerotik pilakchani tuzilishiga ko‘ra kompyuter tomografiyada “rangli kodlash” vazifasidan foydalangan holda lipid, fibroz va kal`sinatlashgan turiga qarab xastalikni davolash taktikasini belgilash tartibi isbotlangan;
mikrovaskulyar stenokardiyada “stress/tinch holat” baholash bayonnomasi bo‘yicha miokard perfuziyasi o‘tkazilganda hajmli kompyuter tomografiyaning qo‘llaganda yurakning chap qorincha segmentlarni gipoperfuziyasi aniqlashda yuqori informativ usul ekanligi isbotlangan;
koronar shuntlash orqali jarroxlik amaliyotini tanlashda zararlangan chap qorinchadagi koronar arteriyalarning miokard sohasida shikastlangan segmentlarida, perfuziya ko‘rsatkichlari asosida kompyuter tomografiyaning axamiyati isbotlangan;
yurakning ishemik kasalligining pre-test extimoli past bo‘lgan bemorlarda “tinch xolat/stress” bayonnomasi bo‘yicha kompyuter tomografiyasi asosida miokard perfuziyasi o‘tkazilishi bemorlarning nurlanish qiymatini kamaytirish borasida qo‘llanilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2023-yil 28-apreldagi 7n-z/5-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik. Ilmiy yangilikning mohiyati: koronar arteriyalarda aterosklerotik pilakchani tuzilishiga ko‘ra kompyuter tomografiyada “rangli kodlash” vazifasidan foydalangan holda lipid, fibroz va kal`sinatlashgan turiga qarab xastalikni davolash taktikasini belgilash tartibi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: xajmli kompyuter tomografiya (KT) tekshiruvi qo‘llanilishining diagnostik informativligini oshiradigan zamonaviy “rangli kodlash” texnologiyalari yordamida aterosklerotik pilakcha tuzilishini kompleks baxolashga tizimli yondashuv ishlab chiqildi va ilmiy asoslandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Fedorovich klinikasi” MChJning 19.01.23 yildagi 7-sonli xamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 10.02.2023 yildagi 16-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilayotgan tashhislash usuli yurakning ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarni kuzatish natijasida kompyuter tomografiyasi ko‘rsatkichlari asosida samarali tashhislash sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan tavsiyalar joriy etilishi bilan, yurakning ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarni monitoring qilish natijasida aterosklerotik pilakcha tuzilishi va o‘tkir koronar hodisalarning rivojlanish xavfi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. Shu bilan birga, “zaif” ASPni o‘z vaqtida tashhislash va tegishli davolash choralarini ko‘rish o‘tkir koronar hodisalar sonini kamaytirish imkonini beradi, bu esa statsionar davolanish xarajatlaridan (klinik va laboratoriya tekshiruvlari, oziq-ovqat va kimyoviy preparatlar) 1700000 so‘mni tejash va ushbu toifadagi bemorlarni reabilitatsiya qilish imkonini beradi. Xulosa: YuIK bilan kasallangan bemorlarni kuzatishda ASP tuzilishining kompyuter tomografiya ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida pilakcha tuzilishi va o‘tkir koronar hodisalarning rivojlanish xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Bu har bir bemor hisobida 1700000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik. Ilmiy yangilikning mohiyati: mikrovaskulyar stenokardiyada “stress/tinch holat” baholash bayonnomasi bo‘yicha miokard perfuziyasi o‘tkazilganda hajmli kompyuter tomografiyaning qo‘llaganda yurakning chap qorincha segmentlarni gipoperfuziyasi aniqlashda yuqori informativ usul ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: zamonaviy kompyuter tomografiyasi texnologiyalari mikrovaskulyar stenokardiya bilan kasallangan bemorlarda chap qorincha perfuziyasi buzilgan segmentlarini aniqlashda qo‘llaniladigan informativ ko‘rsatkichlarni belgilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Fedorovich klinikasi” MChJning 19.01.23 yildagi 7-sonli xamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 10.02.2023 yildagi 16-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mikrovaskulyar stenokardiya bilan kasallangan bemorlarda chap qorincha miokard perfuziyasining buzilishini aniqlashga asoslangan tashhislash usuli tavsiya etilib, bu kasallikni erta tashhislash va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu kasallikka to‘g‘ri tashhis qo‘yish maqsadida miokard perfuziyasi KT o‘tkazish va samarali davolash tadbirlarini o‘tkazish natijasida 1 nafar bemor hisobida kuniga 725000 so‘m byudjet mablag‘larini, 330000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larini tejashga erishilgan. Xulosa: kasallikni erta tashhislash va ushbu toifadagi bemorlar uchun to‘g‘ri davolash taktikasini tanlash maqsadida mikrovaskulyar stenokardiya bilan kasallangan bemorlarga miokard perfuziyasini KT orqali tekshirish har bir bemor hisobida 725000 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini va 330000 so‘m miqdorida byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik. Ilmiy yangilikning mohiyati: koronar shuntlash orqali jarroxlik amaliyotini tanlashda zararlangan chap qorinchadagi koronar arteriyalarning miokard sohasida shikastlangan segmentlarida, perfuziya ko‘rsatkichlari asosida kompyuter tomografiyaning axamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: koronar arteriyalarni ko‘p tomirli zararlanishi bo‘lgan bemorlarda chap qorincha miokardining perfuziya ko‘rsatkichlarini kompyuter tomografiya yordamida jarroxlik amaliyotidan oldin va jarroxlik amaliyotidan keyin aniqlash o‘tkazilgan revaskulyar aralashuv samaradorligini baholash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Fedorovich klinikasi” MChJning 19.01.23 yildagi 7-sonli xamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 10.02.2023 yildagi 16-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuIK bilan kasallangan bemorlarni davolash taktikasini tanlashga kompleks yondashilib, tavsiya etilgan tashhislash usulini qo‘llash o‘tkazilgan revaskulyar aralashuvlar samaradorligini oshirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miokard perfuziyasini KT orqali tekshirish usuli bilan revaskulyar aralashuvlar samaradorligini baholash davolash kursi narxini kamaytirishga va bemorlarning 52,6% umr ko‘rish davomiyligini oshirishga, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi, bu 13000000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: miokard perfuziyasini KT orqali tekshirish usuli yordamida jarrohlik aralashuvlari samaradorligini baholash 1 nafar bemor hisobida 13000000 so‘mni (7680000 so‘m byudjet mablag‘lari va 5320000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar) tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. Ilmiy yangilikning mohiyati: yurakning ishemik kasalligining pre-test extimoli past bo‘lgan bemorlarda “tinch xolat/stress” bayonnomasi bo‘yicha kompyuter tomografiyasi asosida miokard perfuziyasi o‘tkazilishi bemorlarning nurlanish qiymatini kamaytirish borasida qo‘llanilishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: taklif etilayotgan “tinch xolat/stress” protokolini qo‘llash yurak ishemik kasalligi bilan bog‘liq asoratlarni rivojlanishini va o‘limni kamaytirishga hissa qo‘shadi, ijtimoiy hayotni erta tiklanishi, shuningdek, sog‘ayishning dastlabki bosqichlarida YuIK bilan kasallangan bemorlarda yashovchanlik darajasini oshishi bilan bog‘liq, bu ishlab chiqilgan algoritmni sog‘liqni saqlash amaliyotiga tavsiya qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Fedorovich klinikasi” MChJning 19.01.23 yildagi 7-sonli xamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 10.02.2023 yildagi 16-sonli buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuIK bo‘lgan bemorlarda o‘tkir koronar hodisalarning rivojlanishini kamaytirishga qaratilgan “tinch xolat/stress” protokolini tashhislashda qo‘llashbemorlarning nurlanish dozasini kamaytirishga, hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilayotgan terapiya samaradorligini oshirish va YuIK asoratlarini oldini olish maqsadida YuIKni tashhislash va davolash bosqichlarida koronar arteriyalardagi morfologik o‘zgarishlar va chap qorincha miokardining ishemik kasalliklarini tashxislash algoritmida “tinch xolat/stress” protokolidan foydalanish hisobiga o‘tkir koronar hodisalar sonini kamaytirish, shuningdek, bemorlarning kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartirishga erishilgan, bu 1920000 so‘m mablag‘ tejash imkonini bergan. Xulosa: koronar arteriyalardagi morfologik o‘zgarishlar va chap qorincha miokardining ishemik buzilishlarini tashhislash algoritmining joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor hisobida kuniga 185000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkoniyati yaratilgan.
L.N.Tursunovaning YuIKda koronar arteriyalardagi morfologik o‘zgarishlar va chap qorincha miokard perfuziyasining buzilishlarini tashhislashda kompyuter tomografiyasi usulini qo‘llash bo‘yicha dissertatsiya tadqiqotida olingan va yuqorida ko‘rsatilgan 4 ta ilmiy ishlanmani amaliyotga joriy etish bo‘yicha RI terapiya va tibbiy reabilitatsiya IATMning 2023 yil 24 avgustdagi 14-Z/033-sonli xati boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga tarqatish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan. Ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida 64 nafar bemor hisobiga yiliga davlat byudjetidan 53190000 so‘m, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan har bir bemor hisobiga 17830000 so‘m mablag‘ni tejash imkoniyati yaratilgan.