Xayitov Ilxom Baxodirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozini jarrohlik usulida davolashdagi differensial taktikani ishlab chiqish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2022.2.DSc/Tib717.
Ilmiy maslahatchi: Teshaev Oktyabr Ruxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musashayxov Xusan Tadjibaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xakimov Dilshodbek Mamadalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ostona tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaminvaziv xirurgik aralashuvlarning taktik va texnik jihatlarini ishlab chiqish asosida tashxisot majmuasiga differensial yondashuv orqali jigar exinokokkozini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar exinokokkozini konservativ va xirurgik davolash usullarining taktik algoritmi ishlab chiqilgan;
jigarning VII-VIII segmentlarida joylashgan exinokokk kistalarini xirurgik davolashda kam invaziv bo‘lgan minitorakofrenal kirib borish usuli takomillashtirilgan;
jigar exinokokkozi PAIR usulida davolanganda 5 sm gacha o‘lchamdagi exinokokk kistalarining kal`sifikatsiyalanishi morfologik va klinik kuzatuvlar asosida isbotlangan;
jigar exinokokkozi bilan kasallangan bemorlarni xirurgik davolashni rejalashtirishda yuklamali sinama, spirometriya ko‘rsatkichlarini majmuaviy dinamik baholash bo‘yicha nafas tizimining zaxira imkoniyatlarini tekshirishning o‘ziga xos jihatlari aniqlangan;
jigar exinokokkozida faol laparoskopiya usuli joriy qilinib, morfologik tadqiqotlar natijalari asosida laparoskopik amaliyotga ko‘rsatmalar kengaytirilgan va qarshi ko‘rsatmalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 13 maydagi 25-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 26 oktabrdagi 09-09549 - sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkozini konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarining retrospektiv va morfologik xulosalar asosida yangilangan qiyosiy taktik algoritmi ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Hozirgi vaqtda Respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimida aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam ko‘lamini sezilarli kengaytirishga va sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli maqsadli tadbirlar qabul qilinmoqda. Mazkur yo‘nalishda, jumladan jigar exinokokkozi bemorlarni jarrohlik usuli bilan davolash sifatini yaxshilashda, ijobiy natijalarga erishildi. Shu bilan birga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun JEni jarrohlik yo‘li bilan davolashning yangi qiyosiy usullari samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan natijalar talab etiladi. O‘zbekiston aholisiga ushbu patologiyani davolashda sifatli va o‘z vaqtida yordam olish imkonini beradi va hayot sifatini yaxshilashga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shaxri Ibn Sino nomli 1 son shaxar klinik shifoxonasida tatbiq etildi (27/10/2023-yilda № 162- son bilan tasdiqlangan); Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tatbiq etildi (4/12/2023 №27/2 son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: mazkur dissertatsion tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martidagi “Shoshilinch tibbiy yordamni kelgusida takomillashtirish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi PF №-4985 sonli farmoni, 2017 yil 20-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni kelgusida rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 3071 sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10-maydagi №266 sonli “Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va jamoat salomatligi ilmiy-tadqiqot institutining faoliyati tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori, shuningdek ushbu sohada qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda tasdiqlangan vazifalarni bajarishga ma’lum darajada xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan usullarni kompleks qo‘llash orqali kuzatilayotgan bemorlarning barcha holatlarida asoratsiz davolanadi. Bunda majmuaviy davo usullarini qo‘llash natijasida 5 smgacha bo‘lgan JE kistalari bor bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini 3 kunga va ambulatoriya sharoitida reabilitatsiyasi 4 kunga qisqartirdi. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 540 480 so‘mni tashkil etsa, 3 kunlik xarajat 1621440 so‘mni tashkil etadi (Toshkent shaxar 1-klinik kasalxonasi, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli shifoxonasi). Xulosa: taklif etilayotgan kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun 1621440 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 16214400 so‘mni tashkil etadi (10 nafar bemor uchun).
ikkinchi ilmiy yangilik: Jigar exinokokkozining VII-VIII segmentlarida joylashuviga minitorakofrenal kirib borish amaliyoti va qoldiq bo‘shlig‘iga ishlov berishning o‘ziga xos usullari tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Minitorakofrenal kichik kirib borish usuli jigarning qiyin kirib boriladigan segmentlari uchun zarur bo‘lgan talablarga javob beradi va ushbu organdagi jarrohlik aralashuvining tavsifi hamda xajmi to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shaxri Ibn Sino nomli 1 son shaxar klinik shifoxonasida tatbiq etildi (27/10/2023-yilda № 162- son bilan tasdiqlangan); Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tatbiq etildi (4/12/2023 №27/2 son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Kichik torakofrenal usulda qon tomirlari va asab tolalari saqlanib qoladi, bu esa ushbu jarrohlik amaliyotini yanada kam zararlantiruvchi sifatida ilgari suradi. Kichik torakofrenal kirib borish kam jarohatlovchi bo‘lib hisoblanadi va boshqa kirib borish usullariga nisbatan solishtirilganda jarrohlik amaliyotidan keyingi davrni silliq kechishiga olib keladi. Mazkur kirish usulidan foydalanish bemorlarni tezroq oyoqqa turishiga imkon beradi va kasalxona o‘rnida bo‘lish muddatlarini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan usullarni kompleks qo‘llash orqali kuzatilayotgan bemorlarning barcha holatlarida asoratsiz davolanadi. Bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini 2 kunga va ambulatoriya sharoitida reabilitatsiyasi 3 kunga qisqartirdi. Operatsiya muddatini o‘rtacha 150 minutdan 110-120 minutgacha qisqartirdi, ya’ni 30-40 minut qisqartiradi(340000 so‘m). Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 540 480 so‘mni tashkil etsa, 2 kunlik xarajat 1080960 so‘mni tashkil etadi (Toshkent shaxar 1-klinik kasalxonasi, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli shifoxonasi). Xulosa: taklif etilayotgan kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun 1420960 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 14209600 so‘mni tashkil etadi (10 nafar bemor uchun). Ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan minitorakofrenal jarroxlik kesmasi orqali jigarning VII-VIII segmentida joylashgan exinokokk kistasiga kirib borish, sezilarli darajada operatsiya jaroxatini kamaytiradi, biliar va yiringli asoratlarinin 32,5% dan 12,4% gacha kamayishiga olib keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkozida PAIR usulida ≥ 5 sm o‘lchamdagi exinokokk kistalarining kal`sifikatsiyalanishi morfologik va klinik kuzatuvlar asosida isbotlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Taqdim etilgan ishlanmalar va 6 sm gacha bo‘lgan asosan jigar ichi joylashgan exinokokk kistalarida ingichka ignali punksiyasi bilan davolash texnikasini takomillashtirishga va PAIR amaliyotiga ko‘rsatmani aniqlashtirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Toshkent shaxri Ibn Sino nomli 1 son shaxar klinik shifoxonasida tatbiq etildi (27/10/2023-yilda № 162- son bilan tasdiqlangan); Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tatbiq etildi (4/12/2023 №27/2 son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Bizlar tavsiya etgan PAIR usuli shundan iboratki, u asosan jigarning rezidual exinokokkli kistasi yoki jigar ichi residivlanuvchi kistasini davolash uchun qo‘llaniladi. Usulning mohiyati shundaki, punksion-drenajli davolash aseptik sharoitda uzluksiz ultratovushli nazorat ostida, jarrohlik amaliyoti blokida va albatta anesteziolog-reanimatolog ishtirokida o‘tkaziladi. Bemorlarda reabilitatsiya vaqtining qisqaligi asoratlar sonining kamligi bu usulning ijtimoyi samaradorligi muhimligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan usullarni kompleks qo‘llash orqali bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini 3 kunga va ambulatoriya sharoitida reabilitatsiyasi 4 kunga qisqartirdi. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 540 480 so‘mni tashkil etsa, 3 kunlik xarajat 1621440 so‘mni tashkil etadi (Toshkent shaxar 1-klinik kasalxonasi, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli shifoxonasi). Xulosa: taklif etilayotgan kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun 1621440 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 16214400 so‘mni tashkil etadi (10 nafar bemor uchun). Morfologik tahlillar natijasida ohaklanish jarayoni kal`siy qo‘shilgan natriy xloridning 30%li gipertonik eritmasi qo‘shilgan ekspozisiyada qayd etildi. Shu sababli PAIR ga ko‘rsatma bo‘lib 5≥smgacha bo‘lgan SE1-SE2-SE3-SE4 tipdagi jigar ichi joylashuvi JE kistalariga, shuningdek qaytalanuvchi 10≥ smgacha bo‘lgan EKga qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuklamali sinama, spirometriya ko‘rsatkichlarini majmuaviy dinamik baholash bo‘yicha JEli bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashni rejalashtirishda nafas va yurak qon-tomir tizimlarining zahira imkoniyatlarini tekshirishning o‘ziga xos jihatlari aniqlashtirildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ilmiy ishning amaliy qiymati shundan iboratki, nafas va yurak qon-tomir tizimlari zahira imkoniyatlarini baholash, shuningdek kistaning tipi, joylashgan o‘rni va o‘lchamlarini hisobga olish bilan JEni bartaraf etish usulini differensial tanlab olishning taktik algoritmi ishlab chiqildi. JEni davolash rejalashtirilganda differensial yondoshuvni optimallashtirishga imkon beruvchi, jarrohlik aralashuvini tanlab olish va hammabop bo‘lishini aniqlash uchun topografik parametrlari ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Toshkent shaxri Ibn Sino nomli 1 son shaxar klinik shifoxonasida tatbiq etildi (27/10/2023-yilda № 162- son bilan tasdiqlangan); Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tatbiq etildi (4/12/2023 №27/2 son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Retrospektiv tahlillar natijasida operatsiya oldi tayyorgarligining o‘ziga xosligi, kimyoviy konservativ davolashning ishlab chiqilgan sxemasi bo‘yicha operatsiya oldi tayyorgarligining o‘ziga xosligi asosida olib borildi. JE operatsiya oldi tayorgarligida yurak va nafas tizimlarini baholash orqali, zahira imkoniyatlarini oshirish, an’anaviy operatsiya oldi tayyorgarligidan ustun turadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bunda majmuaviy davo usullarini qo‘llash JE kistalari bor bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini urtacha 3 kunga va ambulatoriya sharoitida reabilitatsiyasi 5 kunga qisqartirdi. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 540 480 so‘mni tashkil etsa, 3 kunlik xarajat 1621440 so‘mni tashkil etadi (Toshkent shaxar 1-klinik kasalxonasi, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli shifoxonasi). Xulosa: taklif etilayotgan kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun 1621440 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 16214400 so‘mni tashkil etadi (10 nafar bemor uchun). Operatsiya oldi tayyorgarligi davrida nafas tizimi zahira imkoniyatlarini aniqlash, jigar exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarni xavf guruhini aniqlash va maxsus operatsiya oldi tayyorgarligi sababli o‘pka ventilyasiyasidazahira imkoniyatlarini oshirishga yordam berdi va yurak etishmochiligi belgilari kuzatilmagan bemorlar soni oshdi.
beshinchi ilmiy yangilik: jigar exinokokkozida aktiv laparoskopiya usuli joriy qilindi, morfologik tahlillar natijalari asosida laparoskopik amaliyotga ko‘rsatmalar kengaytirildi, shu bilan birga qarshi ko‘rsatmalarni aniqlashtirildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Jigar exinokokkozining jarrohlik amaliyotlarida qoldiq bo‘shliqlarni bartaraf etishda texnik imkoniyatlarini yaxshilashga imkon beruvchi, jigar exinokokkozini turli segmentlarda joylashganda, laparoskopik troakarlarni kirish joyini aniqlash modifikatsiyasi taklif etildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: tadqiqot natijalari Toshkent shaxri Ibn Sino nomli 1 son shaxar klinik shifoxonasida tatbiq etildi (27/10/2023-yilda № 162- son bilan tasdiqlangan); Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tatbiq etildi (4/12/2023 №27/2 son bilan tasdiqlangan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Jigar exinokokkozini davolash uchun laparoskopik total perisistektomiya xam, laparoskopik gemigepatektomiya ham radikal natijalarni berishi mumkin, ammo birinchi usul o‘zining kam invazivlik xususiyati tufayli birinchi tanlov usuli deb hisoblanadi; laparoskopik subtotal perisistektomiya va laparoskopik parsial perisistektomiya usullarini uzoq kasalxonalarda laparoskopik texnikasining darajasi va kistalarda asoratlarni mavjudligini hisobga olib, qo‘shimcha variantlar sifatida qabul qilinishi mumkin. Demak, an’anaviy jarrohlik yo‘li bilan davolangan bemorlarga nisbatan me’yoriy ruhiy salomatlikdagi bemorlar soni 2,4 marta yuqori bo‘ldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 540 480 so‘mni tashkil etsa, 4 kunlik xarajat (2161920+560000(operatsiya uchun)) 2721920 so‘mni tashkil etadi (Toshkent shaxar 1-klinik kasalxonasi, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli shifoxonasi). Xulosa: Shundan kelib chiqib mazkur amaliyotlar natijasida: 1 nafar bemordan 2721920 so‘m iqtisod qilinsa, bunda yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 27219200 so‘mni tashkil etadi (10 nafar bemor uchun). Kasalxonada bo‘lish davomiyligi 1 kundan 6 kungacha o‘zgarib turdi, bunda differensial tahlillar asta sekinlik bilan ochiq laparatomiyaga nisbatan solishtirilganda kasalxonada bo‘lishning yanada qisqa davomiyligini namoyish etdi.