Babajanova Nargiza Usmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Massiv akusherlik qon ketishini davolash tamoyillarini takomillashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib2992.
Ilmiy raxbar: Alieva Dilfuza Abdullaevna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01
Rasmiy opponentlar: Niyazmetov Raxmatulla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: massiv akusherlik qon ketishini davolashda protrombin kompleks dori vositasining samaradorligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi tug‘ruq majmualarida massiv akusherlik qon ketishiga olib keladigan omillar (normal joylashgan yo‘ldoshning muddatdan oldin ajralishi-25%, bachadon atoniyasi-25%, og‘ir preeklampsiya-22,5%, yo‘ldoshning oldinda kelishi-12,5%) aniqlangan;
massiv akusherlik qon ketishini bartaraf etishda protrombin kompleks dori vositasi qo‘llanilishi klinik-laborator samaradorligi isbotlangan;
massiv akusherlik qon ketishini bartaraf etishda protrombin kompleks preparati qo‘llanilishiga ko‘rsatma, kerakli miqdori va qo‘llanilish vaqti asoslangan;
protrombin kompleks konsentrati qo‘lanilishining gemostazga samarali ta’siri isbotlandi va buning asosida massiv akusherlik qon ketishiga qarshi kurashish protokoli xirurgik gemostazdan oldin qon ketishi asosiy sababini bartaraf etgandan so‘ng protrombin kompleks konsentratidan foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2023 yil 31 martdagi №1 i-i/1 ekspert xulosasi asosida tasdiqlangan:
birinchi ilmiy yangilikning mohiyati: Retrospektiv tahlil asosida O‘zbekiston Respublikasining tug‘ruq komplekslarida massiv akusherlik qon ketishi rivojlanishining darajasi va omillari aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, massiv akusherlik qon ketishi birinchi navbatda, yo‘ldoshning ko‘chishi va oldinda kelishida, preeklampsiya hamda bachadon atoniyasida rivojlanadi. Massiv akusherlik qon ketishining o‘sishi ayollarning ahvolini va yo‘qotilgan qon hajmini baholay olmaslik, qon ketishiga qarshi kurashishning konservativ choralariga ko‘p vaqtning sarflanishi, bir guruhli yangi muzlatilgan plazmaning yo‘qligi yoki etarli emasligi bilan bog‘liq. Izlanishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining barcha 3-darajali tug‘ruqxona muassasalarida amaliyotda qo‘llanilgan davo va tashxislash samaradorligini oshiruvchi natijalarga erishildi. Amalda qo‘llanildi: Toshkent shahar Olmazor tumanining 2-sonli shahar tug‘ruq majmuasi (89-sonli 12/21/2022-sonli buyruq), Toshkent shahar Mirobod tumanining 4-sonli tug‘ruq majmuasi (64-sonli 11/22/2022-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (15-sonli 02/22/2023-sonli buyruq) shifokorlarning amaliy faoliyatiga tadbiq etildi. (8n-r / 1204 Sog‘liqni saqlash vazirligining 31.10.2022 yildagi xulosalari qabul qilindi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ruqdagi ayolning holatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash, qon yo‘qotishning umumiy hajmini aniqlash va qon ketishiga qarshi konservativ choralarni o‘z vaqtida bajarish, etarli miqdordagi bitta guruhli YaMP davolash samaradorligini oshiradi va asoratlarni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan uslubiy talablar asosida olingan tadqiqot natijalari qon ivish tizimining qisqa vaqt ichida korreksiyasini ta’minlaydi, qon yo‘qotish hajmini kamaytiradi va har bir bemor uchun xarajatlarni 1,8 baravar tejaydi. Xulosa: tug‘ruqni olib borish taktikasida ilmiy asoslangan uslubiy talablarni qo‘llash diagnostika, davolash samaradorligini oshiradi va akusherlik qon ketishining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilikning mohiyati: massiv akusherlik qon ketishini bartaraf etishda protrombin kompleks dori vositasi qo‘llanilishi asoslangan va uning klinik-laborator samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligiga quyidagilar kiradi: ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan uslubiy talablarga asoslanib, massiv akusherlik qon ketishini davolashda protrombin kompleksidan o‘z vaqtida foydalanish qon ivish tizimini tezda korreksiyalashni, davolash samaradorligini oshirishni va hayot sifatini yaxshilashni ta’minlaydi. Amalda qo‘llanildi: Toshkent shahar Olmazor tumanining 2-sonli shahar tug‘ruq majmuasi (89-sonli 12/21/2022-sonli buyruq), Toshkent shahar Mirobod tumanining 4-sonli tug‘ruq majmuasi (64-sonli 11/22/2022-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (15-sonli 02/22/2023-sonli buyruq) shifokorlarning amaliy faoliyatiga tadbiq etildi. (8n-r / 1204 Sog‘liqni saqlash vazirligining 31.10.2022 yildagi xulosalari qabul qilindi). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: Massiv akusherlik qon ketishida protrombin kompleks konsentratidan foydalanish qon yo‘qotish hajmini, jarrohlik gemostazni, plazmatransfuziyani, ayollarning kasalxonada qolishini kamaytiradi, kunlik qo‘shimcha testlar va tor mutaxassislarning maslahatlari narxining pasayishiga olib keladi va pulni har bir ayolga nisbatan 1,8 baravar tejashga imkon beradi. Xulosa: protrombin kompleksidan foydalanish massiv qon ketish darajasini kamaytiradi, buyrakning o‘tkir shikastlanishi, poliorgan etishmovchilik, ayollarning nogironligi va onalar o‘limi kabi jiddiy asoratlarni rivojlanishini pasaytiradi.
uchinchi ilmiy yangilikning mohiyati: massiv akusherlik qon ketishini bartaraf etishda protrombin kompleks preparati qo‘llanilishiga ko‘rsatma, kerakli miqdori va qo‘llanilish vaqti asoslangan. Toshkent shahar Olmazor tumanining 2-sonli shahar tug‘ruq majmuasi (89-sonli 12/21/2022-sonli buyruq), Toshkent shahar Mirobod tumanining 4-sonli tug‘ruq majmuasi (64-sonli 11/22/2022-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (15-sonli 02/22/2023-sonli buyruq) shifokorlarning amaliy faoliyatiga tadbiq etildi. (8n-r / 1204 Sog‘liqni saqlash vazirligining 31.10.2022 yildagi xulosalari qabul qilindi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: qon yo‘qotish hajmi kamayadi, bu esa postgemorragik asoratlarning pasayishiga olib keladi. Taklif etilayotgan usul tug‘ruq muassasalarida akusher-ginekologlar uchun uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: an’anaviy, standart tasdiqlangan usullar bilan massiv akusherlik qon ketishiga qarshi kurashish uchun barcha xarajatlarning umumiy qiymati, shu jumladan YaMP qo‘llash, og‘riqsizlantirish, tug‘ish, kesarcha kesish, amputatsiya, bachadonni ekstirpatsiya qilish, reanimatsiya bo‘limida yotish kunlari har bir bemorga o‘rtacha 26 million 708333 so‘mni tashkil etdi. Holbuki, Octapleks protrombin konsentrati 2 doza miqdorda o‘z vaqtida qo‘llanilishi, anesteziya, tug‘ruq, kesarcha tug‘ish va statsionarda yotish kunlari birgalikda har bir bemor uchun 14200000 so‘mni tashkil etdi. Kasalxonada qolish kunlarini qisqartirish, plazma quyish va jarrohlik aralashuvlarni tejash orqali xarajatlar kamayadi. Xulosa: protrombin kompleks konsentrati Octapleksni xirurgik gemostaz bosqichlaridan oldin (laparotomiya, 3 juft magistral tomirlarni, yonbosh arteriyalar bog‘lash, bachadonning amputatsiyasi va ekstirpatsiyasi) 2 dozada qo‘llanilishidan iborat bo‘lgan qon ketishi bilan kurashishning Milliy standartiga taklif qilingan o‘zgarishlar moddiy xarajatlarni 1.8marta kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilikning mohiyati: protrombin kompleks konsentrati qo‘lanilishining gemostazga samarali ta’siri isbotlandi va buning asosida massiv akusherlik qon ketishiga qarshi kurashish protokoli xirurgik gemostazdan oldin qon ketishi asosiy sababini bartaraf etgandan so‘ng protrombin kompleks konsentratidan foydalanish asosida takomillashtirilgan. Toshkent shahar Olmazor tumanining 2-sonli shahar tug‘ruq majmuasi (89-sonli 12/21/2022-sonli buyruq), Toshkent shahar Mirobod tumanining 4-sonli tug‘ruq majmuasi (64-sonli 11/22/2022-sonli buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (15-sonli 02/22/2023-sonli buyruq) shifokorlarning amaliy faoliyatiga tadbiq etildi. (8n-r / 1204 Sog‘liqni saqlash vazirligining 31.10.2022 yildagi xulosalari qabul qilindi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: protrombin kompleks konsentratining gemostaz tizimiga samarali ta’siri isbotlangan, shu asosda qon ketishi bilan kurashish protokoli takomillashtirilgan. Ushbu usuldan foydalanish postemorragik asoratlarni kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon yo‘qotish hajmini, qon tarkibiy qismlarining sarflanishini kamaytirish, xirurgik gemostaz, bachadonni olib tashlash, postgemorragik va posttransfuzion asoratlar, qo‘shimcha kasalxonada yotish kunlarini har bir bemor uchun 12000000 so‘mga qisqartirdi. Xulosa: Octapleks protrombin konsentratining 2 dozasi 20 daqiqa davomida qo‘llanilishi massiv akusherlik qon ketishini bartaraf etdi. Gemorragik shokning og‘ir shakllari rivojlanishini 6,3 baravarga, kasalxonada qolishni 1,7 baravarga kamaytirdi.