Samyaev Anvar Kadirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyi Zarafshon agrolandshaftlarining ekologik holati va ularni xaritalashtirish», 11.00.01-Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Gr61.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Rasulov Anvar Baxodirovich geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyi Zarafshon agrolandshaftlari ekologik holatini aniqlash, ularni optimallashtirish va kartalashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Quyi Zarafshon agrolandshaftlari bir butun tizim sifatida tahlil qilinib murakkab morfologik tizimga ega ekanligi aniqlangan ;
Quyi Zarafshon agrolandhsftlari tuzilishi tip va kichik tiplarga ajratilib ularning landshat-ekologik kartalari yaratilgan;
agrolandshaftlar yetakchi komponentlari (suv va tuproq) tarkibi kimyoviy tahlil qilingan va su asosda geoekologik vaziyat baholangan;
masofaviy zondlash ma’lumotlari asosida hududning 1:1500000 va 1:700000 masshtabli landshaftlarning o‘zgarishi, hududning yashillik bilan qoplanish darajasi hamda agrolandshaft kartalari ArcGIS dasturi orqali yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyi Zarafshon agrolandshaftlarining ekologik holati va ularni xaritalashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Quyi Zarafshon agrolandshaftlari bo‘yicha qilingan tizimli, strukturali va kimyoviy tahlillardan O‘zbekiston Ekogik partiyasi tomonidan partiyaning dastur va rejalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekogik partiyasining 2023 yil 13 dekabrdagi 01/422-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tahlillar hudud agrolandshaftlaridagi tuproqlarni monitoring qilish tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
Quyi Zarafshon bo‘yicha ajratilgan agrolandshaftlarning 2 ta tip va 12 ta kichik tiplari O‘zbekiston Ekogik partiyasi amaliyotida ekin turlarini optimal joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekogik partiyasining 2023 yil 13 dekabrdagi 01/422-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kelgusida hududda yangi ekin turlarini diversifikatsiya qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan;
masofaviy zondlash ma’lumotlari va ArcGIS dasturi asosida tuzilgan hududning 1:1500000 va 1:700000 masshtabli landshaftlarning o‘zgarishi, hududning yashillik bilan qoplanish darajasi hamda agrolandshaft kartalaridan O‘zbekiston Ekogik partiyasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Ekogik partiyasining 2023 yil 13 dekabrdagi 01/422-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududni zamonaviy kartografik materiallar bilan boyitish hamda ekologik holatini baholash usullarini takomillashtirish imkonini bergan.