Pardabaev Sherzod Toxir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Turli o‘simliklarning morfogeneziga va urug‘larning sifat mezonlariga gerbisidlarning ta’siri», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B671.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.B.01.05.
Rasmiy opponentlar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Nosirov Baxtiyor Saloxiddinovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli o‘simliklarning morfogeneziga va urug‘larning sifat mezonlariga gerbisidlarning ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sanzar navli yumshoq bug‘doy o‘simligi, Sultan va AN-Boyovud-2 navli g‘o‘za, Yulduz navli no‘xat turlarining ekologik va bio-ekologik indikator xususiyatlari ochib berilgan;
o‘simlik morfologik strukturasi alohida belgilarining indikatorlik roli va uning gerbisidli stressda o‘zgaruvchanligi isbotlangan;
o‘simlik morfologik strukturasining alohida belgilarining ontogenetik strategiyalari va taktikalari ilmiy asoslangan;
turli o‘simliklarning urug‘lar sifat mezonlarining gerbisidlar ta’sirida o‘zgarishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
gerbisidlarni qo‘llashda madaniy o‘simliklarning javob reaksiyalaridagi gormetik ta’sirlarining ahamiyati ochib berilgan;
atrof-muhitni toksik moddalar bilan ifloslantiruvchi va zararli ta’siri kam bo‘lgan gerbisid turlari bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turli o‘simliklarning morfogeneziga va urug‘larning sifat mezonlariga gerbisidlarning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yumshoq bug‘doy o‘simliklaridan Sanzar navining gerbisidlarga morfogenetik moslashuvi ekologik va bio-ekologik indikatorlari bo‘yicha maqbul turlari va me’yori yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Jizzax viloyati Zarbdor tuman “G‘o‘za kurtagi” fermer xo‘jaligi hududlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 29 aprel` 04/7-684-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur fermer xo‘jaligida ekologik toza bug‘doy mahsulotini olish hamda atrof-muhitiga zararli ta’sirini kamaytirish imkonini berigan;
Sultan va An-Boyovut-2 navli g‘o‘za turlarining gerbisidlarga morfogenetik moslashuvi ekologik va bio-ekologik indikatorlari bo‘yicha maqbul turlari va me’yori yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Jizzax viloyati Zarbdor tuman “G‘o‘za kurtagi” fermer xo‘jaligi 6 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 29 aprel` 04/7-684-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zadan ekologik toza yuqori hosil olish imkonini bergan.
Yulduz navli no‘xot ning gerbisidlarga morfogenetik moslashuvi ekologik va bioekologik indikatorlar bo‘yicha ilab chiqilgan amaliy tavsiyalar Jizzax viloyati Zarbdor tuman “G‘o‘za kurtagi” fermer xo‘jaligi dalasida 3 gektar maydonda qo‘llanilib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 29 aprel` 04/7-684-son ma’lumotnomasi). Natijada, gerbisidlarni atrof muhitga zararli ta’sirini kamaytirish orqali ekologik toza no‘xot mahsulotini etishtirish imkonini bergan.