Nurboboev Yorqin Tulqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qulatib qazib olish tizimida ruda nobudgarchiligi va sifatsizlanishini boshqarish uslubini takomillashtirish», 04.00.17 – Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T2810.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Dilmurod Raxmatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, PhD.03/31.03.2023.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Nutfulloev Gafur Subxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xasanov Obid Abdullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ruda konlarini qulatib qazib olish tizimida ruda nobudgarchiligi va sifatsizlanishini kamaytirish va boshqarish orqali er osti boyliklaridan oqilona foydalanishga erishishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rombsimon panellar devorlaridagi kuchlanish-deformatsiyalanish holati hamda ust va ost yonbosh tomonlardagi tog‘ jinslarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarining tadqiqlari negizida ruda qazib olinadigan bloklarda rudada sifatsizlanish sodir bo‘lishining birlamchi sababchisi maksimal tektonik kuchlanishlar vektorining ta’siri tufayli ekanligi aniqlangan;
rudani qulatib qazib olish tizimini qo‘llash sharoitida elpig‘ichsimon joylashgan skvajinalarning og‘ish burchagi 80˚ gacha bo‘lganda qazib olinadigan rudaning nobudgarchiligi 1,3% va ruda sifatsizlanishi 2,4% ga kamayishi aniqlangan;
rudani qulatib qazib olish tizimida nimqavatlarning balandligi va ortlar orasidagi masofa ortganda rudani paneldan chiqarishda hosil bo‘ladigan ellipsoid o‘lchamlarini kengayishi hisobiga ruda nobudgarchiligi va sifatsizlanishi kamayishi aniqlangan;
rombsimon panellar orqali rudani qulatib qazib olish tizimi uchun ruda nobudgarchiligi va sifatsizlanishini boshqarish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ruda nobudgarchiligi va sifatsizlanishini boshqarish uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ruda nobudgarchiligi va sifatsizlanishini boshqarish uslubi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli Qizilolma rudnikida amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2024 yil 11 yanvardagi SL0041-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ruda nobudgarchiligini 10% dan 8,7% ga, sifatsizlanishini esa 21,6% dan 19,2% gacha kamaytirish imkonini bergan.
kuchlanish-deformatsiyalanish holatini va qazib olish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda qulatib qazib olish tizimining optimal o‘lchamlarini tanlash usuli “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli Qizilolma konida amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2024 yil 11 yanvardagi SL0041-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rudani qazib olishga tayyorlash kon lahimlarining hajmi va blokni ekpluatatsiyaga topshirish davrini 20% gacha kamaytirish, shuningdek, qayd etilgan qazib olish ko‘rsatkichlari har 1000 t balans zaxira uchun qo‘shimcha 78g shartli metall ko‘rinishida iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan.