Akbarova Muxayyo Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan Scutellaria L. (Lamiaceae) turkumi taksonomiyasi, geografiyasi va fitotsenologiyasi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B67.
Ilmiy rahbar: Turginov Orzimat Turdimatovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Xamraeva Dilovar Tolibdjonovna biologiya fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim; Azimova Dilnoz Ergashevna biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida tarqalgan Scutellaria L. turkumi turlarining taksonomik tarkibini, geografik tarqalishi hamda fitotsenologiyasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida Scutellaria turkumining 23 turi uchrashi aniqlangan, ulardan 15 tur vodiyning O‘zbekiston Respublikasi qismida, qolgan turlar Qirg‘iziston (8 tur) va Tojikiston (2 tur) Respublikalari mintaqalarida uchrashi asoslangan va zamonaviy konspekti tuzilgan;
ilk bor, Farg‘ona vodiysida tarqalgan turlar arealining tahlili natijasida, O‘zbekiston florasi uchun S. picta Juz. va S. nepetoides Popov ex Juz., Qirg‘iziston florasi uchun S. kamelinii M.N.Abdull., Tojikiston florasi uchun S. ramosissima Popov turlari aniqlangan.
S. adenostegia, S. ramosissima, S. intermedia, S. comosa, S. pycnoclada, S. urticifolia, S. orbicularis, S. physocalyx, S. andrachnoides, S. kugarti Tiyon-Shon, S. ramosissima, S. comosa, S. ocellata, S. xanthosiphon, S. orbicularis,  S. knorringiae turlari Pomir-Oloy tizmalarida ham tarqalganligi isbotlangan;
Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan Scutellaria turkumining to‘r tizimli xaritalardagi turlar xilma-xilligi va yig‘malar zichligi tahlil qilinib, geografik tarqalish xususiyatlari va florotsenotiplar bo‘yicha faollik darajasi aniqlangan;
Scutellaria turkumi turlari vodiy o‘simliklar qoplamining 4 tip, 8 kenja tip, 10 senotip, 17 formatsiya va 60 assotsiatsiyalar tarkibida uchrashi aniqlangan;
turlardan S. adenostegia va S. comosa boshqa turlarga nisbatan keng diapazoniga tarqalganligi asoslangan, adir mintaqasi o‘simlik jamoalarida ular edifikatorligidagi  assotsiatsiyalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysida tarqalgan Scutellaria L. turkumi taksonomiyasi, geografiyasi va fitotsenologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysi florasida tarqalgan Scutellaria turkumi turlarining zamonaviy holati, tarqalishini aks ettirgan GAT xaritalari  va muhofazasiga doir maʼlumotlar Namangan va Farg‘ona viloyatlari Ekologiya va  atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 7-sentyabrdagi 03-03/3-4524-son maʼlumotnomasi). Natijada, Scutellaria turkumi populyasiyalari holatini monitoring qilish va kadastrini ishlab chiqish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysidagi tadqiqot hududlaridan yig‘ilgan 450 dan ortiq nusxadagi Scutellaria turkumi turlarining gerbariy namunalari Botanika instituti O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) noyob ilmiy obektiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020-yil 2-dekabrdagi 4/1255- 3711-son maʼlumotnomasi). Natijada, turlarning yangi gerbariy namunalari TAShning O‘rta Osiyo bo‘limi kolleksiyasini sezilarli darajada kengaytirgan, Farg‘ona vodiysida uchraydigan o‘simlik turlarini, geografik areallarini va ekologik makonlarini zamonaviy holatini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish