Otaboev Muxsinjon Muqimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab o‘quvchilari axloqini pedagogik profilaktika qilishning metodik imkoniyatlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (adabiyot) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3016.
Ilmiy tadqiqod ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat unversiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktab o‘quvchilari axloqini pedagogik profilaktika qilishning metodik imkoniyatlari va amaliy mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktab o‘quvchilari axloqiy tarbiyasini profilaktika qilishning pedagogik zarurati o‘quvchilarning axloqiy tarbiya savodxonligiga ta’sir etuvchi pedagogik, psixologik omillarning deviant xulq-atvor psixologiyasiga ijobiy ta’sir barqarorligini ijtimoiy-pedagogik aspektda qiyosiy-tipologik baholash natijalariga ko‘ra ta’minlash orqali asoslangan;
umumta’lim maktab o‘quvchilari orasida axloqiy tarbiya profilaktikasining pedagogik mexanizmlari va texnologik asoslari maktab, davlat organlari va ijtimoiy institutlar hamkorlik tizimiga uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tatbiq etishning milliy mentalitetga xos ijtimoiy omillarni hisobga olish va tarbiyaviy ishlarni modernizatsiya qilishning uzlyuksiz va universal didaktik tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktab o‘quvchilari axloqiy tarbiyasini profilaktika qilishning pedagogik modeli qayta aloqa mexanizmini ta’minlashga imkon beruvchi diagnostik va korreksion pedagogik texnologiyalarni hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy model komponentlarining izchilligini didaktik algoritmga mutanosib tarzda qo‘llash asosida ishlab chiqilgan;
umumta’lim  maktablarida  tarbiyaviy ishlar metodikasi o‘quvchilarning individual xususiyatlarini faollashtiruvchi o‘yin, muammoli ta’lim va hamkorlik texnologiyalarini didaktik prinsiplarga muvofiq qo‘llanilishini ta’minlovchi interfaol munosabatlarni barqarorlashtirish hamda ta’limiy motivatsiyaga ta’sir qiluvchi omillarni  o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga pedagogik-psixologik jihatdan motivatsion-diagnostik moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab o‘quvchilari axloqini pedagogik profilaktika qilishning metodik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning axloqiy tarbiya savodxonligiga ta’sir etuvchi pedagogik, psixologik omillarning deviant xulq-atvor psixologiyasiga ijobiy ta’sir barqarorligini ijtimoiy-pedagogik  aspektda qiyosiy-tipologik tahlil natijalariga ko‘ra ta’minlash orqali asoslangan umumta’lim maktab o‘quvchilari axloqiy tarbiyasini profilaktika qilishning pedagogik zaruratiga doir  yondashuvlar (diagnostika,  korreksiya, profilaktika, reabilitatsiya) bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax viloyatlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023 yil 12 sentyabrdagi 01/11-01/11-772-son ma’lumotnomasi). Natijada,  umumta’lim maktab o‘quvchilari axloqini pedagogic profilaktika qilishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktab, davlat organlari va ijtimoiy institutlar hamkorlik tizimiga uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tatbiq etishning milliy mentalitetga xos ijtimoiy omillarni hisobga olish va tarbiyaviy ishlarni modernizatsiya qilishning uzlyuksiz va universal didaktik tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan umumta’lim maktab o‘quvchilari orasida axloqiy tarbiya profilaktikasining pedagogik mexanizmlari va texnologik asoslari borasidagi xulosa va tavsiyalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-P1-005 raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 18 apreldagi 352-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktab o‘quvchilari orasida tarbiyaviy ishlar profilaktikasining pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
qayta aloqa mexanizmini ta’minlashga imkon beruvchi diagnostik va korreksion pedagogik texnologiyalarni hamda metodologik, tashkiliy, didaktik va natijaviy model komponentlarining izchilligini didaktik algoritmga mutanosib tarzda qo‘llash asosida ishlab chiqilgan umumta’lim maktab o‘quvchilari axloqiy tarbiyasini profilaktika qilishning pedagogik modeli, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini faollashtiruvchi o‘yin, muammoli ta’lim va hamkorlik texnologiyalarini didaktik prinsiplarga muvofiq qo‘llanilishini ta’minlovchi interfaol munosabatlarni barqarorlashtirish hamda ulardagi ta’limiy motivatsiyaga ta’sir qiluvchi omillarni  ularning yosh xususiyatlariga pedagogik-psixologik jihatdan motivatsion-diagnostik moslashtirish asosida takomillashtirilgan umumta’lim  maktablarida  tarbiyaviy ishlar metodikasi borasidagi xulosa va tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning “Millat va ma’naviyat”, “Bolalar uchun”, “Ta’lim va taraqqiyot eshittirishlari, “Assalom O‘zbekiston”, “Ko‘ngil obodligi” ko‘rsatuvlarining senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023 yil 28 iyuldagi 02-13-1136-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktab o‘quvchilari orasida axloqsizlikni  oldini olishning pedagogik texnologiyasi va didaktik ta’minotini ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish