Bekpo‘latov Hasan Olim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Umumta’lim maktablarida kimyo fanini integratsiyalashgan holda o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4465.
Ilmiy rahbar: Ajieva Muxabbat Baxti’baevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Shernazarov Iskandar Ergashovich, pedagogika fanlari doktori; Abduraxmanov  Ilxom Ergashboevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida kimyo fanini integratsiyalashgan holda o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining kimyo fani va ingliz tili bo‘yicha kompetensiyaviy jarayonlari tasnifi tajribalar va amaliyot mashg‘ulotlarni bajarishda sezgi, tasavvur, idrok qilish va g‘oyalar orasidagi mantiqiy aloqadorlikka oid elementlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda kimyoviy tushunchalarni ingliz tili terminlari va jarayonlar mazmuniga ko‘ra ochib berish jarayoni formativ va summativ baholash tizimining joriy etilishi bilan kreativ kompetentlikni shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quv faoliyatini jadallashtiruvchi ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlashi hamda motivasiyasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy materiallarni ruhiy-pedagogik mezon sugGEStivlik (ovozni hayajonli ifodalash va bu orqali, tinglovchining xulqini va bilimlarini oshirishga ta’sir qilish) xususiyatini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida kimyo fanini integratsiyalashgan holda o‘qitish metodikasi o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan dars shakllarini loyihalashda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish, darslarga qo‘yiladigan pedagogik talablarga interdissiplinar pedagogik texnika tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida kimyo fanini integratsiyalashgan holda o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining kimyo fani va ingliz tili bo‘yicha kompetensiyaviy jarayonlari tasnifi tajribalar va amaliyot mashg‘ulotlarni bajarishda sezgi, tasavvur, idrok qilish va g‘oyalar orasidagi mantiqiy aloqadorlikka oid elementlarni kiritish hamda o‘quvchilarda kimyoviy tushunchalarni ingliz tili terminlari va jarayonlar mazmuniga ko‘ra ochib berish jarayoni formativ va summativ baholash tizimining joriy etilishi bilan kreativ kompetentlikni shakllantirish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar “Ximiyadan masalalar echish metodikasi” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 232-323 – son nashr ruxsatnomasi). Natijalar, umumta'lim maktablari 7-10-sinf oʻquvchilarini kimyo fanining terminlari va asosiy atamalarini ingliz tilida oʻrganish bilim, koʻnikma va malakalarini oshirish imkonini bergan;
o‘quv faoliyatini jadallashtiruvchi ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlashi hamda motivasiyasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy materiallarni ruhiy-pedagogik mezon sugGEStivlik (ovozni hayajonli ifodalash va bu orqali, tinglovchining xulqini va bilimlarini oshirishga ta’sir qilish) xususiyatini ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligi hamda umumta’lim maktablarida kimyo fanini integratsiyalashgan holda o‘qitish metodikasi o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan dars shakllarini loyihalashda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish, darslarga qo‘yiladigan pedagogik talablarga interdissiplinar pedagogik texnika tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga  oid takliflar “Ximiyadan masalalar echish metodikasi” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 232-323 – son nashr ruxsatnomasi). Natijada, umumta'lim maktablari o‘quvchilarida tayanch fanlarga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda fanlarni o‘qitish sifatini yanada oshirishga, o‘quvilarda kimyo va ingliz tili fanlariga qiziqishni ortishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish